112
rejalashtirilgan voqea bo‘yicha tajriba o‘tkazish tavsiya etiladi. Shu
vaziyat yordamida nazariy ma’lumotlarni tajribada sinab, amaliy
ko‘nikmaga ega bo‘linadi. Laboratoriya
metodidan foydalanilganda,
laboratoriya mashg‘uloti mavzusi, uning mazmuni, foydalanadigan
adabiyotlar talabalarga
oldindan tavsiya qilinadi, uni bajarish uchun
ko‘rsatmalar beriladi.
Manbalar bilan ishlash metodi. Ma’lumki, nazariy mashg‘ulotlar
jarayonida, barcha axborotlar, ma’lumotlarni
talaba xotirasida saqlab
qolmaydi va esda saqlashi ham qiyin. Shuning uchun talabaga nazariy
bilimlar bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar tavsiya etiladi.
Mazkur tavsiya bo‘yicha talabalar nazariy mavzuda ko‘zda tutilgan
masalalarni mustaqil o‘rganadilar. Buning uchun talaba mavzu
bo‘yicha fundamental hodisalarni saqlab qolgan bo‘lmasalar va
mustaqil ish jarayonida bu xolatlarni yangi ma’lumotlar
bilan
to‘ldirishlari lozim. Asosiy adabiyotlar va qo‘shimcha adabiyotlardan
turlangan axborotlarni quyidagicha guruhlash mumkin; mustaqil
egallangan
yangi
bilimlar,
bilimlarni
mustahkamlash
va
to‘ldirishbilimlarni amalda qo‘llashga tayyorlanish.
Talabalar topshirilgan vazifaga qarab, manbalar bilan ishlashda
quyidagicha yo‘l tutishi mumkin; a) manbalardan eng muhim va kerakli
ma’lumotlarni yozib olish; b) tuzilgan reja bo‘yicha konspekt tuzish; v)
kerak bo‘lgan qo‘llash uchun muhim belgilar
shaklida bir yoki bir
necha manbalar bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bayon etish; g)
ananaviy (mavzuning qisqa mazmuni) yozish, yangi mavzuning
mazmuniga qisqa ta’rif berish vaho kazo. Bu ishlarni bajarish uchun
pedagog talabaga ko‘rsatma berishi va mavzu
rejasini tavsiya qilishi
mumkin.
Talaba o‘qishi va kelgusida yaxshi mutaxasis bolishni istasa,
albatta manbalar bilan ishlash malakasiga ega bo‘lish lozim. Chunki,
bu uning butun hayoti va faoliyatida asqotadi.