27
Elektron pedagogika - pedagogik faoliyatda kerakli interaktiv
o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish qoidalari va texnologiyalari
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish va o‘ziga kerakli fanlar bo‘yicha
elektron interaktiv darsliklar mustaqil yaratish uchun amaliy
ko‘nikmalar hosil qilish to‘g‘risidagi fan.
2.2. Pedagogika sohalarining o‘ziga xos xususiyatlari
Hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy taraqiyot barcha
sohalardagi fanlar kabi pedagogika fani va pedagogika o‘quv predmeti
oldida barkamol inson shaxsini shakllantirish masalasini ham nazariy,
ham amaliy jihatlardan ro‘yobga chiqarishni qo‘ymoqda. Ma’lumki,
barkamol inson deganda aqliy va jismoniy faoliyatni uyg‘un holatda
ifodasi tushuniladi, demak barkamol inson aqliy va jismoniy quvvatga
ega bo‘lib sabr-toqat, mehr-shafqat, diyonat, shijoat, qatiyatlik,
tadbirkorlik,
ishbilarmonlik, hushyorlik, ehtiyotkorlik, jasorat,
chidamlilik fazilatlarini yaxshi anglagan va o‘zida shakllantirishga
intiluvchi shaxs hisoblanadi. Bunday inson yangi barpo etilayotgan
jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga o‘z hissasini
qo‘sha oladigan bunyodkor va tashkilodchisidir. Ma’lumki,
bunday
28
inson pedagogik jarayonda shakllanib boradi. Zero, pedagogik jarayon
tarbiya, ta’lim, ma’lumot olish sharoitida insonni barkamolikka
undovchi, ko‘maklashuvchi ijtimoiy pedagogik hodisadir. Shu nuqtai
nazardan hozirgi davr pedagogikasi yoshlar ma’naviy-axloqiy
barkamolligini ta’minlashda tarbiya, ta’lim, ma’lumot olish
jarayonlarining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Shunday
qilib pedagogika fan sifatida va o‘quv predmeti sifatida barkamol
avlodni
tarbiyalash, o‘qitish hamda ma’lumotli qilishning mazmuni
maqsad va vazifasi shakllari, metodlari, usullari, vositalarini ta’lim
muassasalariga pedagogik jarayonni boshqarish kabi masalalar tizimini
muayyan izchillik, ketma-ketlik uyg‘unlikda amalga oshirish yo‘llari
to‘g‘risidagi masalalarni o‘rganadi. Xo‘sh, tarbiya ta’lim, ma’lumot
pedagogik jarayon rahbarlik va boshqarish nima?
Ular qanday
mazmunga ega tarbiya-ijtimoiy hodisa sifatida barkamol avlodni
hayotga va mehnatga tayyorlash jamiyatni yanada rivojlantirish
maqsadida katta avlodning kichik avlodga ijtimoiy tarixiy tajribalarni
o‘rgatish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy, jismoniy, estetik, huquqiy,
ekologik fazilatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Bu jarayonda inson
ijtimoiy tarixiy tajribalarni o‘zlashtirish oldingi avlodning ma’naviy
insoniy fazilatlarini egallash orqali shaxs bo‘lib shakllanadi va jamiyat
taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shadi. Insonlardagi dunyoqarash, e’tiqod,
diyonat, rahm shavqat, ezgulikni qabohatdan, yaxshilikni yomonlikdan,
halollikni haromdan ajrata bilish tarbiya yordamida amalga oshadi.
Ta’lim shunday bilish jarayoniki unda o‘quvchilar o‘qituvchi
yordami va rahnamoligida ilmiy bilimlar bilan qo‘llanadilar, amaliy
ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar,
aqliy va jismoniy kuchlarni
rivojlantiradilar, dunyoqarashlarini, ma’naviy-axloqiy sifatlarini
shakllantiradilar, hayotga va mehnatga tayyorlanadilar. Ma’lumot-bu
tizimlashgan hamda umumlashgan bilim ko‘nikma va malakalar
yig‘indisi. Bir so‘z bilan aytganda ta’lim tarbiyaning natijasi maxsuli.
Bularning barchasi pedagogik jarayonda amalga oshadi va harakatga
kiradi. Shu ma’noda pedagogik jarayon – bu yaxlit o‘quv tarbiya
jarayoni, yaxlitligida tarbiya va ta’lim asosida ta’lim o‘gatuvchilar
bilan ta’lim oluvchilarning hamkorligidagi
ijodiy faoliyat yordamida
har tomonlama kamol topgan shaxsni tarkib toptirishdir. Demak,
mazkur jarayonni yo‘lga qo‘yishni ilmiy amaliy hal etishi yordamida
tarbiya va ta’lim maqsadlarini to‘la amalga oshirish pedagogika fani va
o‘quv predmetining bosh masalasi hisoblanadi. Shunga asosan
29
pedagogika ham fan sifatida ham o‘quv predmeti sifatida tarbiya va
ta’lim ishlarining qonuniyatlari qoidalari sahllari usullari hamda
vositalarning davr talablari asosida qanday bo‘lishi kerakligini belgilab
berishni nazarda tutadi.