№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

prinsipi muhim ahamyat kasb etadi. Zero, bu pedagogika nazariyasidan 
egallagan bilimlari, amaliyotga tadbiq etish bilan bog‘liq holda olib 
borilishini ta’minlaydi. “Fan-ta’lim-ishlab chiqarish” kesimida yo‘lga 
qo‘yilishini talab etadi. Shu bilan birga bu prinsip pedagogika 
fanlaridan o‘zlashtirilgan bilimlarni shaxsiy qarashlari asosida 
voqelikdagi voqealarni tahlil qilishni nmazarda tutadi. Bu esa bilimlarni 
hayotga tadbiq etishda talablarning amaliy faoliyati mehnatini 
birlashtiradi hamda nazariy bilimini amaliy faoliyati uzviyligini 
ta’minlaydi. 
Nazariya bilan amaliyotnig birligi g‘oyasi metodika fanining 
muhim xususiyatlaridan biri. Chunki bunda talabalar pedagogika 
fanlari nazariy ma’lumotlarini o‘quv tarbiya muassasalarida 
qo‘llashning mazmuni, metod va usullarini o‘rganib oladilar. Buni jonli 
amalga oshirish uchun talabalar maktabgacha ta’lim o‘quv yurtlariga, 
maktablarga, o‘rta maxsus va kasb hunar bilim yurtlariga ekskursiya 
uyshtiradilar, u yerlardagi mehnat jarayoni bilan tanishadilar va o‘zlari 
egallagan bilimlarni amaliy hodisalar bilan solishtiradi. Bunda nazariy 
malumotlar ifodalangan adabiyotlar bilan talabalarni takroriy 
tanishtirish mashg‘ulotlari muhim metodik ahamyat kasb etadi. 
Shuning nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligini ta’minlashda ilg‘or 


17 
pedagogik tajribalar yoritilgan audio, video ma’lumotlar ham shu 
natijaga erishishni ta’minlaydi. 
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv predmetining 
zamonaviylik prinsipi talabalarga bayon etilayotgan ma’lumotlar 
zamonaviy va milliy asosda bo‘lishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi 
munosabati bilan mamlakatda ta’lim tizimi jahon talablariga mos 
andoza va milliy asosda qurildi. Ta’lim muassasalarining uzluksizligi 
amalga oshirilishi natijasida, ularning moddiy texnika bazasi, o‘quv 
tarbiya jarayonlarining yuqori sifati o‘quv adabiyotlari va ilg‘or 
pedagogik texnologiya ta’minlandi. Endi bunday o‘quv yurtlarida 
ishlaydigan kadrlar zamonaviy bilimlarga ega bo‘lishlari lozim. 
Shuningdek maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi uchun tayyorlangan o‘quv fanlarining mazmuni 
milliy asosda ko‘rildi. Shunga asosan pedagogika va psixologiyada 
o‘qitiladigan pedagogika fanlarining mazmunidagi malumotlarni milliy 
xususiyatlar asosida aks ettirishda davr talabi bo‘lib qoldi. Bu esa o‘z 
navbatida mazkur fanni o‘qitishni milliy asosda qurishni taqozo qiladi. 
Zamonaviy va milliylik ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi 
zamonaviy texnik qurilmalar, vositalar, o‘quv adabiyotlaridan o‘rinli 
maxsulli foydalanish taqdirdagina yuksak ma’naviy-axloqiy salohiyat 
va yuqori malakali insonlar bo‘lishini anglatadi. Pedagogik fanlarni 
o‘qitish 
metodikasining 
muhim 
prinsiplaridan 
yana 
biri 
ma’lumotlarning tushunarliligi, ularni bayon etishning izchilligi va 
tuzimliligidir. 
Asosan 
tushunarlilik 
ta’lim 
beruvchidan 
ma’lumotlarning hajmi qiyinlik darajasi ta’lim oluvchilarning yoshi, 
real o‘quv imkoniyati, individual xususiyatlarigha muvofiq bo‘lishi 
lozimligini uqtiradi. Prinsipga amal qilish jarayonida ta’lim beruvchi 
mavzu bo‘lim, savollarni o‘rganish vaqtini belgilashni yoddan 
chiqarmasligi zarur. Shunindek tushunarlilik prinsipi yangi tushuncha, 
darliklardagi hozirgi zamon fan, texnika yutuqlarini, terminlar hajmini, 
o‘rganayotgan muammoning o‘quv dasturidagi o‘rnini, o‘qitish 
metodlari va usullarini o‘qituvchi tomonidan aniq belgilanishi 
lozimligini talab qiladi. 
O‘qitish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan individual 
xususiyatlarga o‘quvchilarning qiziqishlari, rivojlanish darajasi, his 
tuyg‘ulari, temperamenti, xarakter xususiyatlari, qobiliyati, mayli, 
turmush tarsi kiradi. Tushunarlilik prinsipi izchillik va tizimlilik 


18 
prinsipi bilan o‘zaro aloqadorlik tarzida qo‘llanilib, bunda masalalarni 
o‘rganishda a) ma’lumdan nomalumga; b) oddiydan murakkabga; v) 
aniqdan noaniqqa g) osondan qiyiga d) umumiydan xususiyga 
qoidalariga amal qilish asosida olib boriladi. Ta’limning izchillik 
prinsipiga Y.A.Komenskiy asos solgan, so‘ngra bu prinsiplar rus 
pedagogi K.D.Ushinskiy tomonidan rivojlantirilgan. Tajribaning 
ko‘rsatishicha izchil va tizimni bayon etilgan malumotlar ongli 
o‘zlashtiriladi, uzoq vaqt xotirada saqlanadi. Parcha-qism asosida 
bayon etilgan ma’lumotlarni o‘zlashtirish qiyin. Shuning uchun 
bilimlar izchilk muayyan tizim asosida bayon etilsa ular o‘zaro 
bog‘lanadi va ikkinchisi birinchisini to‘ldiradi. Shunga asosan 
bilimlarni o‘zaro bog‘liqlikda yaxlit muayyan izchillik, tizimlilik 
yo‘nalishida o‘rganish mukammal takomillashib boruvchi shaxsning 
shakllanishini amalga oshiradi. Izchillik va tizimlilik butun o‘quv 
tarbiya jarayonini aniq rejalashtirish darslarning ma’lumotlarini 
ratsional ta’minlashga yordam beradi, bilimlar tushunarli 
o‘zlashtiriladi, mantiqiy tafakkur rivojlanadi. 
Pedagogik ma’lumotlarni o‘zlashtirishda talabalarning ijodiy 
faolligi mustaqilligi va tashabbuskorligi prinsipi fanda muhim ahamyat 
kasb etib gullab, xosilni ko‘p beruvchi daraxtga o‘xshaydi. Talaba 
pedagogika fanlari materiallarini ijodiy o‘zlashtirsa qo‘shimcha 
adabiyotlardan bilimlarni mustaqil to‘ldirsa albatta bu tashabbus 
ko‘rsatib mehnat qiladigan shaxs bo‘ladi. “kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi”da ham nazarda tutilgan masalalardan biri talabalarda ijodiy 
faollikni mustaqillikni, tashabbuskorlikni shakllantirishi orqali 
malakali, maxoratli kadrlarni tayyorlash hisoblanadi. Mustaqillik o‘z 
yo‘nalishida 
ijodiy 
faollikni 
tarbiyalaydi, 
ijodiy 
faollik 
tashabbuskorlikka undaydi. Bular o‘zaro sabab va natija shaklida 
bog‘langan pedagogik hodisadir. Zero, “Haqiqiy mustaqillikga 
erishmagan joyda talabalarning ijodiy faollikni ” tashabbuskorligi 
to‘g‘risida gapirib bo‘lmaganidek, pedagogik fanlarni o‘qitishda 
metodika fani o‘z ta’lim oluvchilarida mustaqillikni ta’minlamay turib 
pedagogik bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish faol va tashabbuskor bo‘lishni 
tarbiyalash murakkabdir. Darhaqiqat mustaqillik prinsipi davr ijtimoiy-
iqtisodiy taraqiyot talab etayotgan prinsip hisoblanadi. Chunki, 
mustaqillik talabalarda erkin fikrlashni, ijodiy qobiliyatni, aqlan 
teranlilikni shakllantiradi.


19 
Shuni ta’kidlash joizki, har qanday mustaqillik, mustaqil bilim 
olish aqliy faoliyatni shakllantiradi. Faollik shaxsiy intellektual faoliyat 
belgisi tarzida mustaqil bilim olishni o‘rgatadi. Shu jihatdan bu ikki 
prinsip pedagogika fanlari mazmunidagi ma’lumotlarni qo‘shimcha 
adabiyotlarda seminar mashg‘ulotlariga tayyorlanish, mustaqil ish 
bajarish, referat yozish, testlar tuzishda qo‘l keladi va ijodiy aqliy 
faoliyatning rivojlanishiga ko‘maklashadi.
Pedagogik fanlar ko‘p qirrali bo‘lib, ular yoshlarga ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyotda shaxsiy kamolot, aqliy yetuklik, jismoniy barkamollik 
kabi ta’lim-tarbiya ma’lumotlaridan xabar beradi. Shu bois pedagogik 
fanlarni o‘qitish metodikasi ko‘proq ta’lim-tarbiyaning uzviy 
bog‘liqligiga e’tibor qaratib, pedagogik bilimlarni o‘rganish uchun 
ta’lim va tarbiya mazmunining o‘zaro bog‘liqligi prinsipiga amal 
qiladi. Chunonchi, bu prinsip talabalarga bilim berish, ularda ilmiy 
dunyoqarash, siyosiy ongliligini ijyimoiy faoliyatini, ma’naviy 
yetuklikni tarbiyalashdan iborat prinsip hisoblanib, bunda egallangan 
pedagogik bilim konikma, malakalarni ijtimoiy hayotda qo‘llashni 
o‘rgatadi va ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham jismoniy, ham 
ma’naviy jihatdan rivojlanishini ta’minlaydi. 
Ta’lim va tarbiya uyg‘unligi o‘zaro bog‘liqligida, voqelikda, 
ayniqsa pedagogik voqelikdagi qonuniyatlarni o‘rganish hamda uning 
amaliy jihatlarini tarkib toptirishda namoyon bo‘ladi. Shu bois aytish 
mumkinki, ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib 
bo‘lmaydi. Ular o‘zaro uzviy bog‘langan pedagogik hodisalardir. 
Pedagogikada tarbiyalovchi ta’lim, rivojlantiruvchi tarbiya degan 
ibora ko‘p ishlatiladi. Buning mohiyati shundan iboratki har qanday 
ta’lim oluvchilarda axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat ko‘nikmalarini, 
ilmiy dunyoqarash asoslarini tarbiyalash barobarinda, ularda aqliy 
qobiliyat, diqqat, xotira, tasavvur ijodiy tafakkurni rivojlantiradi va 
shaxsni har tomonlama kamol topgan inson bo‘lishini ta’minlaydi. 
Ana shu bilish qobiliyatlarini rivojlantirish pedagogika va 
psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi 
o‘quv predmetining mashg‘ulotlarida ham amalga oshiriladi. Ko‘pgina 
mavzular va bo‘limlarni masalan, shaxs, ta’lim va tarbiya, ta’limning 
psixologik, fiziologik asoslari, shaxsning shakllanishi va rivojlanishi, 
o‘qitish uslublari, oila pedagogikasining nazariy, milliy va ilmiy 
asoslari, oilada bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy 
pedagogning oila bilan olib boradigan faoliyati, maktabgacha yoshdagi 


20 
bolaning sotsiumda rivojlanishi va shunga o‘xshash mavzularni 
o‘rganishda shaxs va uning rivojhlanishi milliy va ilmiy asoslar 
vatanparvarlik, ijtimoiy muhit, sotsium kabi termin hamda so‘z 
birliklarning mazmun-mohiyatini tushunishda talabalarda nutq boyligi, 
mantiqiy tafakkur, idrok, tasvvur, diqqatni ta’minlash kabi bilish 
jarayonlari rivojlanadi. 
Shunday qilib tarbiyalovchi ta’lim va rivojlantiruvchi tarbiya 
talabalarga o‘quv mashg‘ulotlarini taqdim etish bilan birga ularning 
rivojlanishlari, shaxs bo‘lib shakllanishlarini ham takomillashtiradi. 
O‘qitish talaba shaxsini har tomonlama tarbiyalaydi: dunyoqarash 
ilmiylashadi, siyosiy onglilik, ijtimoiy faollik rivojlanadi, ma’naviy-
axloqiy sifatlar ijtimoiylashadi bunda tarbiyalovchi ta’lim va 
rivojlantiruvchi tarbiya, o‘quv-tarbiyaning vazifalari mazmuni 
metodlari tashkil etilishida ta’lim beruvchining shaxsiy namunasi, 
bilimdonligi, o‘z kasbiga muhabbati, pedagogik mohirligi ma’naviy-
axloqiy fazilatlari, ta’lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondashish va h.k. 
kasbiy xususiyatlari orqali hal etilishini yoddan chiqarmaslik kerak. 
Ta’lim jarayonida o‘quvchi-ta’lablarning idroki va tasavvuriga, 
xotirasiga, ko‘rish orqali tafakkuriga his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatib, 
voqea va obektlar haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lishga yordam 
beradigan ijodiy qobiliyatlarini mukammallashtiradi, bilim, ko‘nikma, 
malakalarini 
rivojlantirib, 
ularda 
tadqiqotlik 
ehtiyojlarini 
shakllanishiga yordam beradigan didaktik qurol mavjud buni 
pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi o‘quv fanida, bularni 
o‘qitishning didaktik vositalar majmui prinsipi deb yuritiladi. 
Dahaqiqat, “Didaktik vositalar majmui-bu o‘qish, o‘qitish, 
tarbiyalashning ma’lum tartib muayyan yo‘nalish va bir butunlikni 
tashkil etgan o‘qyuv-tarbiya qurollarining yig‘indisi, jamlanmasi degan 
manoni anglatadi”. Ush bu prinsip didaktika fanida ko‘rgazmalilik 
prinsipi deb yuritiladi va ular o‘quv ma’lumotlarini bevosita idrok etish, 
eshitgan fikrlarini obrazlarda ko‘rish, ularni ongli idrok etish uchun 
xizmat qiladi. 
Shuni e’tirof etib o‘tish joizki, ta’limda didaktik vositalardan 
foydalanish o‘qish, o‘qitishni jadallashtiradi. Chunki bunda eshitish 
katalizatorlari bilan ko‘rish ham ishtirok etadi, shuning uchun 
pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida qo‘llanadigan didaktik vositalar 
o‘quvchi-talabalarning 
bilim 
olish 
darajasini 
yuksaltirish 
ma’lumotlarni oson o‘zlashtirish mustaqil ijodiy o‘rganishni amalga 


21 
oshirish va ular tarbiyalanganligini takomillashtirish uchun katta 
imkoniyatlar manbai bo‘lib xizmat qilad. Didaktik vositalar majmuini 
ta’lim vositalari kontestida izohlagan pedagoglar A.Zunnunov, 
U.Mahkamovlar ta’lim vositalari o‘quvchilar uchun ta’lim jarayonida 
atrof muhitni chuqur anglashga yordam beradi. O‘quvchi uchun 
axborot negizi sifatida, ta’lim jarayonini tashkil qilishda va bilimni 
nazorat qilishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi
1
, deb ta’kidlaydilar.
O‘qitishning didaktik vositalari, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 
uzluksiz ta’lim oldiga qo‘ygan ijtimoiy pedagogik talablarni hal 
qilishga katta yordam bera oladi. Chunki ular o‘rganiladigan hodisa 
yoki obyekt haqida to‘liq va aniq axborot berish, shu bilan ta’lim 
sifatini oshirishga imkoniyat yaratish; 
- Talabalarning ma’lumotlar mazmunini mustaqil o‘zlashtirishiga 
qiziqishini yuqori darajaga ko‘tarishga yordam berish; 
- Ta’limning ko‘rgazmaligini oshirish asosida o‘quvchilar uchun 
qiyin bo‘lgan materialni tushunishni ta’minlash; 
- Talabalar mehnatini unumdor qilish, shu asosda o‘quv materialini 
o‘rganishni jadallashtirish; 
- Darsda talabalarning mustaqil ta’lim olishning amalga oshirishga 
erishishi masalalarni hal qilishga yaqindan yordam ko‘rsatadi. 
O‘quv yurtlarida ta’limda pedagogik fanlarni o‘qitishda didaktik 
vositalar majmui prinsipi quyidagi vositalardan qamrovli foydalanish 
mumkinligini tavsiya qiladi. 
A) Didaktik vositalarning o‘quv va o‘quv-uslubiy turlari (tabiiy 
ashyolar, kalma’ruzalar, fotografiya, ko‘rgazmali, plakatlar, 
diagrammalar, jadvallar, o‘quv qo‘llanmalar, delubit ko‘rsatmalar va 
h.k); 
B) O‘qitishning texnik vositalari (dianozitivlar, o‘quv radiosi, 
o‘quv kinofilimlari elektron hisoblash mashinalari, o‘quv 
televideniyasi, disk, multimedia, video va audio magnitafonlar va h.k); 
C) O‘qitishni zamonaviy axborot va kommunikativ vositalari 
(kompyuter, skaner, kserkislar, dasturli internet texnologiyasi, virtual 
stenular, ta’lim beruvchi dasturlar o‘quv qo‘llanmalar) elektron 
kutubxona; 
Shunday qilib, o‘qitishning didaktik vositalari majmui prinsipi, 
talabalarning bilim faolligi, ijodiy qobiliyati, xotirasi, tafakkurini 
1
Mahkamov U.I., Xo’jayev B.Q., Tilabova N., Didaktika vositalar majmui. Toshkent 2009, 9-bet 


22 
rivojlanishi tezlashtirishga ularni ma’naviy-axloqiy yuksaklikka va 
texnik tafakkurining takomilashishini rivojlantiradi. 
Pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘quv jarayonini maqbullashtirish 
prinsipi. Bu prinsip har bir oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan 
pedagogika turlariga kiradigan fanlarning o‘zida xos tomonlarini 
inobatga olib fanni o‘qitish ishlarini tashkil etishni talab etadi. Bunda 
“Pedagogika nazariyasi va tarixi”, “Maktabgacha pedagogika”, “Oila 
pedagogikasi”, “Ijtimoiy pedagogika”, “Umumiy pedagogika” fanlar 
mazmunidagi mavzularning mazmunan butunligi, yaxlitligi, birligi 
ta’minlanadi. 
Pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quv jarayonini 
maqbullashtirish prinsipi, muayyan tizimga mansubligi “Tizimlilik” 
tushunchasi bu o‘rinda ham ham ma’lum pedagogik turkum o‘quv 
fanini o‘qitish jarayoniga, umumiy o‘quv jarayoniga, jamlikni 
anglatadi. Bunda pedagogika fanlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlar, 
pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishining negizidagi kerakli 
ma’lumotlar (bilimlar)ga ega bo‘liksh uchun qulay sharoit yaratish 
jarayoni yaratish sifatida e’tirof etiladi. Bu esa shu sohaning pedagogi 
jihatlari bo‘yicha nazariy va amaliy axborotlarni egallash, tarbiyachilik 
uchun xos faoliyatni bajarishga ham tturish, belgilangan vazifalarni o‘z 
vaqtida aninq amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Ikkinchi jihati shundaki, pedagogika fanlari mavzularini bir-biriga 
qiyoslash, o‘xshash, bir-birini to‘ldirishi tomonlarini anglab, 
egallayotgan kasb uchun muhimligini o‘rgatish maqsadini ko‘zda 
tutadi. Buni harbir talaba ongiga, shuuriga yetkazish oliy ta’lim 
pedagogining bosh vazifalaridir.
Pedagogik fanlarni o‘qitishda qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlash 
prinsipi. Bu prinsip fanlar mazmunini chuqur egallagan bo‘lishi, bayon 
etilayotgan mavzu bo‘yicha yangi ma’lumotlarning davr, ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos yoki mos emasligini aniqlash va 
ularni pedagogika fanlari yutuqlari, ilg‘or pedagogik talablar asosida 
to‘ldirish lozimligini nazarda tutadi. Bunday yondashuv pedagogik 
ta’lim samaradorligigga erishishi, o‘quv mashg‘ulotlari yangi 
axborotlar bilan boyitib, talabalarga aniq yetkazish, uning faolligini 
oshirish imkonini beradi.
Umumdidaktik qoidalar, tamoyillar nuqtai nazaridan pedagogik 
fanlarni o‘qitishda qo‘shimcha ma’lumotlarni tanlash, avvalo ma’lumot 
mazmundorligi ta’minlasa, ikkinchidan talabalar faolligini oshiradi, 


23 
pedagog va talabalarning mashg‘ulotda manbalar bilan ishlash 
malakasini, tadqiqotchilik qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. 
Ta’lim maqsadi oshadi, yangi bilimlarni, yangi manbalar bilan ishlash 
va qo‘shimcha ma’lumotlarni egallash ko‘nikmalari talabalarda tarkib 
topadi. 
Shunday qilib tahlil etilgan bu pritsiplar oliy o‘quv yurtlarida 
pedagogik fanlarni o‘qitishni davr talablari asosida tashkillashtirishga, 
talabalarning 
pedagogik 
savodxonligini 
oshirishga, 
erishilgan 
yutuqlardan faxr va iftixor tuyg‘usini rivojlantirishga yordam beradi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish