Fan dasturlarining mazmuni va tarkibi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

Fan dasturlarining mazmuni va tarkibi. Fan dasturi ta’lim 
jarayonining muhim me’yoriy-uslubiy xujjati bo‘lib, unda o‘quv 
materiallar ma’ruza, seminar, kollokvium, amaliy va laboratoriya 
mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari shaklida 
mantiqiy ketma-ketliklikda joriy etilishi, fanni o‘qitishda zarur hollarda 
kurs loyihasi, kurs ishi, mustaqil ish, chizma-hisob, ijodiy, laboratoriya 
va boshqa ishlar ularga ajratilgan vaqt me’yorlariga mosligini 
ta’minlagan holda qo‘llanilishi ko‘zda tutiladi. 
Fan dasturi quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir: 
– fan dasturining titul varag‘i va uning sirt tarafidagi ma’lumotlar; 
– o‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’lim dasturidagi o‘rni; 
– o‘quv fanining maqsadi va vazifasi;
– asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari); 
– amaliyot, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha 
ko‘rsatma va tavsiyalar; 
– mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar; 
– o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari; 


92 
– asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot 
manbaalari. 
Darslik – DTS, o‘quv dasturi, uslubiyati va didaktik talablari 
asosida belgilangan, milliy mafkura g‘oyalari singidirilgan, muayyan 
o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, tegishli fan asoslarini 
mukammal o‘zlashtirishga qaratilgan hamda turdosh ta’lim 
yo‘nalishlarida foydalanish imkoniyatlari hisobga olingan nashr. 
Darslikni bu pedagogik tizimning axborotli modeli deb atash 
mumkin. Bunga sabab har bir o‘qituvchi darslikda ta’lim oluvchilar 
bajarilishi kerak bo‘lgan o‘quv jarayonining ma’lum bosqichlari 
ko‘rsatilgan bo‘lib, ta’lim oluvchilar uchun mavzularni o‘qib, undagi 
topshiriqlarni ma’lum harakatlar ko‘rinishida bajarishadi: tekshiradi, 
echadi, javob beradi va h.k. Bu harakatlar darslik matnlarida ochiq yoki 
yashirin shaklda berilishi mumkin. 
Demak, darslik bu – muayyan o‘quv predmeti mazmunini o‘quv 
dasturida ko‘satilgan hajmda, didaktik talablarga muvofiq ravishda 
batafsil bayon qilingan kitob bo‘lib, uning xarakterli xususiyati 
darslik mazmunining o‘quv dasturi mazmuniga mos kelishidir. 
Darslikdagi material bo‘limlar bo‘yicha taqsimlanadi. Har bir 
mavzu, muayyan bob, uning tarkibida bo‘lgan bandlar asosida ochib 
beriladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish