• Ikki yoki undan ortiq sondagi odamlarning axborot almashinuvi jarayonini yaxshi tushunish uchun quyidagi to’rt bazaviy elementlar mavjud: 1) Jo’natuvchi
  • Fanni o‘qitishdan maqsad




    Download 16,11 Kb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi16,11 Kb.
    #143037
    Bog'liq
    1-m-TT


    Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarning kasbiy sohasida uchraydigan tarmoq texnologiyalari bo’yicha muammolarni bartaraf etish yo‘llarini o‘rgatish, bo‘lajak fan o‘qituvchisi sifatida mutaxassis bo‘lib yetishi uchun yetalichi bilimlar berishdan iborat.
    Tarmoq texnologiyalari fanining vazifasi:

    • kompyuter tarmog‘i haqida ma’lumotlar berish;

    • har bir insonning hayotida va jamiyat rivojlanishida axborot texnologiyalarning rolini ko‘rsatish;

    • mintaqaviy, lokal va global kompyuter tarmoqlarining imkoniyatlarini ochib berish;

    • kompyuter tarmoqlaridagi ma’lumotlardan qanday hollarda va qanday maqsadlarda ishlatish tushunchalarini shakllantirish;

    • global tarmoqqa joylashtiriladigan ma’lumotlarni qanday hosil qilish yo‘llari haqida bilimlarni berish vazifasini bajaradi.

    Qadim zamonlardan jamiyatda axborot tarqatishning u yoki bu vositalarining imkoniyatlaridan foydalanilgan. Axborotni kеng ko‘lamli va biror maqsadga yo‘naltirilgan tarzda yoyilishi orqali jamiyatni boshqarishning asosiy usullaridan biriga o‘tishiga asrlar vaqt talab qildi. Inson muloqotsiz yashay olmasligiga oydinlik kiritilgunga qadar, u doimo yangi-yangi axborotlarni olishga bo‘lgan xohish istagida bo‘lgan. Shubhasiz, birinchi navbatda u boshqa odamlar bilan, suhbat va muhokama uchun mavzu topishi, muloqot qilish uchun kеrak bo‘ladi. Axborot almashinuv zamonaviy jamiyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
    Ikki yoki undan ortiq sondagi odamlarning axborot almashinuvi jarayonini yaxshi tushunish uchun quyidagi to’rt bazaviy elementlar mavjud:
    1) Jo’natuvchi, axborotlarni to’plovchi va boshqaga uzatuvchi shaxs.
    2) Xabar, simvollar yordamida kodlangan (shifrlangan) shaxsiy axborot.
    3) Kanal, axborotni uzatish vositasi.
    4) Qabul qiluvchi (oluvchi), jo’natilgan axborot unga mo’ljallangan va ochish imkoniyatiga ham ega shaxs.
    Tarmoq – kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuasi. Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
    Аппарат қурилмалари ва тармоқ дастур таъминоти орқали ўзаро бир-бирлари билан ҳамоҳанг ишлай оладиган компьютерлар мажмуига тармоқ дейилади.
    Download 16,11 Kb.




    Download 16,11 Kb.