82
Ko‘p bosqichlilik – bu ta’limning har bir bosqichida o‘quvchining
imkoniyat va qiziqishlari darajasiga javob bera oladigan bilim
darajasiga erishish imkonini beruvchi ko‘p bosqichli ta’lim jarayonini
tashkil etishdan iborat. Turli bosqichlarning har birida o‘qitishning
yakuniy holati ta’limning sifatli yakunlanganligi hisoblanadi.
Fundamentallashtirish
– shaxs (o‘quvchi)ni ijtimoiy faoliyatiga
nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashni kuchaytirish. Bu yerda maktab
bo‘lsa ham, litsey, kollej yoki oliy o‘quv yurtining ta’lim tizimi, o‘quv
rejasi, barcha fanlar bo‘yicha ilmiy-nazariy bilimlarni chuqur va tizimli
o‘zlashtirishga alohida ahamiyat beriladi.
Ta’limni axborotlashtirish o‘quvchilarni
o‘qitish
jarayonida
hisoblash texnikasi va axborot texnologiyalaridan ommaviy va keng
foydalanish bilan bog‘liq bo‘ladi. Ta’limni axborotlashtirish oxirgi o‘n
yillikda keng tarqaldi, buning boisi shuki, zamonaviy video-
radiotexnika va kompyuterlarning ta’lim tizimida qo‘llanilishi mumkin
bo‘lganligi hamda foydalanish nisbatan oddiyligidir.
Individuallashtirish ta’lim-tarbiya
jarayonida
o‘quvchi
va
o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning hamma turlaridan
foydalangan holda ularning individual xususiyatlarini hisobga olish va
rivojlantirish demakdir.
Uzluksizlik jamiyat hayotining tez o‘zgarib borishi odamni doimiy
ravishda ta’lim olish (mustaqil ta’lim olish)ga undovchi jarayon
mohiyatini anglatadi.