Pedagogik fanlar mazmunini tanlab olish tamoyil va




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

 
5.3.Pedagogik fanlar mazmunini tanlab olish tamoyil va 
mezonlari 
Pedagogika fanida shunday bir bo‘lim mavjudki u o‘quv tarbiya 
muassasalarida o‘qish, o‘qitish, bilim olish ishlarini yo‘lga qo‘yishning 
qonuniyatlarini, qoidalarini, prinsiplari, metodlari, usullari, shakllari va 
vositalarini o‘rganadi. Bu bo‘limni pedagogika fanida ta’lim nazariyasi 
deb ham, didaktika deb ham, yuritiladi. Ta’lim nazariyasi 
tushunchasiga nisbatan didaktika so‘zi kengroq ma’noga ega bo‘lib, 
ta’lim qonuniyatlari, qoidalari, ma’lumot, ta’lim mazmuni, ta’lim 
jarayoni va unda o‘qituvchi-o‘quvchi faoliyatining tuzilishini, ta’lim 
prinsiplarini, ta’lim modellari, turlari, metodlari, ta’limning tashkiliy
shakllarini, 
vositalarini, 
ta,limni 
ommalashtirish 
va 
texnologiyalashtirish kabi masalalarni o‘rganadi va tadqiq qiladi. 
Shunga binoan “Didaktika” pedagogikaning mustaqil qismi bo‘lib, 


83 
o‘qitish va ta’lim berish muammolari bilan shug‘ullanadi hamda 
o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. 
 Darhaqiqat didaktika so‘zi grekcha “didacticos” atamasidan 
olingan bo‘lib, “o‘qitish”, “o‘rgatish”, “ta’lim berish” kabi ma’nolarni 
anglatadi. Didaktika so‘zining ma’naviy tarjimasi “Ta’lim nazariyasi” 
demakdir. Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida “qanday o‘qitish”, 
“nimani o‘qitish”, “qayerda o‘qitish” kabi masalalarni hal etishga 
harakat qiladi.
Manbalarga qaraganda didaktika atamasini birinchilardan bo‘lib 
nemis pedagogi Volfgang Radke taxminlari mavjud. Ammo ba’zi 
hollarda “Didaktika”ning atamasi chex pedagogi Yan Amos 
Komenskiy deb talqin qilinadi. Bu haqiqatga yaqin. Chunonchi 
didaktikaning ilmiy asoslari mazkur pedagog tomonidan 1633-yilga 
chex tilida, 1657-yilda lotin tiliga o‘girilgan “Buyuk didaktika” asarida 
yoritilgan. Shu ma’noda didaktika nomi ostida “Hammani hamma 
narsaga o‘rgatish san’ati” iborasi bitilgan.
Shunday qilib didaktika pedagogikaning muhim sohasi sifatida 
bilim, ko‘nikma, malakalarni, yosh avlodga yetkazishga oid 
qonuniyatlarni, bilim, ko‘nikma, malakalarni yosh avlod tomonidan 
o‘zlashtirish malakalarni o‘rganuvchi tarmog‘idir. 
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, fan, texnika texnologiyalarning 
rivojlanish darajasini inobatga olib, didaktika o‘zining o‘rganish 
predmetini yangidan ishlab chiqdi, bu o‘qitishning maqsadi (nega 
o‘qitiladi), yosh avlodni hayotga tayyorlash nuqtai nazaridan, 
o‘qitishning mazmuni (nimaga o‘rgatiladi), o‘qitishni tashkiliy 
shakllari va yo‘llari (qanday o‘qitish) kabi masalalarga javob beradi.
Shu kesimda didaktikaga bir mavzu borki, bu pedagogika va 
psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogika fanlarini qanday o‘qitish, 
nimaga o‘qitish, nimani o‘qitish kabi savollarga javob beradi. Bu 
“Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasi”ning prinsiplari mavzusidir. 
Xo‘sh prinsip nima? Uning mazmun-mohiyati nimadan iborat? 
Pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining prinsiplariga nimalar 
kiradi.
Avvalo, shuni takidlash joizki “Pedagogika” darsliklari va o‘qitish 
qo‘llanmalarida “Prinsip” so‘zi o‘rniga “Tamoyil” atamasi ishlatiladi. 
Masalan “Tarbiya tamoyillari”, “Ta’lim tamoyillari”, “Talim qonunlari 
va tamoyillari” va h.k. ko‘rinishida. Bizningcha bu maqsadga yaqin 
emas. Tarbiyalash, o‘qitish, o‘rgatish to‘g‘risida borar ekan, e’tibor 


84 
bosh g‘oya, bosh asos yoki talab to‘g‘risidagi ma’noga qaratilmog‘i 
lozim. Shu nuqtai nazardan gap “Pedagogik fanlarni o‘qitish 
metodikasi” tog‘risida borar ekan, bu fanni o‘qitishning asosiy g’oyasi 
nimadan iborat bo‘lishi va qanday talablarga javob berishini ifodalashi 
lozim. Shu ma’noda “tamoyil” o‘rniga “prinsip” so‘zini ishlatmoq 
maqulroq tuyuladi. 
Endi e’tiborni “O‘zbek tilining izohli lug‘atiga bu iboralarga 
berilgan izohlarga qaratamiz. “Prinsip ⌠lot. principium-asos, negiz; 
ibtido⌡
1
. Biror nazariya, ta’limot, dunyoqarash, va sh.k.ning dastlabki 
asosiy qonun qoidasi; faoliyat uchun asos qilib olinadigan bosh g‘oya, 
qonun-qoida”. 
“Tamoyil 
[ar.-tebranish, 
chayqalish; 
o‘zgarib 
turish; 
o‘zgaruvchanlik; moyillik] 1. Mayl, moyillik 2. Biror sohada tartib 
qoida, tusini olgan narsa, tadrijiy yo‘nalish”. 
“Didaktika” o‘quv qo‘llanmasida qayd etilishicha “Prinsip-rahbar 
g‘oya asosiy qoida, xulqqa nisbatan asosiy talab”
2
.
Shuningdek, 
N. 
Saidahmedovning 
“Yangi 
pedagogik 
texnologiyalar” risolasida prinsip tushunchasiga shunday ta’rif 
beradiki; “Prinsip- lotincha “principium” so‘zidanolingan bo‘lib asos, 
dastlabki xolat, boshqaruvchi g‘oya, umumlashtirilgan talab kabi 
ma’nolarni anlatadi”.
3
Demak, gap ta’lim-tarbiya, yoshlarni o‘qitish, ularga ta’lim berish, 
ma’lumotli qilish, shaxs sifatlarini shakllantirish to‘g‘risida borar ekan 
“prinsip” so‘zini qo‘llash fikrimizga aniqroq, dadilliroq bo‘ladi. Chunki 
ta’lim va tarbiya prinsiplari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq 
holda jamiyat ehtiyojlarini qondirishga, talab va vazifalarni bajarishga 
qaratilgan pedagogik hodisadir.
Biz oliy ta’limda pedagogik fanlarni o‘qitish metodikasining 
prinsiplari deganda mazkur fanlarni o‘qitish jarayonlarini tashkil etishi 
va amalga oshirishda o‘quv tarbiya mazmunini, shakllari, metodlarini 
tanlanishini begilaydigan dastlabki holatni, umumiy qoidalarni va 
talablarni tushunamiz.
1
Qarang; o’zbek tilining izohli lug’ati. T.: “O’zbekiston milliy ensiklapediyasi” Davlat ilmiy 
nashriyoti, 2006, 309-bet 
2
Zunnunov A. Mahkamov U. Didaktika: Oliy o‘quv yutrlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma.-
T.; “Sharq”, 2006, 36-bet
3
Saidahmedovning N. Yangi pedagogik texnologiyalar nazariya va amaliyot. –T.: “Moliya” 
nashriyoti, 2003 82-bet. 


85 
Prinsiplarda ta’lim beruvchi va ta’lim o‘rganuvchiga o‘qitish 
jarayonida rioya qilishi lozim bo‘lgan talablar mujassamlashgan. Bu 
masalalar tanlangan o‘quv mavzusining mazmunidan kelib chiqib 
qo‘llaniladigan faoliyatning shakli, yo‘l-yo‘riqlari, vositalarini 
pedagogik jihatdan to‘g‘ri tanlanishini belgilaydi hamda ta’lim-tarbiya 
muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Zero, metodika o‘quv predmetining 
prinsiplari 
ilmiy-amaliy 
dunyoqarashni, ma’naviy-axloqiylikni, 
mazmunli hamda oqilona ehtiyojlarni shakllantirishga yo‘naltirilgan 
faoliyatni nazarda tutadi va yo‘lga qo‘yadi.

Download 3,05 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik fanlar mazmunini tanlab olish tamoyil va

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish