№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Pedagogik 
fanlarni 
o‘qitish metodikasi fan sifatida 
rivojlanishining asosiy bosqichlari. Pedagogika fanining rivojlanishi, 
shakllanishi kishilik jamiyatining shakllanishi va taraqqiyot tarixi bilan 
uzviy bog‘liq. Tarixni inson yaratdi u yaratganning inomi, talabalarning 
oliy mahsuli, siymosi, aql zakovat egasi sifatida tarixni yaratish, 
jamiyatni rivojlantirish ishlarining asoschisi va davomchisi bo‘lib 
qoldi. Bu zot yaratgandan so‘ng tabiat hodisalari tarqalish jarayonini 
o‘rganish, ulardan o‘z hayoti, turmushida oqilona foydalanishni 
o‘rgandi. Natijada inson asta-sekinlik bilan madaniylashdi, 
ijtimoiylashdi va o‘zining ma’naviy qadriyatlarini vujudga keltirib 
avloddan-avlodga, nasldan-naslga qoldirdi. 
Mana shunday zotni hayotga tarbiyalash, yo‘naltirish va ijtimoiy 
taraqqiyotga munosib hissa qo‘shgan shaxs qilib tayyorlash maqsadida 
“Pedagogika” fani maydonga keldi. Dastlab, ibtidoiy jamiyatda kattalar 
o‘z farzandlarini o‘zlari bilan ergashtirib yurib, tabiat inomlarini 
yig‘ish, birga ov qilish, keyinchalik dehqonchilik bilan shug‘ullanish 
kabi ishlarni o‘rgatishi bilan shug‘ullandilar. So‘ngra bolalarga qabila 
boshliqlari va keksalar tomonidan turli tabiiy ofatlaridan himoyalanish, 
dehqonchilik qilish uchun tog‘onlar qurib suv jamg‘armalarini hosil 
qilish, kasalliklarni davolash, o‘z turmush tarzini yangilash, hayot 
kechirish uchun oziq ovqatlarning sarasini tanlash, chaylalar qurishga 
bo‘lgan hayotiy ehtiyoj o‘sib kelayotgan yosh avlodga keksalarning o‘z 
tajribalarini o‘rgatish zaruriyatini tug‘diradi. 
Hayotiy ehtiyoj o‘sib kelayotgan yosh avlodga keksalarning o‘z 
tajribalarini o‘rgatish zaruriyatini tug‘dirdi, bu zaruriyat keksalar bilan 
yoshlarning bevosita mehnat faoliyatlari jarayonida amalga oshirila 
bordi. Shu tariqa pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaruidan biri 
tarbiya va ularni yoshlarga tarkib toptiruvchi tarbiyachilar etishib 
chiqdi. Bu antik davrda ota-onalar va qabilaning keksa kishilari edi. 
Ular asosan yoshlarni tabiat inomlaridan foydalanish, tabiat injiqliklari 
bilan kurashish uy ro‘zg‘or ishlarini bajarish kishilar o‘rtasida axloq 
odonb munosabati o‘rgatish kabi sifatlarni ado etishga yo‘naltiradigan 
insonlar edilar. Shunday qilib tabiatga, o‘zaro munosabatlarga, o‘zini 
o‘rab turgan muhitga, qabila kishilariga elatga axloq-odob doirasida 


30 
muomalada bo‘lishni tushuntiruvchi bilimlar majmuasi donishmandlik 
pedagogikasi shakllandi. Bu pedagogika bolalarda elsevarlik, 
xalqparvarlik, mehnatsevarlik kabi ma’naviy-axloqiy sifatlarni o‘zaro 
uyg‘un holda amalga oshirishda katta xizmat qildi.
Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha dastlabki pedagogik qarashlar 
va ularni yoshlarga yetkazuvchi manbalar-maktablar tashkil etila 
boshlandi. Bu qadimgi sharqning Vavilon, Misr, Hindiston, g‘arbning 
Sparta, Afina shaharlarida paydo bo‘lib, insonlarda saxiylik, sofdillik, 
rostgo‘ylik, adolat kabi fazilatlarni shakllantirish uchun xizmat qildi. 
Bular mashhur “Avesto” (er. avval VII asr) va qadimgi Xitoyning Daoe 
maktabi (er.avval III asr), Qadimgi Gretsiyaning “Sparta ” “Afina ” 
(er.avvalgi III-II-asr)edi. 
Shunga asosan “Pedagogika” so‘zi o‘z lug‘aviy ma’nosini 
yunoncha “payc”-bola, -“agogoc”- yetaklash aynan so‘zma-so‘z 
tarjimada “Paydagogoc” –ya’ni bola yetaklovchi ma’nosini anglatadi. 
Keyinchalik “Pedagogika” so‘zi kengroq va ilmiyroq ma’noda ya’ni 
“bolani hayotga yetaklash, tarbiyalash, o‘qitish, ma’lumotli qilish” fani 
sifatida yuritib, u tarbiya fani deb yuritila boshlandi. Shunga binoan 
pedagogika fanining predmeti qilib yosh avlodni tarbiya, ta’lim, 
ma’lumot sharoitida rivojlantirishi va shaxsiy sifatlarni shakllantirishga 
yo‘naltirilgan yaxlit pedagogik jarayon deb qabul qilindi. 
Ma’lumki, barcha ilmiy-nazariy sanalar hayot taqozosi bilan 
vujudga keladi. Ta’lim, tarbiya ma’lumot kishilar hayotida katta 
ahamyat kasb etish vaqti keldi. Endi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotda tez yoki tez rivojlanishi yosh avlodning tarbiya qay 
darajada qo‘yiganiga bog‘liq bo‘lmoqda. Shunga binoan, tarbiyaning 
jamiyat hayoti va taraqqiyoti katta ahamyat kasb etar ekan pedagogika 
fanining taraqqiyot bosqichlarini bilib olish juda muhim hisoblanadi. 
Buni quyidagi jadvalda kuzatish mumkin. 


31 

Download 3,05 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish