Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar
hamda topshiriqlar:
1.“Fan” va “predmet” tushunchalarining mohiyatini tushunring.
2. “Metodika” tushunchasining mohiyatini izohlang.
3. Zamonaviy sharoitda pedagogikaning o‘quv predmeti sifatidagi
xususiyatlari nimada?
4. “Pedagogika o’qitish metodikasi metodikasi” tushunchasining
mohiyatini kengaytiring.
Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasining obyekti va predmeti
nima?
5. Pedagogik fanlarni o’qitish metodikasining vazifalari
nimalardan iborat?
6. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi uchun material tanlash
va tizimlashtirishda ilmiy metodikaning o‘rni qanday?
7. Pedagogik fanlarni o`qitish metodikasining boshqa fanlar bilan
aloqalarini chizma shaklida chizing. Chizmaga izoh bering, uni
misollar bilan tavsiflang.
8. “Pedagogika ta’lim muassasalarida o’qitish fani sifatida”
jadvalini to‘ldiring.
№ Ta’lim
muassasalari tipi
Pedagogik
aning
maqsadi
Pedagogikani
ng vazifalari,
Pedagogikani
ng mazmuni
1
Kollej
2
Institut
3
Universitet
24
2-MAVZU. PEDAGOGIK FANLAR VA ULARNING O‘ZIGA
XOSLIKLARI
Tayanch so‘zlar: pedagogika, tizim, rivojlanishi
bosqichlari, o‘quv predmeti, pedagogik fanlar,
pedagogika sohalari, pedagogikaning zamonaviy
tarmoqlari, pedagogik g’oyalar.
2.1. Pedagogik fanlar tizimi va ularning o‘zaro aloqasi
Zamonaviy sharoitda pedagogikaning asosiy vazifalari inson
turmush tarzining barcha yo‘nalishlari (ijtimoiy, shaxsiy, siyosiy va
boshqalari)da samarali pedagogik tizimlarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Tizim (sistema) – tartibga solingan, o‘zaro bog‘langan va ta’sir
ko‘rsatib turadigan pedagogik hodisa; tartibga solingan tushunchalar
yig‘indisidir. Tizim (sistema) –o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar
o‘rtasidagi mustahkam birlik va bog‘liqlik.
Pedagogik fanlar tizimiga quyidagilar kiradi:
1. Umumiy pedagogika – ta’lim va tarbiyaning asosiy
qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
2. Yosh pedagogikasi – turli yoshdagi bolalarni o‘qitish va
tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadi. Maktabgacha
pedagogika, maktab pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi, katta
yoshdagilar pedagogikasi (andragogika)ga bo‘linadi.
3. Maxsus pedagogika (defektologiya) -
aqliy, ruhiy, jismoniy
rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash
qonuniyatlarini, prinsiplarini, maqsadini, mazmunini, metod va
vositalarini hamda shaklini o‘rganuvchi fandir. Bu o‘z navbatida to‘rt
yo‘nalishga bo‘linadi:
a) surdopedagogika – kar va soqov bolalarning ta’lim va tarbiyasi
bilan shug‘ullanadi.
b) tiflopedagogika – ko‘zi ojizlarni bolalarning ta’lim va tarbiyasi
bilan shug‘ullanadi.
s) oligofpenopedagogika – aqliy jihatdan zaif bolalarning ta’lim va
tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
d) logopediya – nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarning ta’lim va
tarbiyasi bilan shug‘ullanadi.
25
4. Metodika – pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanini
o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi,
matematika metodikasi, tarbiyaviy ishlar metodikasi va shu kabilar.
|