50
oshirish demakdir. U optimallashtirish g‘oyasi asosida ta’limda
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirish, bu ikkala
faoliyatni bir-biriga muvofiqlashtirish metodikasini yaratdi. U
didaktika tarixida birinchi bo‘lib ta’limni tizim sifatida tahlil etdi va uni
“ijtimoiy talab-ta’lim jarayoni” tizimida o‘rgandi. Ana shu tizimga
ko‘ra, Y.K.Babanskiy ta’lim jarayonining quyidagicha bo‘g‘inlarini
ilmiy
asosladi:
o‘qituvchilarning ta’lim-maqsadi, vazifalarini
o‘zlashtirishi, bolalarning real o‘qish imkoniyatlarini o‘rganishi (1);
o‘quvchilar jamoasining tayyorgarligi, har bir o‘quvchining individual
xususiyatlari asosida ta’lim mazmunini aniqlash (2); sinf jamoasining
tayyorgarlik darajasi va o‘rganilayotgan o‘quv materialining
xususiyatlari asosida ta’lim
vositalari, usullari, tashkiliy shakllarini
tanlash,
ta’limni
optimal
rejalashtirish
(3);
o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro didaktik ta’siri, ta’limning harakati, uning
ma’lum natija bilan yakunlanishi (4); Shu mavzuning o‘zlashtirilishini
nazorat etish, bolalarning o‘z faoliyatini tekshirish (5); o‘qituvchi va
o‘quvchilarning jamoa bo‘lib qilingan
ishlarni tahlil etishi,
bajarilmagan ishlar, hal etilmagan muammolarni belgilashi (6).
Ta’lim tizimida Y.K.Babanskiyning yozishicha, 4-bo‘g‘in
“o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro didaktik ta’siri” hal qiluvchi rol
o‘ynaydi. Zero, ta’limning optimal varianti o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro didaktik ta’siriga ko‘ra belgilanadi, tanlangan
variant asosida ta’lim amalga oshiriladi.
Y.K.Babanskiy o‘z didaktik tizimida ta’lim prinsiplari masalasini
ham original bayon etgan edi. Uning yozishicha, ta’lim prinsiplari
ta’lim jarayonining ma’lum nuqtayi nazari bilan daxldor: ta’limning
ma’lumot, tarbiya va bolalar taraqqiyotiga yo‘nalganligi prinsipi ta’lim
jarayoni maqsadiga ko‘ra belgilansa,
bilimlarning ilmiyligi va
tushunarliligi, sistemaliligi va izchilligi prinsiplari ma’lumot
mazmuniga ko‘ra aniqlanadi.
Y.K.Babanskiy optimallashtirish nazariyasi g‘oyalaridan kelib
chiqib, ta’limning qator prinsiplarini yangidan asosladi: ta’limda
umumsinf, guruh va individual ishlarni optimal qo‘shib olib borish,
ta’lim jarayonining samarali amal qilishi uchun optimal shart-sharoit
yaratish,
bolalarning
o‘qishga qiziqishlarini har tomonlama
rag‘batlantirish, qayta xotirlash va ijodiy ishlarning optimal bog‘liqligi.
Bu prinsiplar Y.K.Babanskiy didaktik
tizimida birinchi marta
asoslangan edi.
51
Y.K.Babanskiy ta’lim metodlari masalasiga ham “o‘qituvchi va
o‘quvchilarning o‘zaro ta’siri” nuqtayi nazaridan yondashadi. Ta’lim
metodlari ma’lumot, tarbiya va bolalar taraqqiyotiga yo‘nalgan. Ta’lim
metodi, uning yozishicha, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro bog‘liq
faoliyatini tartibga solish usulidir. Ta’lim metodlarini yangicha talqin
etish ularni yangicha tasnif etishga olib keldi: bolalarning o‘quv-biluv
faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari. Bu metodlar, o‘z
navbatida, to‘rtta guruhga ajraladi: bilimlarni og‘zaki bayon etish
metodlari, induktiv va deduktiv metodlar, qayta xotiralash va
muammoli
izlanish metodlari, mustaqil ishlash metodlari; bolalar
o‘qishini rag‘batlantirish metodlari. Bu metodlar ham o‘z navbatida
ikki guruhga ajraladi: o‘qishga qiziqishini rag‘batlantirish metodlari,
o‘qish-o‘rganishga
oid burch, javobgarlikni tarbiyalash metodlari;
ta’limni va o‘z-o‘zini nazorat etish metodlari. Bu metodlarni ham
Y.K.Babanskiy uch guruhga ajratadi: og‘zaki nazorat va o‘z-o‘zini
nazorat metodlari; yozma nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari;
laboratoriya nazorati va o‘z-o‘zini nazorat metodlari.
Y.K.Babanskiy didaktika logikasini boyitgan olimlardan biridir. U
didaktika tarixida birinchilardan bo‘lib “shaxsning real o‘qish
imkoniyati” tushunchasini ilmiy asoslagan edi. Shaxsning real o‘qish
imkoniyati keng tushuncha bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
shaxsning o‘rgana
olish layoqati, xotira va tafakkurning rivoji (1),
shaxsda shakllangan muayyan malakalar: masalan, gapira olish,
eshitganlarini,o‘qiganlarini so‘zlab bera olish (2), shaxsning o‘quv
mehnatiga oid malakalari, masalan, o‘z faoliyatini rivojlantirish (3),
shaxsning ishchanligini ta’minlay oladigan jismoniy taraqqiyot darajasi
(4), shaxsning o‘qishga munosabati (5), o‘qishga ijobiy ta’sir eta
oladigan shaxsiy tarbiyaviy sifatlar (6). Shaxsning real o‘qish
imkoniyati tarbiyaga muhtoj. Y.K.Babanskiy shaxsning real o‘qish
imkoniyati tushunchasi asosida ma’lumot mazmunini o‘zlashtirishning
individual xarakterini isbotlagan edi.