№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Ochiq ta’lim tizimi. Ochiq ta’lim tizimi XX asrning 60-70 
yillarida dastlab Angliyada, keyinchalik Amerikada paydo bo‘ldi. 
Ochiq ta’lim tizimiga ko‘ra, bolalar o‘z tengdoshlari bilan bevosita 
muloqotda bo‘lishadi, o‘zlarini qiziqtirgan muammolarni birgalikda 
mustaqil tanlashadi, tanlangan muammoni hamkorlikda hal etishadi. Bu 
tizimda bolalarning o‘zaro yordami man etilmaydi, aksincha, ta’lim 
o‘zaro yordam, musobaqalashuv yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ta’limni 
tashkil etish, boshqarishga shu yo‘sinda yondashuv o‘quvchilar 
o‘rtasidagi raqobatni yo‘qotadi, ularning bir-biriga hurmatini oshiradi. 
Amerikalik olimlardan R.Xorvits, K.Karpenter o‘tkazgan ilmiy 
tadqiqotladra ochiq ta’lim tizimi klassik tizimlarga taqqoslab 
o‘rganilgan. Bu ikki xil yondashish bo‘yicha ishlagan o‘qituvchilar o‘z 
o‘quv predmetlari bo‘yicha bir xil o‘zlashtirish berishgan. Ammo ochiq 
ta’lim tizimi asosida o‘qigan yoshlar klassik tizimlar asosida 
tayyorlangan bolalarga nisbatan o‘z oldiga qo‘yilgan muammolarga 
ijodiy yondashishgan, ularda birga ishlash ishtiyoqi paydo bo‘lgan, 
mustaqillik yuqori darajada rivojlangan. 
P.Massena, A.Xyustonlarning yozishicha, ochiq ta’lim tizimi bir 
to‘g‘ri chiziqning uchlarida joylashgan ikki xil metodikadir. Chiziqning 
bir uchida o‘qituvchining tushuntirishi, aytib berishi, qilib ko‘rsatishi, 
tavsiyalari asosida bajariladigan topshiriq tursa, ikkinchi uchida 
bolalarning o‘z xohishlari bo‘yicha tanlanadigan va mustaqil 
bajariladigan topshiriqlar turadi. To‘g‘ri chiziqning ikki uchi orasida 
ko‘p nuqtalar bo‘lganidek, bu ikki xil metodika o‘rtasida ta’limning 
juda ko‘p samarador variantlari, usullari, vositalari mavjud. O‘qituvchi 
bolalar oldiga o‘zi qo‘ygan yoki bolalar o‘z xohishi bo‘yicha tanlangan 
topshiriq mohiyatidan kelib chiqib, ta’limni turli yo‘llar bilan amalga
oshiradi: topshiriqni bajarish usullari, yo‘llarini to‘liq tushuntiradi (1), 
ayrim topshiriqni bolalarning o‘zlariga mustaqil bajarish uchun beradi 
(2), boshqa bir variantda mustaqil ishning o‘ta murakkab qismini o‘zi 
tushuntirib, qolgan osonroq qismini hal etishni o‘quvchilarga buyuradi 
(3). 
Sinfda o‘zaro yordam, hamkorlikni ta’minlash maqsadida bolalar 
guruhlarga ajratiladi. Dastur va darsliklar barcha o‘quvchilar uchun bir 
xil. Mashg‘ulotlar guruhlar o‘rtasida musobaqa, estafeta shaklida 
o‘tkaziladi. Har bir guruhda topshiriqlar bajarilgach, qilingan ishlarning 
natijasi birgalikda muhokama etiladi. Demak, ochiq ta’lim tizimi o‘zaro 


56 
bir-biriga bilim berish asosida amal qiladigan zamonaviy didaktik 
tizimdir. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish