52
yoki bolalarning mustaqil faoliyatini tashkil etish yo‘li bilan bilimlarni
o‘zlashtirishga qarab ta’limning-dogmatik, ko‘rgazmali bayon,
muammoli tiplari ajratiladi.
Muammoli ta’lim zaminida bolalarning ijodiy faoliyati yotadi.
Ijodiy faoliyat turlari asosida muammoli ta’limning uch ko‘rinishi
ajratiladi: nazariy ijodkorlik-o‘quvchilarning o‘zlari uchun yangi qoida,
qonuniyat,
teoremani izlashi, topishi va asoslashi. Muammoli
ta’limning bu ko‘rinishi nazariy xarakterdagi ijodiy topshiriqlarni
yechish yo‘li bilan amal qiladi; amaliy ijodkorlik-o‘rganilgan bilimlarni
yangi sharoitlarga tatbiq etish usulini egallash. Muammoli ta’limning
bu ko‘rinishi amaliy xarakterdagi ijodiy topshiriqlarni echish yo‘li bilan
amal qiladi; badiiy ijodkorlik-borliqni badiiy obrazlar vositasida aks
ettirishdir. Muammoli ta’limning bu ko‘rinishi
insho yozish, ma’lum
mavzularda erkin ijod etish, rasm chizish, musiqa asari yaratish
shaklida amal qiladi.
M.I.Maxmutovning
fikricha, muammoli ta’limni dars jarayoniga
moslashtirish uchun bolalarda mustaqil ishlash malakalarini
rivojlantirmoq kerak. U mustaqil ishlash malakalari qatoriga
quyidagilarni kiritadi:
muammoni anglash; muammoni o‘z so‘zlari
bilan aytib bera olish, uni qayta tuzish: muammoni hal qila olishga oid
farazni qo‘ya bilish; farazni isbotlash usulni amaliyotga tatbiq eta olish.
M.I.Maxmutov ta’limda o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri
xususiyatlaridan kelib chiqib, muammoli ta’limning to‘rt xil darajasini
belgilaydi; bolalarning odatdagi faolligi darajasidagi muammolilik
o‘qituvchining tushuntirishi, tavsiyalari asosida qo‘yilgan muammoni
hal etish; chegaralangan faollik darajasidagi muammolilik nazariy
bilimlarni o‘qituvchi bayon etadi, o‘rganilgan bilimni yangi sharoitga
tatbiq etishga oid topshiriqni bolalar mustaqil bajarishadi;
mustaqil
faollik darajasidagi muammolilik bola darslik ustida mustaqil ishlab
bilimlarni o‘zlashtiradi; ijodiy faollik darajasidagi muammolilik-bu
darajada muammoni bolalarning o‘zlari mustaqil tanlashadi va
bajarishadi.
M.I.Maxmutov, ta’limda bolalarning
mustaqillik darajasi,
muammoli holat xususiyatlari asosida ta’limning quyidagicha modelini
kashf etadi: muammoli holatning paydo bo‘lishi: bilishga oid
qiyinchilikni sezish va muammoni qo‘yish; muammoni bajarish usulini
tanlashga oid faraz; qo‘yilgan farazni isbotlash;
muammoning
bajarilishini
tekshirish.
M.I.Maxmutovning
didaktik
tizimida
53
ta’limning tashkiliy shakllari, ta’lim metodlari, vositalari, ma’lumot
mazmuni inkor etilmaydi.
Aksincha, muammoli ta’lim ta’limning
maqsadi, vositalari,
mazmuni,
usullari, tashkiliy shakllariga
moslashtiriladi.