O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

4.3. O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida 
ularning o‘zaro bog‘liqligi. 
Didaktikaning bahs mavzusi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini
ularning 
vazifalarini, 
ular 
o‘rtasidagi munosabatlarni o‘quv 
jarayonining ishtirokchilari sifatida qarab chiqish hisoblanadi. 
O‘qitish jarayonining mohiyati bilish jarayonining qarama-
qarshiligidadir. 
O‘qitish jarayoni deganda o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va 
malakalar bilan qurollantirishga, ularning rivojlanishi va tarbiyasiga 
qaratilgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun o‘qituvchi va 
o‘quvchilarnnng birgalikdagi murakkab mehnati jarayoni tushuniladi. 
Bilish nazariyasining birligi to‘g‘risidagi qoidaga amal qilgan 
tadqiqotchilar shuni tasdiqlab berdilarki, ta’lim jarayoni bilish 
jarayonining o‘ziga xos sharoitda sodir bo‘ladigan turli-tuman 
faoliyatlar ko‘rinishidir. 
O‘quv jarayonida yangilik yaratish, ixtiro qilish talab qilinmaydi, 
balki tayyor bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu 
jarayon zamirida olimlar tomonidan uzoq yillar davomida olib borilgan 
tadqiqotlar natijalarini tezkor bilish jarayoni yotadi. Bilimlarning juda 
ko‘plab ko‘rinishlari o‘quvchilar tomonidan, bevosita o‘rganilmaydi, 
balki o‘qituvchi yordamida tezkor bilish yo‘llaridan foydalangan holda 
amalga oshiriladi. 
Haqiqatga 
etishish 
o‘ta murakkab dialektik jarayondir. 
Dialektikasiz bilishning o‘zi, uning rivojlanishi bo‘lmaydi. Bilishda 
jarayonlarning bog‘liqligi, Ya’ni ichki butunlik va ular elementlarining 
o‘zaro bog‘liqligi mavjud. 


66 
Lekin bilish dialektikasining mohiyati, eng avvalo, uning ichki 
qarama-qarshiligidadir. Dunyodagi barcha jarayonlar bilish shartlarida, 
ularning 
ichki 
harakatida, 
o‘z-o‘zining harakatida, barcha 
ziddiyatlarning 
o‘zaro 
bog‘liqligidadir. 
Shuningdek, 
bilish 
o‘zgaruvchanlikda, rivojlanishda, uzluksizlikda, sakrovchan, doimo bir 
ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tib turishda namoyon bo‘ladi. 
O‘qitish jarayonini harakatlantiruvchi asosiy qarama-qarshiliklar 
doimiy murakkablashib, qiyinlashib borayotgan talablar bilan 
o‘quvchilar imkoniyatlari (bilim darajasi, rivojlanganligi, motivlar, 
usullarni egallash darajasi) o‘rtasidagi ziddiyatlardir. Bu qarama-
qarshilik o‘zini mazmun (bilim, ko‘nikma)da, qo‘zg‘atuvchi usullar va 
operatsiyalar (bilish usullari)da namoyon etadi. 
Bu qarama-qarshiliklar quyidagilardir: 
1. O‘quvchilarning oldingi bilimlari darajasi bilan yangi bilimlar 
o‘rtasidagi; 
2. Bilimlar bilan uni qo‘llash o‘rtasidagi; 
3. Yangi qo‘yilayotgan talablar bilan oldin o‘quvchilarda mavjud 
bo‘lgan bilish va o‘qitishga munosabat o‘rtasidagi; 
4. Yangi bilish vazifalarini hal etish uchun ilgari surilayotgan 
metodlar bilan oldin egallangan bilish usullari, yo‘llari o‘rtasidagi 
ziddiyatlar. 
Har qanday bilish amaliy jarayonda ro‘y beradi, chunki amaliyot 
nazariy bilishdan yuqoridir, ya’ni u faqat umumiylik qiymatiga ega 
bo‘libgina qolmay, balki bevosita voqelik qiymatiga ham egadir. Jonli 
muloqotdan abstrakt tafakkurga va undan amaliyotga - haqiqatni 
bilishning, obektiv reallikni bilishning dialektik yo‘li mana shu. 
Sezish ongning tashqi dunyo bilan bevosita bog‘lanishidir, tashqi 
ta’sir energiyasining ong faktiga aylanish jarayonidir. 
Idrok voqelikdagi mavjud narsa va hodisalarning inson ongida 
yaxlit holicha aks etishidir. 
Tasavvur sezgi va idrok qoldirgan iz bo‘lib, u bosh miya 
po‘stlog‘ining plastikligi tufayli odam ongida uzoq vaqt saqlanib 
qoladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘qitish va o‘qish jarayonlari tavsifi, o‘quv jarayonida

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish