Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati. Bilim olish 
faoliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida muayyan tuzilish, rivojlanish 
va faoliyat qonunfyatlariga ega. Bilim olish borliqni idrok etish, 
o‘rganish, mashq iqilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda 
faoliyat 
ko‘nikma, 
malakalarining 
mustahkamlanib, 
mavjud 
bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni hisoblanadi. Bilim 
olishning muhim komponenti motiv. ya’ni, ta’limiy xarakterdagi 
harakat yoki faoliyatni tashkil etishga nisbatan rag‘batni his etish, 
ehtiyojning yuzaga kelishidir. 


70 
O‘qishning keyingi komponenti o‘quv harakatlari (operatsiyalari) 
sanalib, ular anglangan maqsadga binoan amalga oshiriladi. O‘quv 
harakatlari o‘quv jarayonini tashkil etishning barcha bosqichlarida 
namoyon bo‘ladi. Harakatlar tashqi (kuzatiladigan) va ichki 
(kuzatilmaydigan) ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Tashqi o‘quv 
harakatlariga predmetli harakatlar (yozish, rasm chizish, tajribalar 
o‘tkazish); perseptiv harakatlar (tinglash, fikrlash, kuzatish, sezish) 
hamda nutqdan foydalanish kiradi. 
Ichki (mnemonik, yunonchadan «mnemonikon» — eslab qolish 
madaniyati) harakatlarga materialni eslab qolish, uni tartibga solish va 
tashkil etish, shuningdek, tasavvur va fikrlash harakatlari (intellektual) 
kiradi. 
Har qanday bilimni o‘zlashtirishda o‘quvchilardan idrok etish 
madaniyatiga ega bo‘lish va o‘quv materialini anglab et ish talab etadi. 
Pedagogik jarayonda o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning 
ma’nosini etarli darajada tushunmay, faqat tovushlar birligi sifatida 
qabul qilinishi va yodlab olinishi xavflidir. 
O‘quvchilarni ilmiy bilimlarni ularning mohiyatini to‘la tushungan 
holda o‘zlashtirish shartlari bilan tanishtirib, ularga o‘zini o‘zi nazorat 
qilishning mohiyati va ahamiyatini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. 
O‘zini o‘zi nazorat qilishda o‘quvchilar ular qo‘llayotgan aqliy 
mehnat vositalarining samaradorligi, shuningdek, o‘z mehnati 
natijalarini baholashi kerak. 
Natijalarni baholash. nazorat qilish va tahlil etish o‘quv 
harakatlarining ajralmas qismlari hisoblanadi. Ta’lim jarayonida 
o‘quvchi tomonidan o‘zini nazorat qilish, o‘zini baholash va o‘zini 
analiz qilishni amalga oshirish o‘qituvchining shunga o‘xshash 
o‘rgatuvchi harakatlarini kuzatish asosida shakllanadi. Bu harakatlarni 
shakllantirish o‘quvchilarni o‘z tengdoshlari faoliyatini kuzatishga jalb 
etish, o‘zaro nazoratni tashkil etish, o‘rnatilgan mezonlar asosida o‘z 
faoliyati natijalarini o‘zaro baholash va tahlil qilishga yordam beradi. 
5.Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish 
Lotincha Intensio tushunchasi - kuchaytirish, tezlatish degan 
mahnoni anglatadi. 
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish - vaqtning har bir bo‘lagi 
uchun ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish demakdir. 
Yaxlit pedagogik jarayonni jadallashtirish shartlari: 
1. Pedagogik 
jarayoning 
maqsadga 
yo‘naltirilganligini 


71 
kuchaytirish, 
o‘quv-tarbiya 
tadbirlarida 
ilgari 
surilayotgan 
vazifalarning jiddiyligini oshirish bilan birga ularning shu sinfga, 
o‘quvchilarga, jamoaga qulayligini ham hisobga olish kerak. 
2. O‘quvchilarning o‘qish, ijtimoiy, mehnat va boshqa faoliyati 
asoslarini chuqurlashtirish. 
3. Eng zarur axborotlarni saqlagan holda mazkur sinf o‘quvchisiga 
yetkaziladigan axborot hajmini oshirish. 
4. O‘quv, ijtimoiy mehnat va boshqa faoliyatlar tezligini oshirish. 
5. O‘quvchilarning mustaqil bilish va ijtimoiy foydali faoliyatlarini 
aktivlashtiruvchi kompleks shakl va metodlarni joriy etish. 
6. Axborot va ta’lim texnologiyalarini keng qo‘llash. 
7. O‘quvchilarning mustaqil bilishini yo‘lga qo‘yish orqali o‘z-
o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘ziga tahsir ko‘rsatish, majburiyat olish, baho 
bera olish, o‘z-o‘ziga hisob berishdan iborat usullardan unumli 
foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga kuchli yordam 
beradi. 
6. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish. 
Yaxlit pedagogik jarayonni o‘timallashtirish (lotincha optimus - 
eng mahqul) - eng qulay, eng mahqul degan mahnoni bildirib, keng 
mahnoda olib qaralganda, ushbu sharoit uchun har qanday vazifalarni 
hal etishning eng qulay, eng mahqul, to‘g‘ri variantlarini tanlash 
demakdir. 
Mahlum mezonlar nuqtai nazaridan qaralganda, yaxlit pedagogik 
jarayonni o‘timallashtirish ushbu sharoit uchun ta’lim-tarbiyaning eng 
maqbul vazifa, mazmun, shakl va metodlarini ilmiy asoslangan holda 
tanlash va amalga oshirish deganidir. 
Optimallashtirishda 
boshlang‘ich 
holatdan 
qaror 
qabul 
qilingungacha bo‘lgan jarayon quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: 
1. Qo‘yilgan vazifalarni hal etishning bir nechta variantlarini qarab 
chiqish. 
2. Ushbu sharoit uchun tanlab olingan variantning asosliligini, 
zarurligini anglab etish. 
3. Ushbu vazifalarni hal etish uchun tavsiya etilgan usullarning 
samaradorligini qiyosiy tahlil etish orqali anglash. 
4. Taqdim etilgan variantlarni eng maqbul ikkita variantgacha 
qisqartirish. 
5. Ikkalasini vaqt va samara nuqtai nazaridan taqqoslash. 
6. Eng mahqul variantni o‘timallashtirish mezoni nuqtai nazardan 


72 
tanlash. 
Lekin eng maqbul variantni tanlash o‘qituvchidan fikrlashning 
muammoli-tadqiqot usulidan foydalanishni taqozo etadi. 
Ta’lim jarayonini o‘timallashtirishda uning mezoni faoliyatni 
to‘g‘ri baholashga yordam beradi. 
O‘quvchi u yoki bu materialni o‘zining maksimal darajadagi 
imkoniyati doirasida o‘zlashtiradi (natijaga real erishish mumkin 
bo‘lgan imkoniyat). Bu esa, o‘z o‘rnida, o‘qitishni o‘timallashtirish 
uchun o‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlarini o‘rganishni talab 
etadi. 
Real o‘quv imkoniyatlari ichki (sog‘liq, bilim darajasi, fikrlash 
qobiliyati, o‘qishga munosabat, mashuliyat hissi) va tashqi (oila, 
tengdoshlar, jamiyat tahsiri) sharoitlarning o‘zaro uzviyligida namoyon 
bo‘ladi. 
O‘qituvchi bolaning bugungi real o‘quv imkoniyatlarini bilishigina 
emas, shuningdek, yaqin rivojlanish zonasini, Ya’ni yaqin rivojlanish 
imkoniyatlarini anglab etishi ham zarur bo‘ladi. 
Shunday qilib, optimallashtirishning birinchi mezoniga ko‘ra, 
o‘quvchi shunday o‘zlashtirish darajasiga erishishi kerakki, ushbu 
daraja uning yaqin rivojlanish zonasidagi imkoniyatlariga to‘g‘ri kelsin. 
Optimallashtirishning ikkinchi mezoni shuki, o‘quvchi va 
o‘qituvchi dars va uy mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtga qat’iy amal 
qilsinlar. 
Tarbiyada birinchi mezon erishilgan natijaning qo‘yilgan maqsad 
va vazifalarga to‘g‘ri kelishida ifodalanadi. 
Ikkinchi mezon tarbiyachining tarbiyalanuvchi uchun ajratilgan 
mehyorlarga qathiy amal qilishida ko‘rinadi. 
O‘qituvchi amaliy faoliyatidagi pedagogik jarayonlarning asosiy 
komponentlarini optimallashtirish usullari tizimi quyidagicha: 
1. Ta’lim-tarbiya jarayoni uchun eng mahqul (ratsional) vazifalar 
kompleksini tanlaydi. 
2. Ushbu sinf xususiyatidan kelib chiqib, vazifalarni aniqlashtiradi. 
3. Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun zarur mazmun tanlaydi. 
4. Ushbu mazmunni amalga oshirish uchun eng maqbul metod, 
shakl va vositalar tanlaydi. 
5. Tezkor tarzda jarayonga o‘zgartirishlar kiritadi va unga ko‘ra 
metod, shakl va vositalarni o‘zgartiradi. 
6. Qilingan ishlar chuqur va har tomonlama tahlil etiladi (natija va 


73 
vaqt nuqtai nazaridan). 
7. Pedagogik jarayonni harakantiruvchi kuchlar. 
Pedagogik jarayonning asosiy elementlari: maqsad, vazifa, vosita 
va natija. Vosita keng ma’noda mazmun, shakl va usullarni o‘z ichiga 
oladi. Pedagogik jarayonni harakatlantiruvchi kuchlar: qo‘yilgan 
talablar bilan tarbiyalanuvchi imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatlardir. 
Xuddi shu qarama-qarshilik rivojlanish uchun asosiy manba bo‘lib 
xizmat qiladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faoliyati

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish