|
№1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmetiBog'liq 12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BBHamkorlik pedagogikasi. Hamkorlik pedagogikasi xx asrning 80-
yillarining boshida sobiq SSSR hududida shakllangan bo‘lib,u ochiq
ta’lim tizimining rivojlangan ko‘rinishdir. Hamkorlik pedagogikasi
namoyondalari o‘z qarashlarini asoslash uchun klassik va progressiv
didaktik tizimlarni tanqid etishadi: ta’limning asosiy harakatlantiruvchi
kuchi o‘quvchidir. O‘qituvchi aytadi, so‘raydi, talab etadi, tanqid etadi,
ma’qullaydi, qoralaydi, majbur etadi, tekshiradi; u doimo qat’iy,
kulmaydi, bolalarga tabassum qilmaydi. O‘quvchilar o‘qituvchi aytgan
ishlarni bajarishadi, ular ijrochilardir. O‘quvchi ijrochi rolida ishtirok
etgan ta’lim jarayonida o‘quv-tarbiya ishlarining samaradorligini
oshirish mumkin emas.
Hamkorlik pedagogikasi targ‘ibotchilari faoliyatida pedagogik
nazariya va pedagoik amaliyotning qator jumboqli masalalari hal etildi:
Sh.A.Amonashvili 6 yashar bolalarni o‘qitish tajribasi asosida ta’limda
ijtimoiy qimmatga ega motivlarning rolini, ularning bola shaxsini
rivojlanishidagi o‘rnini asosladi; S.N.Lisenkova boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari faoliyatini boshqarishning original usulini kashf etdi. U
o‘qitgan boshlang‘ich sinflarda bolalar o‘quv mehnati sohasidagi o‘z
yutuqlaridan sevinishadi, bolalar tayanch sxemalarga rioya qilishib,
o‘zlarining yutuq va kamchiliklariga izoh berishadi; V.F.Shatalovning
ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyatida pedagogik jarayondagi eng
mushkul masalalardan biri bolalarda har kuni aqliy mehnat bilan
shug‘ullanish ko‘nikmasini shakllantirish muammosi hal etildi. U
ishlagan sinflarda o‘quvchilarning o‘z shaxsiy shanini anglash, o‘z
kuchi va qobiliyatiga qat’iy ishonchini hosil qilish, mustaqillikni
shaxsiy sifatga aylantirish kabi didaktik muammolar ham amaliy, ham
nazariy isbotlandi.
3.2.Shaxsni
rivojlantiruvchi
ta’lim
nazariyasini
|
| |