49
o‘quvchilarning shaxsiy kashfiyotlarni amalga oshirgan holda
bilimlarni o‘zlashtirishlariga erishish tashkil etadi. Bunda ular o‘zlari
egallagan nazariy bilimlarga tayanishlari nazarda tutiladi. O‘qitishning
bunday yo‘li o‘quvchilarni faol fikrlash, hukmlar chiqarish, o‘ylash,
tajribalar
o‘tkazish,
faoliyati
natijalarini
shakllantirish
va
umushshshtirish, zarur ko‘nikma hamda malakalarni egallashlarini
nazarda tutadi.
Zamonaviy didaktika bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Ulardan biri uning metodologik asosidir. Bu metodologiya fal.
bilishning nazariy asoslariga tayanadi. O‘qitish metodlarini ishlab
chikishda asosiy e’tibor shaxsni uyg‘un rivojlantirish nazariyasi va
amaliyotiga qaratiladi.
Zamonaviy didaktik tizimlar “o‘qitish o‘qishga barobar” qolipi
asosida yaratilgan bo‘lib, ularda o‘qitish va o‘qish faoliyatlarining
o‘zaro kirishuvi, uyg‘unlashuvidan kelib chiqib didaktik hodisalar
bayon etilgan. Bunday didaktik tizimlar sirasiga Y.K.Babanskiy,
V.V.Krayevskiy kabi qator olimlarning ilmiy tadqiqotlari, amerikalik
didaktlar asoslagan ochiq ta’lim tizimi, hamkorlik pedagogikasi kiradi.
Zamonaviy tizimlarda o‘qitish va o‘qish faoliyatlariga bir xil
e’tibor beriladi, ular o‘rtasidagi sababiyatli va struktural bog‘lanishlar
ajratiladi, ta’lim shirkat faoliyat sifatida tahlil etiladi, ta’lim zvenolari,
sikllarini o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikda qurishga e’tibor
qaratiladi, didaktik hodisalar o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri
nuqtayi nazaridan sharhlanadi.