61
4-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH JARAYONI
YAXLIT TIZIM SIFATIDA
Tayanch so‘zlar: tizim, yaxlit tizim, ta’lim
jarayoni, pedagogik jarayon, rivojlanish dinamikasi,
o‘qituvchi faoliyati, o‘quvchi faoliyati, bilimlarni
egallash bosqichlari.
4.1. Pedagogik fanlarni o‘qitish jarayoni mohiyati va uning
vazifalari.
Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘zaro tashkiliy hamkorlikda
faoliyat ko‘rsatuvchi barcha ko‘rinishdagi maktabgacha tarbiya, o‘rta
umumiy ta’lim
maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, oliy o‘quv
yurtlari, maktabdan tashqari tarbiya muassasalarining o‘zaro
uzviylikdagi bog‘liqlik pedagogik tizim deyiladi.
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o‘zaro bog‘langan ko‘plab
elementlar (tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro
yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko‘plab o‘zaro bog‘liq
quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o‘quv
axborotlari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’limiy faoliyatlari,
uning
shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini
boshqarish usullari.
Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo‘ladi:
Pedagogik jarayonning rivojlanish dinamikasi uning ichki harakati,
tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
xarakteriga, o‘zaro tahsir kuchiga bog‘liq.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning o‘ziga xosligi: tarbiya
obyekti bir vaqtning o‘zida tarbiya subyekti ham hisoblanadi. O‘zaro
faollikka asoslangan pedagog va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi hamkorlik
pedagogik o‘zaro ta’sir tushunchasini to‘laroq aks ettiradi.
Sub’ekt bilan obhekt o‘rtasida turli-tuman aloqalar mavjud:
Axborot xarakterida (o‘zaro axborotlar almashinib turish).
1. Tashkiliy faoliyat aloqalari (o‘zaro birgalikdagi faoliyat).
2. Kommunikativ aloqalar (muomala, munosabat).
3. Boshqaruv va o‘z-o‘zini boshqaruv aloqalari.
Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita
va natija. Vosita keng mahnoda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga
62
oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan
talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir.
Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib
xizmat qiladi.
Ta’lim-tarbiya tizimida
barcha maqsad va vazifalarni, shuningdek,
uning tarkibiy qismlarini kompleks hal etishga yo‘naltirilgan jarayon
yaxlit pedagogik jarayon sifatida qabul qilingan.
Yaxlit pedagogik jarayonning tashqi qonuniyatlari:
1. Pedagogik jarayonning maqsadi nafaqat ta’lim
va tarbiya
vazifalarini qamrab oladi, balki pedagogni ham, o‘quvchi shaxsini ham
har tomonlama barkamol qilib rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
2. Yaxlit pedagogik jarayon, uning maqsad-vazifalari, mazmuni,
shakl va metodlari jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
ehtiyojlaridan kelib
chiqadi va u jamiyatning mafkurasi va siyosatiga bog‘liq.
3. Pedagogik jarayonning maqsad va vazifalari nafaqat shaxs
ehtiyojiga, balki uning imkoniyatlariga ham bog‘liq bo‘lib, bu uning
tashqi belgilaridir.
Yaxlit pedagogik jarayonning ichki qonuniyatlari:
1. Ta’lim-tarbiya va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
2. Tarbiya va o‘z-o‘zini tarbiyalash o‘rtasidagi bog‘liqlik.
3. Shaxs faoliyati bilan uning munosabati o‘rtasidagi bog‘liqlik.
4. Shaxs va jamoa o‘rtasidagi bog‘liqlik.
5. Shaxsning imkoniyatlari bilan pedagogik tahsir o‘rtasidagi
bog‘liqlik.
6. Vazifa, mazmun, shakl va metodlar o‘rtasidagi bog‘liqlik.
3.Yaxlit pedagogik jarayon bosqichlari .