• To‘rtinchi bosqich
  • №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Uchinchi bosqichda Markaziy Osiyoda ijtimoiy hayotning 
    yuksalishi uchun madaniyat, ta’lim-tarbiya, maktablarni rivojlantirish 
    taraqqiyotning bosh omili sifatida e’tirof e’tildi. Amir Temur, Mirzo 
    Ulug‘beklar mamlakatni ma’rifat, ma’naviyatda deb bilib maktablar 
    ochdilar, darsliklar yaratishni yo‘lga qo‘ydilar. Maktab va 
    madrasalarda Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin 
    Behzod, Husayn Voiz Koshifiy, Jaloliddin Davoniy, Zahiriddin 
    Muhammad Boburning pedagogik g‘oyalari, ayniqsa, insonparvarlik, 
    adolatparvarlik, elsevarlik g‘oyasi va nazariyasi keng targ‘ib etiladi. 
    Shuningdek, bu bosqichda “Kalila va Dimna” “Qobusnoma” 
    “Nasihatnoma”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Abdurahmon Jomiyning
    “Bo‘ston” va “Guliston”, Alisher Navoiyning “Maxbub- ul qulub”, 
    Voiz Koshifiyning “Axloqi Muxsiniy”, Jaloliddin Davoniyning
    “Tariqayi tarbiyat ul-avlod”, “Axloqi Jaloliy “ kabi asarlarda axloqiy 
    tarbiya usullari to‘g‘risida ilg‘or pedagogik g‘oyalar, qarashlar 
    ifodalangan ular bugungi kun tarbiyashunosligi, aniqroq aytadigan 
    bo‘lsak pedagogika fanining puxta zamin hisoblanadi. 


    34 
    G‘arbda Yan Amos Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari, 
    Pestalotsining rivojlantiruvchi ta’lim, Adolf Disterveg, Jan-Jak 
    Russoning erkin ta’lim va tarbiya g‘oyalari, K.D Ushinskiyning 
    “Pedagogik antropologiya” asarlarining yaratilishi pedagogika fanining 
    mustaqil fan bo‘lib rivojlanishini ta’minladi. 
    To‘rtinchi bosqich- Chor Rossiyasi va sobiq sho‘rolar davri 
    Turkistonda madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at, pedagogik fikr, 
    maktab, ta’lim sohasidagi ishlarga o‘z siyosatini o‘tkazgan, milliy 
    madaniyat, ma’rifat, pedagogik fikrlarni tazyiq ostiga olgan davrlarni 
    o‘z ichiga oladi. 
    Chor mustamlakachilari XIX asrning ikkinchi yarmidan, sho‘rolar 
    hukumati XX asrning 20-yillaridan to XX-asrning 90-yillariga qadar 
    o‘lka madaniyati, ta’lim, fan, san’at, pedagogik g‘oyalari va turmush 
    tarzini yevropacha qurishga intildilar va bunga ma’lum darajada 
    erishdilar ham. Shunga qaramay o‘lkaning ilg‘or kishilari, 
    ma’rifatparvarlari o‘zlaridan oldin o‘tgan ajdodlarining insonparvarlik, 
    adolatparvarlik, pedagogik g‘oyalarni davom ettirdilar. Natijada XX-
    asrning boshlarida “Usuli jadid”, “Usuli savtiya” nomlari bilan yangi 
    maktablar tashkil etildi. Bu maktablar uchun darsliklar yaratildi, ta’lim 
    tarbiyani tashkil etish bo‘yicha pedagogik asarlar yozildi. Bular Ahmad 
    Donish, 
    Dilshod 
    Otin, 
    Abdurauf 
    Fitrat, 
    Munavvarqori 
    Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, 
    Ishoqxon Ibrat, Abduqodir Shakuriy, Said Ahmad Siddiqiy va 
    boshqalar edilar. Ayniqsa, Ahmad Donishning “Navodir-ul vaqoi”, 
    Abdulla Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq”, Dilshod Otinning 
    “Tarixi muhojiron”, Fitratning “O‘quv”, “Ona tili” darsliklari, 
    Munavvarqori Abdurashidxonovning “Adibi avval”, “Adibi soniy” 
    kitoblari, Hamzaning “Yengil adabiyot”, “O‘qish kitobi” kabi 
    darsliklari, Ishoqxon Ibratning “Lug‘ati Sitta-al Sina”, “San’ati Ibrat 
    qalami”, “Mirrajab Bandiy” o‘quv qo‘llanmalari, Abduqodir 
    Shakuriyning “Jomi’ ul-hikoyat”, “Zubdat ul-ash’or” o‘qish kitoblari 
    bu davr maorifi uchun muhim pedagogik asarlar sirasiga kiradi. 
    XIX asr oxiri XX asr boshlarida Markaziy Osiyolik adabiyot 
    namoyandalarining asarlarida odob-axloq, ta’lim-tarbiya, ilm olishga 
    da’vatlar mavjud. Buni Furqat, Muqumiy, Avaz O‘tar, Zavqiy ijodida 
    kuzatish mumkin. Furqat o‘zining “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, 
    “Vistavka xususida”, “Suvorov haqida” kabi asarlarida ilm 
    xususiyatlari, ta’lim-tarbiya to‘g‘risida pedagogik fikrlarni bayon 


    35 
    etgan. Avaz O‘tar “Til” nomli she’rida ona tilini egallash, uni bilishning 
    afzalikklari to‘g‘risida fikr yuritgan. 
    Xullas, o‘zbek pedagogikasining nazariyasi va tarixi shunday 
    xilma-xil jarayonlar, oqimlar bilan rivojlanib, shakllanib keldi. 
    To‘rtinchi bosqichning keyingi taraqiyoti sho‘rolar davri pedagogikasi 
    nazariyasining rivojlanishi bilan bog‘langan. Chunki XX asrning 90-
    yillarigacha O‘zbekiston respublikasi sovet Ittifoqi degan davlat 
    tarkibida edi. 
    Beshinchi bosqich-bu bosqich pedagogika fanlari to‘g‘risida so‘z 
    yuritganda, uning yuksak ma’naviy yuksalishlar va umuminsoniy 
    qadriyatlar asosida mustaqil vatanimizning milliy asosda rivojlanishini 
    qamrab oladi. 
    Ma’lumki, mustaqillikka erishgandan so‘ng mamlakatimizda 
    uzluksiz ta’limni milliy asosda qo‘rish uchun ikki marta (1992-yil 2-
    iyul va 1997-yil 29-avgust) “Ta’lim to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. 
    Uzluksiz ta’lim, uning mazmuni yo‘nalishlari tarkibi, 29-avgust 1997-
    yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun va “Kadrlar 
    tayyorlash milliy dasturi” asosida rivojlanmoqda. Chunki, bu qonunlar 
    jahon ta’limi yutuqlari va milliy tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish 
    asosida tuzilgan bo‘lib, ularning mazmuni mamlakatni ijtimiy-
    iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiy ettirishni nazarda tutib, yuksak 
    ma’naviy axloqiy salohiyat, kasb-kor madaniyatiga ega bo‘lgan, ijodiy 
    va ijtimoiy faollikni o‘zida shakllantirgan, ijtimoiy siyosiy hayotda 
    to‘g‘ri yo‘lni tanlaydigan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-
    ma’rifiy vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlashning
    milliy tuzimini yaratishni nazarda tutilgan. Shunga asosan uzluksiz 
    ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatadigan pedagogik xodimlar ta’lim 
    tarbiya ishlarini islohot talabalari asosida tashkil qilishlari va ularga 
    mustaqil respublikadagi “Pedagogika” fanlari yaqindan ham ilmiy-
    nazariy, ham amaliy jihatdan ko‘maklashishlari kerak. Shunga binoan 
    respublikamiz pedagog olimlari pedagogika fanining asosiy 
    kategoriyalari ta’lim-tarbiyaning O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga 
    yaratuvchanlik xususiyatini shakllantirish omillari ekanligini inobatga 
    olib pedagogika fanlari sohasi bo‘yicha darslik va qo‘llanmalar 
    yaratdilar. Shular jumlasiga “O‘zbek pedagogikasi antalogiyasi” (1995) 
    “Pedagogika tarixi”(1994) “O‘zbek pedagogikasi tarixi”(1997) 
    “Pedagogika kursi” (1997) “O‘rta Osiyoda pedagogik fikr 
    taraqiyotidan lavhalar” “Mustaqillik ma’naviyati va yoshlar tarbiyasi” 


    36 
    (1995) “An’anaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi” “O‘quvchilar 
    axloqiy madaniyatini shakllantirish muammolari ”, “Milliy tarbiya”, 
    “Kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy tarbiyalash”, 
    “Didaktika” (1997; 2016), “Oila pedagogikasi” (2007) “Oliy maktab 
    pedagogikasi” (2008), “Pedagogika” (2010) “Pedagoglarni qayta 
    tayyorlash va malakasini oshirish” “Pedagogika nazariyasi va tarixi” 
    (2011) “Maktabgacha pedagogika” va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. 
    “Talim ro‘g‘risida”gi Qonun vazifalarini bajarish “Pedagogika” 
    fanlari oldida turgan muhim hodisa bo‘ldi. Zero, ilm fan, texnikaning 
    tez rivojlanib borishi, yangi ijtimoiy ma’rifiy zaruriyatlarni paydo qildi. 
    Natijada moddiy ishlab chiqarish, xom ashyoni qayta ishlash sohalari 
    (qishloq xo‘jaligi, sanoat transport, maishiy xizmat ko‘rsatish va 
    boshqalar)da mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga 
    nisbatan texnologik yondashuv an’anasi yuzaga keldi, natijada hayot 
    surati shiddatligida, axborotlar oqimi kengaydi. Bu hol axborotlarni 
    tezkor sur’atga qabul qilib olish, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, 
    nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda o‘quvchiga 
    yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim oldida turgan dolzarb 
    muammolardan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik 
    texnologiyalarni tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni 
    ijobiy hal etishga xizmat qiladi. Buni chuqur anglagan respublika 
    pedagog olimlari ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim tarbiya 
    jarayoniga tadbiq etishning nazariy va amaliy jihatlarini yoritish 
    bo‘yicha monografiya, o‘quv qo‘llanmalarini yozdilar va nashr 
    etirdilar. Bularga M. Ochilovning “Yangi pedagogik texnologiyalar” 
    (2000), N. Saidahmedovning “Yangi pedagogik texnologiyalar: 
    nazariya va amaliyot” (2003), Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. 
    “Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot” (2005), Yo‘ldoshev 
    J.G‘., Usmonov S.A. “Pedagogika texnologiya asoslari” (2004), 
    Xo‘jayev B.Q., Olimov Sh.Sh. “Yangi pedagogik texnologiyalar” 
    (2004), Avliyoqulov N.H. “Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari” 
    (2001), Ziyomuhammedov B., Abdullayeva Sh. “Ilg‘or pedagogik 
    texnologiyalar: nazariya va amaliyot” va hokazolarni ko‘rsatish 
    mumkin. 
    Ko‘rib o‘tganimizdek pedagogika fan sifatida besh bosqich asosida 
    rivojlanib bordi. Barcha bosqichda pedagogikaning markazida inson va 
    uning ta’lim tarbiyasi, shaxs sifatida shakllanishning muhim jihatlarini 
    ko‘rsatib turibdi. Ma’lumki, har bir davlat o‘zining ijtimoiy-iqtisodiy, 


    37 
    ma’naviy-siyosiy taraqqiyotning kelajagini belgilar ekan, u, avvalo 
    ma’naviy-axloqiy salohiyati yuksak, malakasi yuqori, har qanday 
    qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan kadrlarni tayyorlashni bosh 
    maqsad qilib oladi va uning markaziga shaxsni hamda uning ma’naviy-
    axloqiy kamolotini qo‘yadi. Uning bunday yuksalishini uzluksiz ta’lim 
    asosida birinchilardan bo‘lib ta’minlash lozimligi belgilangan. 
    Uzluksiz ta’limning muvaffaqiyatini ta’minlashda pedagogikaning ham 
    o‘quv predmeti, ham o‘quv fani sifatida roli ortdi. Bu fan hozirgi kunda 
    ilmiy-amaliy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, tabiatni asrab-avaylash, 
    kabi his-tuyg‘ularni insonlarda, avvalombor yoshlarga singdiruvchi 
    tarbiya fani tarzida e’tirof etiladi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish