O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi. 
Ta’lim muassasasi (umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb —hunar, oliy 
ta’lim muassasalari)da tashkil etiluvchi ta’lim jarayonida o‘quvchining 
faoliyati o‘qituvchi rahbarligi ostida kechadi. 


67 
O‘qituvchi faoliyatining vazifasn o‘quvchilarning ijtimoiy borliqni 
ongli va faol idrok etishga yo‘naltirilgan faoliyatlarini boshqariihan 
iboratdir. 
Ta’lim jarayonini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat: 
1) loyihalashtirish; 
2) rejalashtarish: 
2) tashkil etish: 
3) boshqarish (rag‘batlantirish); 
4) nazorat; 
5) natijalarni baholash va tahlil qilish. 
O‘qituvchi faoliyatini rejalashtirish bosqichi kalendar —tematik 
yoki darslar rejalarini tuzish bilan yakunlanadi. 
Rejalar, reja —konspektlar yoki konspektlarni tuzish uchun uzoq, 
jiddiy 
ishlash 
kerak 
bo‘ladi. 
O‘qituvchi 
o‘quvchilarning 
tayyorgarliklari darajasi, ularning o‘quv imkoniyatlari, moddiy baza 
holati, shaxsiy (kasbiy) imkoniyatlarini o‘rganib chiqishi, o‘quv 
materiali mazmunini tanlab olishi, dare olib borish shakli va metodini 
o‘ylab chiqishi kerak bo‘ladi. 
O‘quvchilar faoliyatini tashkil etish o‘quvchilar oldiga o‘quv 
masalalarini qo‘yishni va uni bajarish uchun imkoniyatlar yaratishdan 
iborat bo‘ladi. 
 
4.4. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi 
O‘quvchilar o‘quv idrok etish faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib 
olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur 
etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi 
zarur: idrok etish. o‘quv materialini anglab etish. mustahkamlash. 
amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash. 
Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan 
ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni 
bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. Shuning uchun birinchi navbatda 
o‘quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani 
qo‘yish)ni tushuntirib berish kerak. Shu asosida o‘quv materiali bilan 
dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy 
predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo‘lgan tajribalarni 
o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va 
voqealarni, predmetlarni o‘rganish haqida etarlicha tasavurga ega 
bo‘lganida va o‘quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi. 


68 
Ikkinchi bosqich — o‘quv materialini anglab etish. U 
ma’lumotlaming nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan 
iborat. Bunda asosiy mazmunni to‘ish, tushunchani ajratib olish, 
ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialining 
xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to‘plamini 
o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o‘rtasidagi tizimlilik 
muhim ahamiyatga ega. Unda o‘quvchi eng asosiy ikkinchi darajali 
hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko‘rsatsin. 
O‘quvchi o‘quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi 
tizimni tushunib etsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi. 
Uchinchi bosqich — eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich 
o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. 
Unda idrok etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va 
ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, 
qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar 
to‘shiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular 
matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida 
va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin. Bosqich 
yakunida o‘quvqhilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan 
mashqlarni bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda 
foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv malakalari va ko‘nikmalari 
shakllantirilgan bo‘ladi. 
To‘rtinchi bosqich bilim. ko‘nikma va malakalarni amaliy 
faoliyatda 
faollashdan 
iborat 
bo‘ladi. 
Bilimlarini 
qo‘llash 
o‘rganilayotgan materialning mazmuniy xususiyatiga qarab, faoliyat 
turli shakllari va - ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv 
mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab er 
maydonidagi ishlar bo‘lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish 
bosqichlari sxematik ko‘rinishi quyidagichadir: 

Download 3,05 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘qituvchi faoliyatining vazifasi va tuzilishi

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish