Pedagogik fanlarni o‘qitish vositalari va ularning tasnifi




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/173
Sana25.01.2024
Hajmi3,05 Mb.
#145553
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173
Bog'liq
12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

6.4.Pedagogik fanlarni o‘qitish vositalari va ularning tasnifi 
Ta’lim va tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan sinf taxtasi va bo‘rdan 
tortib, elektron hisoblash mashinalarigacha bo‘lgan, o‘quvchi-
talabalarga ma’lumotlarni chuqur anglashga yordam berishga 


113 
yo‘naltirilgan materiallar o‘qitish vositalarini anglatadi. B.Q.Xo‘jayev
1
ularni quyidagicha tasniflangan: 
Ko‘rib turganimizdek bu materiallar turlicha bo‘lib, avvalo, 
ularning o‘ziga xos xususiyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘rni 
bo‘yicha farqlash lozim. O‘qitishning didaktik vositalari yangi 
ma’lumotlarni o‘qituvchi tomonidan bayon qilish, o‘quvchilar 
tomonidan esa o‘zlashtirishning eng qulay manbai hisoblanadi. 
Didaktika fanida o‘qitish metodlari va o‘qitish vositalarining 
o‘zaro bog‘ligi, biri birisiz mavjud bo‘lolmasligi va ko‘zlangan 
maqsadga erishishning qiyin bo‘lishi qayd etib o‘tiladi. Chunki, o‘qitish 
metodlari, o‘quvchi-talaba erishmoqchi bo‘lgan fan cho‘qqisiga 
ko‘tarilishining yo‘li bo‘lsa, o‘qitish vositalari mana shu yo‘lda 
o‘quvchi va o‘qituvchiga suyanchiq bo‘ladigan, yo‘lni shamchiroq 
singari yoritadigan «kompas», «xarita» sifatida ishtirok etadigan qurol 
hisoblanadi. Mabodo shu qurol bo‘lmasa, yoki o‘tmas, ishga yaroqsiz 
1
Xo`jayev B.Q. Didaktik vositalar majmui. –Buxoro. 2017.
Videofilmlar
Tiniq rangli bo`lmagan 
Yarim tiniqlikda 
bo`lgan 
Yassim 
turg`un 
Keng hajmli 
harakat 
Turg`unlik
da bo`lgan
Serharakatl
i
Darsliklar, 
albomlar, 
foto rasmlar 
Eksprimenta
l namoyishi 
Tayor
Chizm

Kinodan 
lavhalar
Diafilmlar 
Kod 
asboblari
Diopozitivla
r
Epiproyektorl
arva
O‘TV 
O‘TV va 
video 
D
iaproyektorlar
Grafproyektorlar 
Kinoproyektorlar
Didaktik materiallar 


114 
bo‘lib qolgan bo‘lsa unda muddaoga erishish qiyin kechadi. Shuning 
uchun ta’lim-tarbiyada o‘qitish vositalari aniq maqsadga yo‘naltirilgan 
hodisadir. Ma’lumki, tabiat hodisalari, jamiyatda ro‘y beradigan 
voqealar inson ongi orqali o‘zlashtirilganda odam va tabiat, jamiyat 
o‘rtasida qandaydir aloqa o‘rnatiladi. Mana shu aloqa rolini ta’limda 
o‘qitishning didaktik vositalari bajaradi. Shunga asosan o‘qish, o‘qitish 
jarayonini «inson–o‘qitish vositalari –muhit (obyekt)» kontekstida 
izohlash pedagogikada qabul qilingan. O‘quv-tarbiya jarayonida bu 
vositalardan 
keng 
foydalanish 
o‘qitishning mukammalligini, 
ishonchliligini kuchaytirib, o‘rganuvchilarning obyekt voqealarini 
tushunib etishini oshiradi va bilim sifatini yaxshilaydi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   173




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik fanlarni o‘qitish vositalari va ularning tasnifi

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish