• Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi
  • O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi
  • Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi
  • Milliy va umummadaniy kompetentsiya
  • Mashq daftari
  • Kommunikativ kompetentsiya




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    Kommunikativ kompetentsiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida 
    hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda 
    muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, 
    hamkorlikda 
    jamoada 
    samarali 
    ishlay 
    olish 
    layoqatlarini 
    shakllantirishni nazarda tutadi. 
    Axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi — mediamanbalardan 
    zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, 
    saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini 
    ta’minlashni, 
    media 
    madaniyatga 
    ega 
    bo‘lish 
    layoqatlarini 
    shakllantirishni nazarda tutadi. 
    O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetentsiyasi — doimiy ravishda 
    o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ 
    rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-
    o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil 
    ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil 
    baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni 
    nazarda tutadi. 
    Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi — jamiyatda 
    bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va 
    ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, 
    unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va 
    huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda 
    tutadi. 
    Milliy va umummadaniy kompetentsiya — vatanga sadoqatli, 
    insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga 


    89 
    e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, 
    madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish 
    layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor 
    bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi — aniq hisob-kitoblarga 
    asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza 
    olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy 
    olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini 
    oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika 
    yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda 
    tutadi. 
    Mazkur 
    kompetentsiyalar 
    umumta’lim 
    fanlari 
    orqali 
    o‘quvchilarda shakllantiriladi. 
    Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib 
    chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetentsiyalar ham 
    shakllantiriladi. 
    Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi 
    asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigienik 
    talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, 
    uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining 
    maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning 
    yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab 
    chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov 
    mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri. 
    Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, 
    davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan 
    bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining 
    mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni 
    rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy 
    fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat 
    bo‘lgan didaktik vosita. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish