106
Pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’lim metodlarini optimal
tanlash
Faoliyat ko‘rinishi
O‘qituvchi foliyati
Metodlar
O‘quv materialini og‘zaki
bayon etish metodlari
Ko‘rgazmalilik metodlari
Pedagogik fanlarni
o‘qitishda
qanday
vazifalar
qo‘yilsa
ushbu
metodni
qo‘llash mumkin
Pedagogika
ilmiga
oid
ma’lumotlarni avval, nazariy
bilimlar
tarzida,
so‘ngra
amaliy
ko‘nikma
va
malahalarni
egallashga
zaruriyat yoki ehtiyoj tug‘iladi
Pedagogik
fanlarni
o‘qitishda
pedagogik xodimlarni sinchkovlik
bilan
kuzatish
va
diqqatni
o‘rganilayotgan obektga qaratish
masalasini shakllantirish
Pedagogik fanlarni
o‘qitishda
o‘quv
materiali mazmuni
qanday bo‘lganda bu
metod samara beradi
Pedagogika nazariyasiga oid
o‘quv materiallarining hajmi
katta
bo‘lib,
uni
qisqa
muddatda
o‘zlashtirish
imkoniyati
bo‘lmasa,
murakkablik
tomoni
katta
bo‘ladi
O‘quv ma’lumotlari mazmunini
ko‘rgazmali bayon etish ehtiyoji
tug‘ilsa
va
o‘quv materialini
ko‘rgazmasiz tushuntirish murakkab
bo‘lsa
Talabalar
qanday
holatda
bo‘lsa,
pedagogik fanlarni
o‘qitishda
bu
metodni
qo‘llash
effekti bo‘ladi
Talabalarni
pedagogik
tushunchalar,
qonuniyatlar,
qoidalarni,
ta’lim
tarbiya
nazariyasi, pedagogika tarixi
materiallarini
mustaqilo‘zlashtirishga
qiynalsa
Pedagogik
fanlarni
o‘qitishda
foydalanilayotganko‘rgazmali
namoyish, talaba o‘zlashtirishiga,
kuchiga mos bo‘lsa
Pedagogika fanlari
o‘qituvchisi qanday
imkoniyatlarga ega
bo‘lsa, bu metodni
qo‘llash
samarali
bo‘ladi
Pedagogika
fanlario‘qituvchisi
og‘zaki
bayon
qilish
metodlarini
to‘g‘ri va aniq qo‘llay olish
imkoniyatiga ega bo‘lib, bu
metodlardan
optimal
foydalana olsa
Prdagogika
fanlaridan
yetarli
miqdorda o‘rganilayotgan mavzu
bo‘yicha ko‘rgazmali materiallar
bo‘lsa,
yoki
ularni
mustaqil
tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lsa
Pedagogik
turkum
fanlarni
o‘qitishda
kutilayotgan natija
Bo‘lajak
mutaxassislarni
bolalar bilan ishlashda hikoya,
suhbat,
tushuntirishni
mukammal egallaydi, kerak
bo‘lganda ma’ruza qila oladi
O‘qituvchi
ta’lim
jarayonida
ko‘rgazmali namoyishni mukammal
egallagan, ularni o‘z o‘rniga qo‘llay
oladi, kerak bo‘lganda ko‘rgazmali
vosita yaratishga qodir
107
Talabalar faoliyati
Amaliy
metodlar
Reproduktiv
metodlar
Muammoli bayon
qilish metodlari
Mustaqil ish metodlari
Ta’lim
oluvchilarga
amaliy
ko‘nikma
va
malakalarni
shakllantirish
ehtiyoji tug‘ulsa
Ta’lim
oluvchilarda nazariy
bilim,
amaliy
ko‘nikma
va
malakalarni
xosil
qilish.
O‘tgan
ma’lumotlarni
xotirada yana bir bor
tiklash
Nazariy pedagogik
ma’lumot
bilan
amaliy ko‘nikma bir-
biriga
bog‘liq
ravishda xosil qilish
ehtiyoji vujudga kelsa
Talabalarda
mustaqil
faoliyatni
takomillashtirish
va
o‘quv mehnati ko‘nikma
xamda malakalarini xosil
qilish
Mavzu
mazmuni amaliy
tushunchalar,
mashqlar
bajarish, tajriba
o‘tkazishga
mo‘ljallangan
bo‘lsa
Pedagogikaga doir
ma’lumotlarning
mazmunini
nihoyatda murakkab
yoki nihoyatda oson
bo‘lib,
oldindan
tanish bo‘lsa
Bayon
etiladigan
ma’lumot
mazmuni
muammoli
bayonga
mos bo‘lib, bosqichli
ketma-ketlik prinsipi
asosida
berilgan
bo‘lsa
Pedagogika
fani
mavzulari
bo‘yicha
qo‘shimcha
manbalar
mavjud
bo‘lib,
ular
talabalar
aqliy
rivojlanishiga mos bo‘lsa
Talabalar
amaliy ishlarni
bajarishga to‘liq
tayyor
bo‘lib,shart
sharoit mavjud
bo‘lsa
Talabalarning real
o‘quv imkoniyatlari
mazkur
mavzuni
muammoli bayonni
qabul qila olmasa
Talabalar pedagogik
hodisalarni mustaqil
tahlil
qila
olsa,
muammoli vaziyatni
mustaqil
yozish
kuchiga ega bo‘lsa
Talabalar
mazkur
pedagogika
fani
mavzusini
musstaqil
o‘rganishga tayyor bo‘lsa
Pedagogika
fanlaridan
amaliy
mashg‘ulot
o‘tkaish
bo‘yicha o‘quv
qo‘llanmalar
kerakli
amaliy
jihozlar mavjud
bo‘lsa
Pedagogik
malumotlarni
o‘zlashtirish uchun
o‘qituvchida
vaqt
yetarli
bo‘lmasa
imkoniyat
darajasi
past bo‘lsa
Fan
o‘qituvchisi
muammoli vaziyatni
yarata olsa, o‘quv
materialini muammoli
bayon etish shart-
sharoiti bo‘lsa
Mustaqil
o‘rganish
uchun
didaktik
materiallae va o‘quvchi
hamda pedagogda vaqt
vaqt yetarli bo‘lsa
108
Amaliy
mashg‘ulot
o‘tkazish
bo‘yicha
malakaga ega va
amaliy
ishlar
o‘tkazish uchun
material
tayyorlash
malakasini
egallash
Mavzu
mazmunidagi
ma’lumotlar
xotirada
qayta
tiklangan
bilim
ko‘nikma
malaka
shakllangan
Talabalarning bilish
faolligi
mustaqil
ijodiy faoliyati o‘sgan
Mustaqil bilim olish
ko‘nikmalar shakllangan,
ijodiy mustaqil faoliyat
yurita olsa
Jadvaldan shu narsa ko‘zga tashlanayaptiki, pedagogika turkum
fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi ta’lim metodlarini tanlashda o‘quv
mashg‘uloti (nazariy va amaliy dars)ning maqsadi va vazifalari, o‘quv
ma’lumotining mazmunidan, ta’lim oluvchilarning ilmiy bilimlarni
darajalarini o‘zlashtirishga tayyorlik darajasidan va o‘zining real
imkoniyatlaridan kelib chiqqan taqdirda faoliyat samarali bo‘ladi.
Shuningdek, bu holat bo‘lajak mutaxasisning o‘z faoliyatiga qiziqishini
oshishiga, bilim, ko‘nikma, malakalarning takomillashishiga olib
keladi.
Amaliyotda qo‘llanilayotgan ta’lim metodlarining mazmuni
Oliy ta’lim maktablarining barchasida ta’limning eng ko‘p
qo‘llaniladigan metodlariga – ma’ruza, suhbat, laboratoriya, muammoli
bayon etish, munozara, manba bilan ishlash kabilar kiradi. Bu metodlar
ta’lim jarayonida o‘qitish va o‘qish funksiyalarini bajaradi. Binobarin,
o‘qituvchi pedagogik fanlarni o‘qitishga talaba-yoshlarga ijtimoiy
tajribalarni o‘rgatishni ko‘p sonli tinglovchilar bilan ishlar ekan, asosan
ma’ruza metodini qo‘llaydi. Ma’ruza metodi-bu o‘qituvchi tomonidan
katta mazmundagi ma’lumotni og‘zaki tarzda mantiqiy izchillikda
bayon qilish, talabalarning esa o‘quv materialini tinglash orqali idrok
etishini nazarda tutadi. Bunda o‘qituvchi o‘quv ma’lumotlarini bayon
qilar ekan, ularni ilmiy-nazariy jihatdan mukammal bilishi, o‘quv
materiallarini, ilmiy bilimlarni hayotiy tajribalar bilan uyg‘unlashtirish,
dastlab talabalarni tinglashga hamda idrok qilishga tayyorlashi lozim.
Buning uchun ma’ruza boshlanishida va butun dars jarayonida turli xil
usullardan keng foydalanishi ya’ni auditoriyaga muammoli, hayotiy
savollar bilan murojaat qilishi, rasm, jadvallar, plakatlar, video
materiallaridan kengroq foydalanish talab etiladi. Bunda ba’zan mimik
va pantomimik irodalar, imkoniyatlarni ishlatish, tovush diapazoni
109
e’tiborda saqlash, ba’zan tez, ba’zan sekin, ba’zan baland-kuchli,
ba’zan sekin-kuchsiz tovushda fikrini bayon eta olishi ham diqqatga
sazovor. Bunda yana bir narsani nazardan qochirmaslik kerak, ma’ruza
tinglovchi talabalar tafakkuriga, idrokiga, mo‘ljallab tashkil etilishi
ma’qul.
Shunga asosan, ma’ruzada tajribada sinalgan va qo‘llanishda
samara bera oladigan ta’limning ma’ruza-bahs metodi yaxshi natija
berishi tabiiy, zero, ma’ruzadan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarda
bilimni mustaqil ijodiy egallash qobiliyatini shakllantirishdir. Chunki,
ma’ruzada talabalar mustaqil fikrlash, fikrlarni isbotlash va asoslashga
o‘rganishlari lozim. Buning uchun ma’ruzachi dars boshlanishida
talabalar oldiga ma’ruza mazmunidan kelib chiqib muammoni aniq
belgilashi, uni talabalar o‘quv-biluv qobiliyatiga moslashtirishi holida
talabalarni o‘z fikr-mulohazalarini isbotlashga tayyorlashlari lozim.
Chunki, bu hol talabalarning ma’ruza mashg‘ulotiga bo‘lgan qiziqishi
va bilishga ehtiyojini tarbiyalaydi. Bu esa talabani ta’lim obyektidan
ta’lim subyektiga aylanishiga qo‘llashadi.
O.R.Roziqov va “Didaktika” darsligining boshqa muallifari
ma’ruza metodini o‘qitish va o‘qish usullariga ajratib, undan
foydalanish bir necha variantlarni taqdim etadilar.
1
Ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan ma’ruza metodi, asosan
talabalarga ya’ni bilim berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u murakkab
masalalar, mavzularni o‘rganishda, muammoli mavzularni o‘qitishda
va pedagogika o‘quv fanlari o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘rganishigda
farqlaniladi.
Ma’ruza metodining samarali, optimal qo‘llanilishi uchun,
o‘qituvchi-lektor:
- Mavzuga oid asosiy va ularni bayon etish rejasini tuzish.
- Ma’ruza boshlanishida rejani talabalarga e’lon qilib, asosiy va
qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxatini e’lon qilishi;
- O‘quv materialini izchil, tizimli, o‘tilgan mavzu va kelgusi darsda
o‘tilishi nazarda tutilgan mavzu bilan bog‘langan holda bayon etilishi;
- Ma’ruzaga talabalarning qiziqish, intilishi va ma’ruza
samaradorligini oshirish maqsadida mavzuni hayotiy misollar,
tajribadagi ishlar bilan bog‘lashi va kerakli joylarda talabalarga
muammoli savollar bilan murojat qilish;
1
Qarang: O.R Roziqov va boshqalar. Didaktikalar Darslik-T.: “Fan” 1997, 187-188-betlar
110
- Bayon talabalarga tushunarli, qiziqarli bo‘lishi uchun
ko‘rgazmali, audio va video materiallardan unumli foydalanish;
- Rejada ko‘rsatilgan har bir punktni yakunlaganda, uni xulosalashi
va ma’ruza yakunida umumiy xulosa uchun ma’lumotlarni belgilab
qo‘yishi;
- Ma’ruza mavzusidagi eng muhim sonlar xotirada saqlanishi qiyin
bo‘lgan ma’lumotlarni talabalarning yozuv daftarlariga qayd
qilishlarini tavsiya etishi;
- Mavzu yuzasidagi xulosalarni turli o‘quv sharoitlarida tadbiq
etishga oid ko‘rsatmalar berishi kabi qonun-qoidalarga amal qilishi
talab etiladi.
Uzluksiz ta’lim tizimida qo‘llaniladigan ta’lim metodlarining yana
biri suhbat metodidir. Bu metod bilim o‘zaro so‘zlashuv (dialog) yo‘li
bilan o‘rganishga sabab asosan seminar mashg‘ulotlarida, talabalarning
mustaqil ishi, referatlari, o‘quv konfersiyalarida qo‘llaniladi. Bu
pedagog va talabaning faol, jonli savol-javob yo‘sinida qo‘llaniladigan
o‘qitish-o‘qishning bir ko‘rinishi bo‘lib, savol-javob tarzida tashkil
qilinadi.
O‘qituvchi suhbat metodini tashkil etishda turli o‘quv vazifalarni
hal
etadi.
Jumladan:
talabalarning
nazariy
bilimlarini
o‘zlashtirganliklarini aniqlash, ma’lumotlarni umumlashtirishi va
tizimlashtirish: yangi mavzuni o‘rganishda talaba tafakkurini
boshqarish; talabalarning ijodiy qobiliyati, aqliy kuchi, intellektini
rivojlantirish vaho kazolar. Shu bois suhbat metodida talabalar pedagog
savollariga javob berish bilan o‘rganilayotgan mavzuda izohlangan
ma’lumotlarni mantiqiy ketma-ketlikda o‘rganadi, fikr yuritadi, tahlil
qiladi va fikrlarini nazariy jihatdan umumlashtiradi.
Pedagogik manbalarda ko‘rsatishicha suhbat metodi, o‘z mazmun
mohiyatiga ko‘ra kirish suhbati, nazariy bilimlarni mustahkamlovchi,
yangi bilimlarni ma’lum qiluvchi, tekshiruv suhbati, evristik suhbat.
Kirish suhbati seminar mashg‘uloti dastlabki soatida qo‘llanilib, u
o‘qituvchining talablarni mazkur fandan o‘tkaziladigan seminar
mashg‘ulotning maqsad, vazifalarini, fan dasturidagi ushbu fanga
qo‘yilgan pedagogik talablarni, seminar mashg‘ulotida ajratilgan
vaqtni, seminar mavzulari va ularning rejalari bilan tanishtirishni
nazarda tutadi. Yangi bilimlarni ma’lum qiluvchi suhbat o‘qitish-
o‘qishning murakkab va ko‘p mehnat talab qiladiganlaridan biri bo‘lib,
111
nazariy bilimlarni izchil, o‘zaro aloqadorlikda, talabalarda ma’lum
bo‘lgan faktlar, pedagogik hodisalarga asoslangan holda tashkil etiladi
va o‘tkaziladi. Nazariy bilimlarni mustaqilovchi va umumlashtiruvchi
suhbat, ma’ruzaga o‘rganilgan material bilan aloqa o‘rnatishiga yordam
beradi. Masalan, shaxs ta’lim va tarbiya haqidagi bilimlarni
mustaqillashga pedagog savollar berib, talabalarni ma’ruzaga
o‘rganilgan shaxs taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi omillar va ularda ta’lim-
tarbiyaning yetakchilik rolining sabablarini, hayotiy misollar bilan
ajratib ko‘rsatishga undaydi. Tekshiruvchi suhbat ma’ruza va seminar
mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarning haqqoniyligi, hajmi va
hayotiyligini aniqlashga yordam beradi. Chunki bunday suhbat
o‘tganlarni qayta xotirda tiklash, takrorlash va sistemalash ko‘rinishiga
amalga oshiriladi. Evristik suhbat metodi o‘quv ma’lumotini ijodiy,
topqirlik yo‘li bilan qo‘llanilganligi sababli, u talabalar tafakkurida
mo‘ljallangan. Bunda o‘qituvchi-talaba faoliyati uyg‘unligi asosida
mantiqiy tafakkur rivojlantirilishiga erishiladi. Umuman, suhbat
metodining mohiyati shundaki u:
- Talabalarning ijodiy, mantiqiy fikrlashini yo‘lga qo‘yadi;
- Talabalar faolligini oshirishga, xotira va nutqning rivojlanishiga
yordam beradi;
- Talabalarning muayyan ko‘rinishdagi mustaqilliklari yo‘lga
qo‘yiladi;
- Talabalarda ijodiy qobiliyat rivojlanib axloqiy va estetik
dunyoqarashlari rivojlanadi.
|