38
M.S.Grigorevskiyning “Pedagogikaga kirish” (1925) kabilar kiradi. Bu
pedagogik adabiyotlar o‘zlarining muayyan kamchiliklari mavjudligiga
qaramasdan pedagogikaning yangi yo‘llarini aks ettira oldi.
Pedagogika fanining shakllanishida 1927-1930-yillarda
sobiq
sho‘rolar davrida o‘tkazilgan pedagogik g‘oyalar munozaralari muhim
ahamiyat kasb etdi. Bunday munozaralarga A.T.Kalashnikov,
L.P.Blonskiy, A.P.Pinkevichlar faol ishtirok etdilar. Pedagoglar va xalq
ta’limi xodimlarining bunday munozaralari sovet pedagogikasi deb
nomlangan fanning rivojlanishiga hamda pedagogikaning o‘quv
predmeti sifatida mazmunini aniqlashga katta yordam berdi. 1930-yilda
VKP (B)ning “Boshlang‘ich majburiy ta’limni” mamlakatda joriy
qilish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng boshlang‘ich
maktablar uchun qisqa muddatli pedagogik kadrlarni tayyorlash kurslar
ochilishi munosabati bilan pedagogika texnikumlari uchun V.N.Popov,
A.T.Volner, A.T.Zenkolarning “Pedagoglar” darsligi (qisqa mudatli
pedagog kadrlarni tayyorlash uchun, 1931) P.N.Shinebriyovning
pedagogika texnikumlari uchun “Pedagogika” darsligi (1934) va
M.M.Pisyorakning oliy pedagogika o‘quv yurtlari uchun “Pedagogika”
darsligi (1934) nashr etildi va ta’lim muassasalarida o‘qitish boshlandi.
Pedagogikaning pedagogik kadrlar tayyorlovchi (universitetlar,
institutlar, texnikumlar) o‘quv
yurtlarida tarbiya, ta’lim, ma’lumot
o‘quv predmeti sifatida o‘qitilishi XX asrning 50-80-yillarida
mukammal rivojlandi. Bu davrlarda vatanimiz sho‘rolar hukumati
tarkibida o‘quv yurtlarida bu o‘quv fanlaridan foydalandilar. Bular
sirasiga S.A.Suxoamlinskiyning “Yosh avlodning axloqiy tarbiyasi”
(1967), Danilov M.A. va Esipov B.P. “Didaktika” (1957 B.P.Esipov
tahriri
ostida),
G.I.Shukinaning
“Pedagogika”
(1966),
I.T.Ogoradnikovning
“Pedagogika”
(1968),
T.A.Ilinaning
“Pedagogika” (1969), N.I.Boldirov va boshqalarning “Pedagogika”
(1968), M.V.Savinning “Pedagogika” (Pedagogika texnikumlari uchun
1978), N.A.Sorokinning “Didaktika” (1974) “Дидактика средней
школы” (M.A. Danilov va M.N. Satkinlar 1975) “Педагогика:
Учебний пособий для педучилищ” (S.P.Baranov, A.R.Bolotina,
T.V.Volinova, V.A.Selastinin 1981) “Педагогика: учеб. пособи для
студентов пед ин-тов. Под ред. Ю.К.Бабанского: 1983 va 1988”,
“Общие основы педагогики” (Pod. red. F.F. Korolyova V.E Turman,
1967), I.F.Xarliyamovning “Pedagogika” (1990) “Дидактика средней
школъ” (Под ред. М.Н. Скаткина; 1982) va h.k. O‘zbekistonda
39
mustaqillik yillariga qadar akademik S.R.Rajabov
tahriri ostida chop
etilgan “Pedagogika” (1958-1980) darsligi asosida o‘qituvchi
tarbiyachilarni tayyorlovchilar uchun pedagogika fani o‘quv predmeti
sifatida o‘qitildi. Shuningdek, “Pedagogika” o‘quv fanining mazmunini
to‘ldirish, mavzularning nazariy-amaliy yo‘nalishini kuchaytirish
maqsadida turli mavzularning nomlari bilan o‘quv qo‘llanmalari hamda
“Pedagogika
tarixi”
va
“Хрестоматия
по
педагогика”
(M.T.Bushkanes B.D Leuxin; 1976) kabi pedagoglarning o‘quv
qo‘llanmalari ham chop etilganki, ular pedagogika fanini o‘quv
predmeti sifatidagi mazmunini ilmiy-nazariy, amaliy-metodik jihatdan
kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizdagi demokratik islohotlar,
erkin fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lidagi harakatlar insonni yangidan
kashf etish, uning imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqishi uchun shart-
sharoitlar yaratish, endi ularning bu jarayonlarning ishtirokchilari emas,
balki bunyodkorlari, tashkilotchilari bo‘lib
qatnashishlari zaruriyati
tug‘ulgan edi. Natijada mamlakat o‘quv yurtlari uchun qator pedagogik
fanlar tizimi vujudga kela boshladi. Dastlab, pedagogika fanlari
doktori,
professori
A.Munavvarov
tahriri
ostida
1996-yilda
“Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi, I.Tursunov, U. Nishonaliyevlarning
1997-yilda “Pedagogika kursi” darsligi, pedagogika fanlari doktori,
professor,
Respublikada
xizmat
ko‘rsatgan
o‘qituvchi
N.R.G‘aybullayevning “Pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi, K.Hoshimov,
M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanovlarning 1996 yili “Pedagogika
tarixi”, A.Zunnunovning “O‘zbek pedagogikasi tarixi” kabi pedagogik
fanlar nashr etilib o‘quv muassasalarida o‘qitila boshlandi.
O‘zbekistonda “Pedagogika” fani, fan va o‘quv predmeti tarzida
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
qabul qilgandan so‘ng jadal rivojlanish bosqichiga o‘tdi.
Qator
darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari ta’lim-tarbiyaning dolzarb muammolari
bo‘yicha risolalar, monografiyalar yaratildi. Jumladan, 2001-yilda
R.Mavlonova tahriri ostida “Pedagogika” darsligi, 2002-yilda
Sh.Abdullayeva va boshqalar hamkorligida “Pedagogika” o‘quv
qo‘llanmasi, 2006-yilda J.Hasanboyev va boshqalar “Pedagogika”
o‘quv qo‘llanmasi va shu mualliflar 2009-yilda yaratgan pedagogika,
“Pedagogika tarixi”, 2011-yilda oliy ta’lim
pedagogika oliygohlari
talabalari uchun “Pedagogika” o‘quv darsligi, 2006-yilda “Pedagogika”
o‘quv qo‘llanmasi A.Zunnunov va U. Mahkamovlarning oliy o‘quv
40
yurtlari uchun “Didaktika”, “O‘rta Osiyoda pedagogik fikr
taraqqiyotidan lavhalar” (1996), 2003-yilda Z.Ismoilovaning
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” o‘quv qo‘llanmasi, 2008-yilda shu
muallifning
“Pedagogika”
o‘quv
qo‘llanmasi
2009-yilda
N.Egamberdiyevaning “Ijtimoiy pedagogika” o‘quv qo‘llanmasi,
O.Hasanboyeva, D.Holiqov va boshqalar. “Oila pedagogikasi”, 2010-
yilda M. To‘xtaxadjayeva, S.Nishonova va boshqalarning “Pedagogika
nazariyasi” 2013-yilda Sh.Sodiqovaning maktabgacha ta’lim yo‘nalishi
talabalariga mo‘ljallangan “Maktabgacha pedagogika” darsligi
yaratildiki, bular ta’lim tarbiyada ijtimoiy hayot jarayonining barcha
jabhalarini qamrab olib, mamlakat yoshlarini barkamol insonlar, yetuk
pedagogik kadrlar qilib tayyorlashda katta ijtimoiy prdagogik ahamyat
kasb etmoqda. Shunday qilib tarixiy taraqqiyotda yangi hayot mazmuni
sifatiy o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bir davrda pedagogika nazariyasi
va amaliyotini chuqur o‘zlashtirib boy tarixiy tarbiyaviy ta’limiy
merosni mukammal egallab mamlakatda
demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatin asoslarini rivojlantirish
ishlariga safarbar etmoqlari har bir pedagogning fuqarolik burji
hisoblanadi.