• Fan-texnika inqilobi
  • Uyga vazifa
  • Fan, texnika – sirli tilsim Fan-texnika taraqqiyoti




    Download 311.93 Kb.
    Sana29.03.2024
    Hajmi311.93 Kb.
    #181028
    Bog'liq
    Fan
    ApplicationFile, 8-sinf algebra test, referatbank-32313, 3-Amaliy mashgulot, 6-Mustaqil ish topshiriqlari, Документ Microsoft Word, TEST6, TEST8., 1-MAVZU. “DAVLAT BYUDJETI” FANIGA KIRISH, Pokiza tadbir bayyonomasi, Язык программирования PYTHON, Философия узб, Xoshimuratov Habibulla Seminar, topografiya, adabiyotlar r

    Fan, texnika – sirli tilsim

    Fan-texnika taraqqiyoti — fan bilan texnikaning oʻzaro bogʻliq, yagona, ilgarilab boruvchi taraqqiyoti; ijtimoiy taraqqiyot asosi. Dastlab fan rivoji bilan texnika taraqqiyoti oʻrtasidagi yaqinlashuv XXVI–XXVIII-asrlarda manufaktura ishlab chiqarishi bilan bogʻliq holda sodir boʻldi. Bungacha moddiy ishlab chiqarish empirik tajribalar, hunarmandlik asosida shakllangan. Teologiya va sxolastika taʼsiridagi tabiat haqidagi ilmiy nazariy bilimlar ham ishlab chiqarishga xech qanday salbiy taʼsir qilmasdan sekinlik bilan rivojlangan.Ilmiy va texnikaviy taraqqiyot inson faoliyatining 2 ta nisbatan mustaqil yoʻnalishi sifatida yuksala boshlagan.
    XXVI asrda savdo-sotiq va yirik manufakturadagi tub oʻzgarishlar bir qancha aniq vazifalarni nazariy va eksperimental hal qilishni talab qildi. Bu davrda fan Uygʻonish davri gʻoyalari taʼsirida sxolastika anʼanalarini parchalab, amaliyotga murojaat qildi. Kompas, porox va kitob nashr qilish ilmiytexnikaviy faoliyatga asos solgan 3 ta yirik kashfiyot boʻldi. Suv tegirmonlarining rivojlanayotgan manufaktura ishlab chiqarishida qoʻllanilishi baʼzi mexanik jarayonlarni nazariy tadqiq etishni talab qildi. Natijada charxpalak gʻildiragi, charxpalak harakati nazariyasi, karshilik va ishqalanish taʼlimotlari yaratildi. Fan bilan texnika yaqinlashuvining 2bosqichi mashina ishlab chiqarishning XXVIII asr oxiridan boshlab taraqqiy etishi bilan bogʻliq boʻlib, bunda fan bilan texnika bir-birining jadal rivojlanishiga taʼsir koʻrsatdi. Bu davrda ilmiy tadqiqot faoliyatida nazariy masalalarni hayotga tatbiq qilishga daʼvat etuvchi fanning maxsus boʻgʻinlari paydo boʻldi: amaliy tadqiqotlar, ishlab chiqarish tadqiqotlari, amaliy konstruktiv ishlanmalar va hokazo. Fan-texnika taraqqiyotining 3-bosqichi fan-texnika inqilobi bilan bogʻliq. Uning taʼsirida texnika taraqqiyotiga qaratilgan ilmiy sohalar kengayadi. Texnik masalalarni hal qilishda biologlar, fiziologlar, psixologlar, mantiqshunoslar ishtirok etadi. Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy-texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi, shuningdek ijtimoiy fanlar yoʻnalishlari, iqtisod va ishlab chiqarishni tashkil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni ilmiy boshqarish, aniq ijtimoiy tadqiqotlar kabilarga bilvosita taʼsir qiladi. Fanning texnikaga nisbatan yetakchilik mavqei yanada yorqin namoyon boʻladi, fan texnikani uzluksiz inqiloblashtiruvchi kuchga aylanadi. Oʻz navbatida, texnika ham fan taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning oldiga yangi talab va vazifalar qoʻyadi. Hozirgi zamon fantexnika inqilobining xarakterli xususiyati uning sanoat bilan birga ijtimoiy hayotning turli sohalari: qishloq xoʻjaligi, transport, aloqa, tibbiyot, taʼlim, maishiy xizmat kabilarni qamrab olganligidadir.
    Fan-texnika inqilobi, ilmiy-texnika inqilobi — ishlab chiqaruvchi kuchlarning tub sifat oʻzgarishlarida fanning asosiy ishlab chiqarish omili boʻlishi. 20-asrning oʻrtasida boshlangan. Fan-texnika inqilobii. mehnatning mazmuni, xarakteri va sharoitini, ishlab chiqaruvchi kuchlar strukturasini, mehnat taqsimotini, jamiyatning professional strukturasini oʻzgartiradi; mehnat unumdorligining oʻsishiga olib keladi; jamiyat hayotining hamma tomonlariga, madaniymaishiy hayotga, inson psixologiyasiga taʼsir koʻrsatadi. Xodimlarning maʼlumot darajasi, malakasi, madaniyati, uyushqokligi va masʼuliyatiga katta talablar qoʻyadi.
    Elektron hisoblash mashinalari Fan-texnika inqilobii.ning ramzi hisoblanib, uning paydo boʻlishi inson funksiyalarini astasekinlik bilan mashinalarga berishga, ishlab chiqarish va boshqaruvni kompleks avtomatlashtirishga olib keldi. Hozirgi davrda Fan-texnika inqilobii. kuyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: fanning bevosita ishlab chikaruvchi kuchga aylanishi; shu bilan bogʻliq ravishda ijtimoiy mehnat taqsimotida yangi davrning boshlanishi; mehnatning xarakteri va mazmunida ijodiy elementlarning kuchayishi; yangi energiya manbalari yordamida sunʼiy materiallarning yaratilishi; axborotning ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi ahamiyatining kuchayishi, ommaviy kommunikatsiya vositalarining misli koʻrilmagan taraqqiyoti; umumiy va maxsus taʼlim hamda madaniyat darajasining oʻsishi; fanlararo oʻzaro bogʻliq murakkab muammolarni kompleks hal qilish, ijtimoiy fanlar rolining ortishi; ijtimoiy taraqqiyotning keskin tezlashishi, planeta miqyosida integratsiyalashuv; ekologik muammoning paydo boʻlishi va u bilan bogʻliq xrlda jamiyattabiat tizimini ilmiy boshkarishning zarurligi.
    Fan-texnika inqilobii. global muammoga aylangan ayrim salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqardi. Bu muammolar (ekologiya, xalqaro terrorizm, demografiya, energiya tanqisligi bilan bogʻliq va boshqalar)ni hal qilish uchun kuchlarni birlashtirish taqozo qilinadi.
    Uyga vazifa: Mavzuni o’rganib kelish

    MMIBDO’: __________________________
    Download 311.93 Kb.




    Download 311.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan, texnika – sirli tilsim Fan-texnika taraqqiyoti

    Download 311.93 Kb.