Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar
hamda topshiriqlar:
1. “Pedagogik tizim” tushunchasiga ta’rif bering.
2. Pedagogik jarayonning alohida asosiy elimentlari nimalardan iborat?
3. Yaxlit pedagogik jarayonning ichki qonuniyatlarini izohlang.
4. Yaxlit pedagogik jarayonni optimallashtirish va uning asosiy
shartlari nimalardan iborat.
5. O‘qitish va o‘qish jarayonlarni tavsilang.
6. Oquvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi haqida ma’lumot
bering.
7. Optimallashtirish nima?
8. Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlarini tushuntiring.
74
5-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISH
MAZMUNI
Tayanch so‘zlar: ta’lim mazmuni, bilim,ko‘nikma,
malaka, ko‘p predmetlilik, texnokratik yo‘nalishi,
insonparvarlashtirish, integratsiya, standartlashtirish,
ko‘p
bosqichlilik,
axborotlashtirish,
individuallashtirish,
ketma-ketlik,
davlat ta’lim
standartlari, o‘quv reja, dastur, darslik.
5.1.Ta’im nazariya (konsepsiya)lari mazmuni
Ta’lim mazmuni- inson o‘qitish jarayonida egallashi lozim
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va xarakteri.
1
Ta’lim mazmuni deganda ta’lim jarayonida o‘quvchilar
o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ilmiy bilimlar tizimini, amaliy ko‘nikma va
malakalarni hamda dunyoqarash va axloqiy-estetik g‘oyalarni
tushunamiz - deb ta’kidlaydi I.F.Xarlamov.
Ta’lim mazmuni―yoshlarni ma’lumotli qilish, taraqqiy ettirish,
tarbiyalash maqsadida ma’lumot mazmunidan tanlanib, ta’lim
jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma-malaka, faoliyat usullari
hamda tabiat, jamiyat va tafakkur hodisalarini emotsional baholashga
doir munosabatlardir degan qarashlarni O.Roziqov, B.Adizovlar ilgari
suradilar.
An’anaviy pedagogikada formal va moddiy ta’lim nazariyasi keng
tanilgan. Bu nazariyalarning mohiyati nima va o‘rta ta’lim mazmuniga
qanday ta’sir etadi.
Formal ta’lim nazariyasiga Djon Lokk (XVII asr), Pestalotstsi,
Kant va Gerbart (XVIII-XIX asrlar) asos solganlar. XVIII asrning
oxirlarida didaktik formalizm nazariyasi (konsepsiyasi) vujudga keldi
(bu nom E.SHmit va A.A.Nemeyerning “Prinsipi vospitaniya i
obucheniya” asarida tilga olinadi). Konsepsiya tarafdorlari ta’limni
o‘quvchilarning itidori va qiziqishlarini rivojlantiruvchi vositasi
sifatida e’tirof etadilar. Keyinchalik bu ta’limot formal ta’lim
nazariyasi sifatida shakllantirildi. Didaktik formalizm tarafdorlarining
asosiy g‘oyasi qadimiy olim Geraklit tomonidan aytilgan (ko‘p bilim
aqlni kuchaytirmaydi) fikrlariga asoslanadi. Keyinchalik bu g‘oyani
I.Kant va I.G.Pestalotstsilar rivojlantirishdi. Ular o‘qitishning asosli
1
Ж.Ҳасанбоев, Х.Тўрақулов, М.Ҳайдаров, О.Ҳасанбоева, Н.Усманов. Педагогика фанидан изоҳли луғат.
Т.: “Фан ва технология”, 2009, 464-бет
75
maqsadi,
eng
avvalo,
o‘quvchining iqtidorini rivojlantirish,
o‘quvchining to‘g‘ri tafakkur yuritishini kuchaytirish bo‘lishi shart deb
hisoblaydilar.
Ushbu nazariya tarafdorlari falsafiy ratsionalizm (lotinchada
«rationalts» - aqlli)ga tayanadilar va bilim manbai aqldir, bilim faqat
aqlning mustaqilligida tug‘iladi, shu bois ta’lim o‘quvchilarning
ma’lum bilimlarni egallab olishlari emas, balki ularning aqlini o‘stirish,
ya’ni, analiz, sintez, mantiqiy fikrlash layoqatlarini rivojlantirish kabi
vazifani hal etishi zarur deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, fikrlashni
rivojlantirish vositasi tillar, ayniqsa, qadimiy yunon va lotin
tili, shuningdek, matematikani o‘rganish lozim. Formal ta’lim
elementlaridan hozirgi kunda ham foydalaniladi. Angliyadagi
grammatik maktablarda ushbu nazariya g‘oyalari asosida ish ko‘riladi.
XVII asr oxiri – XIX asr boshlarida moddiy ta’lim nazariyasi jadal
rivojladi. Nazariyaning paydo bo‘lishiga sanoat va uning ilmiy-texnik
asoslari rivojlanishi asos bo‘lib xizmat qildi. Binobarin, sanoatning
jadal rivojlanishi tabiiy fan, texnik va amaliy tayyorgarlikka ega
bo‘lgan odamlarni tayyorlash masalasini kun tartibiga olib chiqdi.
Pedagogi-psixologik
tarixida
bu
nazariya
(konsepsiya) didaktik materializm nazariyasi sifatida ham mashhurdir.
Ushbu nazariya tarafdorlari (ularni “entsiklopedistlar” deb ham
ataganlar), xususan, ingliz shoiri va tarixchisi Dj.Milton, nemis
pedagogi N.B.Besedovlar maktabning asosiy maqsadi o‘quvchilarga
bilimlar berish deb hisoblaganlar hamda o‘zlari o‘qitadigan fanga iloji
boricha ko‘proq materiallarni kiritishga intilganlar. Maktab ta’limi
mazmunini shakllantirishga bunday yondoshishning samarasi kam
bo‘lib chiqdi, chunki o‘quvchilarga juda ko‘p axborotlar beriladi.
Natijada axborotlar qisman va yuzaki o‘zlashtiriladi.
Bu nazariyaning boshqa tarafdorlari empirizm g‘oyalarini ilgari
suradilar (lotincha “empiria” - tajriba). Faylasuf-empiristlar, xususan
ingliz faylasufi G.Spenser (1820-1903 yillar) bilish tajriba chegarasidan
chiqa olmaydi va bilim manbai faqat tajriba hisoblanadi, deya
ta’kidlaydilar. Bundan quyidagi pedagogik xulosalar chihariladi:
o‘quvchilarni asosan tabiiy-ilmiy bilimlar bilan qurollantirish kerak,
ta’lim materiallarini tanlash uchun esa hayotga, kelajakda
o‘quvchilarning amaliy faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarga
murojaat qilish kerak. Moddiy ta’lim nazariyasi real yo‘nalish deb
ataluvchi maktab ta’limi asosini tashkil etadi. Masalan, XIX asr oxirlari
76
XX asr boshlarida Rossiya, va Turkistonda real gimnaziya va real bilim
yurtlarida o‘qitish qadimgi va g‘arbiy YEvropa tillarini o‘rganishga
emas, balki tabiiy-ilmiy fanlar (matematika, fizika, ximiya va
boshqalar) hamda amaliy xususiyatli fanlarni o‘zlashtirishga
asoslangan.
Formal va moddiy ta’lim nazariyalarini K.D.Ushinskiy va
A.Avloniylar juda asosli tanqid qiladilar. K.D.Ushinskiy bilimlarni
o‘zlashtirishdan uzoq bo‘lgan formal deb ataluvchi rivojlanish o‘ylab
topilgan yolg‘on deb aytadi. Har bir fan biror-bir boshqa narsa bilan
emas, odamni o‘zining mazmuni bilan rivojlantirishini ta’kidlaydi.
SHunday ekan, maktab faqatgina rivojlantiribgina qolmay, balki
ularning keyingi faoliyatlarida foydali bo‘ladigan bilimlarni ham
berishi kerak. O‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy ham (1878-1934
yillar) ana shunday fikrni bildirgan. U o‘zining “Turkiy guliston yohud
axloq” nomli asarida “... bilim bizning aqlimizni va bizninng
xotiramizni qilich kabi o‘tkir qiladi. Bilim, fanni egallash taraqqiyot
yo‘lida bizning ilgari qadam tashlashimiz shartidir.... Bilimsiz odam bu
mevasiz daraxtga o‘xshaydi” deb yozadi. Shu bilan bir vaqtda
A.Avloniy fanni o‘zlashtirishga faqatgina xayoliy amaliyoti uchun
utilitar (foydali) yaroqliligi nuqtai nazaridan yondoshish mumkin emas
deb hisoblaydi. U hayot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan
bilimlar ham bor va ular amaliy bilimlardan kam bo‘lmagan
ahamiyatga ega deb hisoblaydi. Misol uchun qadimgi tarixdan amaliy
faoliyatda foydalanib bo‘lmaydi, lekin uni o‘rganish kerak va
foydalidir:
uni
(tarixni)
bilish
o‘quvchvilarning bilimlarini
kengaytiradi, dunyoharashni shakllantiradi.
XX asr boshlarida chet el va ayniqsa amerika pedagogi-
psixologiksida
maktab
ta’limi
masalalari
bo‘yicha pragmatik (yunoncha «pragma» – harakat, amaliyot) g‘oyasi
keng tarqaldi. Pedagogi-psixologikda mashhur pragmatizm tarafdori
Djon Dyun (1869-1952 yillar) maktab ta’limining o‘z konsepsiyasini
yaratishga ko‘p urindi. Bu yo‘nalishlar vakillari (Dj.Dyun,
G.Kershenshteyner) o‘qitish bu o‘quvchining “tajribasini qayta tashkil
etish” uzluksiz jarayoni deb hisoblaydilar.
O‘qitishni Dyun kundalik hayotdan olingan amaliy masalalarni hal
etishga oid bolalar faoliyatini tashkil etish sifatida tushunadi. Bu
nazariyaning asosiy boshlang‘ich qoidalari quyidagilardan iborat deb
hisoblangan: “Oldindan tuzilgan o‘quv kurslari kerak emas”, “O‘qitish
77
materiallarini bolaning tajribasidan olish kerak”, “Bola o‘qitishning
sifati kabi miqdorini ham belgilashi kerak”, “Bajarish yordamida
o‘qitish – maktabda asosiy metod”. SHunday qilib, Dyun maktabda
ta’lim va alohida fanlar aniq belgilangan mazmuni zarurligini rad etadi,
ilmiy ta’limni tan olmaydi va o‘qishni tor hamda o‘quvchilarning
qiziqishlariga asoslangan praktitsizmidan iborat hisoblaydi.
Mazkur nazariya asosida uning izdoshi Uilyam Kilpatrik 20-
yillarda “o‘qitishning loyihali tizimi” (yoki loyihalar metodi)ni ishlab
chiqdi, uning mazmuni o‘z qiziqishlaridan kelib chiqib bolalar
o‘qituvchi bilan birga qandaydir amaliy masalaning yechimini
loyihalashtirishlaridan iborat. Misol uchun, o‘yinchoq uychaning
qurilishi amaliy faoliyatga kiritiladi va uning davomida til, matematika,
boshqa fanlari bo‘yicha u yoki bu ma’lumotlarni bilib oladilar. Bu
nazariya
ommaviy
maktabda
ta’lim
darajasini
pasaytirishi
mumkinligini tushunish qiyin emas.
Amerikalik pedagoglar I.Adler, Dj.Brunner va boshqalar Dyun
nazariyasi amerika maktablari rivojlanishini ortga tortganini aytadilar
va ta’limni modernizatsiyalashtirish hamda takomillashtirish yo‘llarini
izlaydilar.
Ko‘plab pedagoglar - A.Disterveg, K.D.Ushinskiy, M.Behbudiy va
A.Avloniylar maktab ta’limiga taalluqli ko‘plab qimmatli g‘oyalarni
ilgari surganlar. Ular xalq maktablari, yangi usulli maktabda ta’lim
darajasini oshirish, tabiiy-ilmiy fanlar va gumanitar fanlar birligi
tarafdori edilar.
Bugungi
kunda
turli
ta’lim
konsepsiyalari
mavjud.
Konsepsiyalardan biri ta’lim mazmunini ta’lim muassasalarida
o‘rganiladigan fanning pedagogik moslashtirilgan asoslari sifatida
talqin qiladilar. Bu yerda shaxsning ijodga qobiliyati, erkin tanlashni
amalga oshira bilishi, odamlarga haqqoniy munosabatlarda bo‘lishi
kabi sifatlari chetda qolib ketadi. Ushbu yondoshish o‘quvchilarni fan
va ishlab chiharishga jalb etishga haratilgan, lekin demokratik
jamiyatda mustaqil hayotga yo‘naltirishga emas. Amalda odam bu
yerda ishlab chiharish omili sifatida ishtirok etadi (avtoritarizm).
Boshqa bir konsepsiya ta’lim mazmunini o‘quvchi o‘zlashtirishi
kerak bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui sifatida haraydi.
Bu konsepsiya mualliflari bilim va malakalarni egallab olish odamga
zamonaviy jamiyatda mos ravishda hayot kechirishga imkon beradi deb
hisoblaydilar. Odamdan faqatgina u bilishi va bajara olishini talab etish
78
yetarli. Bunday holatda ta’limga talablar ham quyidagicha bo‘ladi:
o‘sib kelayotgan avlodga ona tili. matematika, fizika va boshqa fanlar
bo‘yicha bilim va malakalar berish zarur.
Milliy umumiy o‘rta ta’lim maktabi hozirgi zamon sharoitlarida
rivojlanishi uchun bu yetarli emas. Jamiyatning o‘quvchilardan faqat
ma’lum o‘quv fanlari mazmunini emas, balki ularda iroda kuchi, o‘z
harakatlari uchun, jamiyat va mamlakat taqdiri uchun mas’uliyatli,
atrof-muhitni himoya qilish; millatchilik va diniy aqidaparastlikka yo‘l
qo‘ymaslik va shu kabi sifatlarni rivojlantirishni talab etadi.
Rossiya ta’lim akademiyasi haqiqiy a’zosi V.V.Krayevskiy
tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada qayd etilishicha, ta’limning
asosiy ijtimoiy vazifasi ajdodlar tomonidan to‘plagan tajribalarni
avlodlvrga uzatish hisoblanadi.
Mazkur konsepsiya mazmunida ta’lim mazmuni quyidagi to‘rtta
tashkiliy elementlardan iborat bo‘ladi:
- idrok etish faoliyatini amalga oshirish usullari qayd etilgan
shaklidagi idrok etish faoliyati (bilimlar);
- amaliy faoliyatni amalga oshirish usullari shaklida qayd
etilgan amaliy faoliyat tajribasi (ko‘nikma va malakalar);
- muammoli vaziyatlar, nostandart vaziyatlarda yangi masalalarni
hal etish shaklida (ijodiy faoliyat tajribasi);
- atrof-muhitga, bir-biriga, emotsional qadriyatli munosabatlar
tajribasi, ya’ni, emotsional, axloqiy, estetik tarbiyalash.
Mazkur elementlar o‘zaro bog‘liq va bir-biriga asoslangandir.
Mamlakalar bilimlarsiz bo‘lishi mumkin emas. Odamning ijodiy
faoliyati bilimlar va ko‘nikmalar mazmunli ma’lum materialida amalga
oshiriladi.
Ma’naviy-axloqiy
tarbiyalilik
odam
yashaydigan
jamiyatining xulq ko‘nikma va malakalarini egallab olganligini ko‘zda
tutadi. Ijtimoiy tajribaning bu elementlarini o‘zlashtirish odamga
jamiyatda muvaffaqiyatli yashash, yaxshi bajaruvchi bo‘lish bilan birga
mustaqil harakat qilish, jamiyatni o‘zgartira olish, ijtimoiy taraqqiyotga
o‘z hissasini qo‘sha olishga imkon beradi. SHuning uchun umumiy
o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi birinchi navbatda, hayotga
tayyorlaydi, ikkinchidan, inson ushbu tartibga o‘z hissasini qo‘shish,
xatto
uni
qayta
tuzishga
ham
qodir
bo‘ladi.
Akademik
V.V.Krayevskiyning konsepsiyasi o‘qituvchini o‘quvchilar ongida
umuminsoniy va milliy qadriyatlar tizimi, odamlarga insonparvarlik
79
munosabatini shakllantirish, erkin fikrlovchi, barkamol rivojlangan
shaxsni shakllantirishga haratilgan maxsus faoliyatga yo‘naltiradi.
|