6.2.Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlarining tasnifi
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida pedagogik fanlarni
o‘qitish juda murakkab jarayon hisoblanib bu fanlarni o‘qitishda ta’lim
metodlarining turli-tuman tasniflari mavjud. Didaktika fanida ta’lim
metodlarini tasniflashning turli-tumanligi ta’lim jarayonida turlicha,
yondashuvlarning maydonga kelganligi va bu yondashuvlarning
qandaydir
didaktik
belgilarga
qarab
o‘qitish metodlarining
tasniflanishiga yondashilganligidadir. Shu nuqtai nazardan ba’zi
mutaxasislar ta’lim metodlarini tasnif etishda bilish manbalarini
hisobga olishsa, ayrim mutaxasislar o‘qituvchi xususiyatlaridan kelib
chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar esa o‘quvchilar faoliyatini
faoliyatini e’tiborga olishadi. Ta’lim metodlariga bunday qarashlarning
ko‘p rang-barang bo‘lishi tabiiy. Zero, ta’lim metodlari mazmunan boy
hodisa bo‘lib, ular ma’lumot mazmuni bilan ham o‘qituvchi va
o‘quvchi faoliyati bilan ham bilim va malakalar bilan ham, shuningdek,
ijodiy qobiliyatlarni, munosabatlarni rivojlantirish bilan ham daxldor
katigoriyadir. Qayd etilgan fikrlarga aytish mumkinki ananaviy
didaktikada ta’lim metodlarini o‘quvchi bilim oladigan manbaga qarab
ya’ni o‘qituvchi nutqi ko‘rgazma qurol, darslikni va qo‘shimcha
materiallarni ta’lim manbai deb qabul qilish ta’lim metodlarini; og‘zaki
bayon qilish metodlari (hikoya, ma’ruza, suhbat, tushuntirish
98
o‘qituvchining jonli nutqi, kitob bilan ishlash): ko‘rgazmali metodlar
(namoyish qilish, tasviriy materiallar, ekskursiyalar va h.k.); amaliy
metodlar (mashqlar, amaliy ishlar, laboratoriya ishlari va h.k.)ga bo‘lib
tasniflaganlar(S.I.Peroveskiy, E.Ya.Golyan). Boshqa guruh olimlari
(M.A.Danilov, B.P.Yesipov) ta’lim jarayonining muayyan qismlarida
bajariladigan o‘quv vazifasining mazmunidan kelib chiqib ta’lim
metodlarini bilimlarni o‘rganishga oid metodlar; bilish va
ko‘nikmalarni shakllantirish metodlari; bilishni tadbiq etish metodlari;
ijodiy ishlash metodlari; bilim va malakalarni mustahkamlash, hamda
bilimlar va ko‘nikmalarni tekshirish metodlar. Taklif etilayotgan
metodlar o‘quv mashg‘ulotlarining samarali bo‘lishi va tarbiyaviy
vazifalarni hal etishga ko‘maklashadi.
Akademik Yu.K.Babanskiy ta’lim metodlarini uchta katta guruhga
bo‘lib, tavsiflaydi.
1. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil qilishlari.
2. O‘quvchilarning
o‘quv-biluv
faoliyatini
rag‘batlantirish
metodlari.
3. O‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini
nazorat qilish metodlari.
1
Yu.K.Babanskiy birinchi guruh metodlar jumlasiga, hikoya,
o‘quv ma’ruzasi, suhbat, illyustryatsiya, namoyish qilish, o‘quv kinosi,
induktiv-deduktiv, reproduktiv, muammoli-izlanish kabi ta’lim
usullarini kiritadi va bu usullar yordamida o‘qituvchi asosan
o‘quvchilar o‘quv-biluv faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish orqali o‘quv
materiallarini o‘qituvchi tomonidan bayon qilish va ularni
o‘zlashtirishga jalb qilish lozimligini ta’kidlaydi. Bu jarayonda ikki
shaxs ham o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining hamkorligi yo‘lga
qo‘yiladi.
Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotganlar pedagogik turkum
fanlarini o‘zlashtirishda keyingi faoliyatlarini inobatga olib, o‘quv-
biluv faoliyatini tashkil etish metodlarining mazmun-mohiyatini chuqur
anglab yetishlari talab etiladi. Zero, ta’lim metodi mazmunida har bir
usul o‘ziga xos ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyatni yo‘lga
qo‘yish, o‘quv materiallarini uzotish va ularni o‘zlashtirish yo‘llarini
ko‘rsatishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quv ma’ruza oliy ta’lim
maktablarida ko‘p qo‘llaniladigan o‘quv ko‘rinishlaridan biri
1
Педагогика: Учеб. пособий для студентов пед.ин-тов/под ред. Ю К Бабанского. –М.: Просвещение,
1983, 178-203 б
99
hisoblanib, unda o‘zaro ta’sir ta’lim beruvchining bayoni va ta’lim
oluvchilarning tinglashlari, asosiy g‘oya va fanlarni yozib olishlari
ko‘rinishida amalga oshadi. O‘qitish, o‘qish, o‘rganish samaradorligini
oshirish uchun, ma’ruza jarayonida o‘qituvchi o‘z nutqini ko‘rgazma
qurol, audio va video apparaturalar (qurilmalar), adabiyotlarda berilgan
faktlar bilan uyg‘unlashtiradi. Bu jarayonda ma’ruzachi o‘z nutqini
to‘xtatib, talabalarning ma’lumotlarini qabul qilish darajasini, ularning
qiziqishi va xohishini oshirish maqsadida muammoli savollar, qiziqarli
faktlar bilan murojat qilishni amalga oshirsa ayni muddao bo‘ladi.
Bunda o‘quv-biluv faoliyatining barcha unsurlari-tinglash, ko‘rish,
aniqlash, taqqoslash, fikr yuritish, mulohazani bayon qilish, amalga
oshgan bo‘ladi. Shuningdek, mazkur guruhga kiruvchi barcha
metodlar-ma’ruza, suhbat, tasvir, muammoli-izlanish, reproduktiv
to‘siq qo‘llanilgan bo‘ladi.
O‘quv-biluv faoliyatini tashkil etishda deduktiv va induktiv
metodlar ham muhiim ahamyatga ega. Zero, yangi o‘quv materialni
o‘zlashtirish deduktiv va induktiv usullar yordamida amalga oshishi
tajribada sinalgan. Pedagogik turkum fanlarini o‘qitishda, avvalo,
o‘quv mavzularining umumiy, tomoni haqida, so‘ngra xususiy
tomonlari izohlandi. Masalan, shaxs rivojlanishi, shakllanishi va
ijtimoiylashuvi
mavzusi
o‘rganilganda
dastlab
shaxsning
shakllanishiga ta’sir qiluvchi biologik omillar, ijtimoiy omillar, ta’lim
tarbiyaning umumiy xususiyatlari yoritilib, so‘ngra har bir omilning bu
jarayondagi ta’sir kuchi alohida qayd etiladi.
O‘qitish
jarayonida
talabalar
o‘quv-biluv
faoliyatini
rag‘batlantirish metodlari tuzimiga o‘qishga qiziqishni motivlashtirish
va rag‘batlantirish metodlari hamda o‘qishga burch va ma’suliyatni
motivlashtirish va rag‘batlantirish metodlari kiritilgan. Ular tarkibiga
bilish va qiziqishlarni shakllantirish, bilishga oid o‘yinlar, o‘quv
munozaralari, o‘qishga ulgurish vaziyatini yaratish va o‘qishga burch
va ma’lumotni rag‘batlantirish kabi usullar kiritilgan.
Mazkur metodlar ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlovchi
muhim pedagogik hodisa sifatida o‘quvchilarning bilim olishga
qiziqishlarini, rag‘batlarini bilim oluvchilarning mustaqil faoliyatlarini
qamrab oladi.
O‘quv-biluv faoliyatlarini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlari
og‘zaki nazorat metodlari, yozma nazorat metodlari, laboratoriya
nazorat metodlari, o‘z-o‘zini nazorat metodlari turkumiga ajratgan
100
bo‘lib, ular ta’lim oluvchilar oldiga topshiriqlar qo‘yish va
topshiriqlarni bajarish orqali o‘zlashtirilgan bilimlarning o‘zlashtirish
darajasini aniqlashga xizmat qiladi.
Yu.K.Babanskiy taklif etgan metodlar ta’lim oluvchilarning o‘quv-
bilish faoliyatlarini optimallashtiradi, o‘qitishning ta’limiy, tarbiyaviy,
rivojlantiruvchi funksiyalarini to‘la amalga oshishini ta’minlaydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda chop etilgan pedagogika
darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarining “Ta’lim metodlari” bo‘limida
XX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan ta’lim metodlarining tasnifi
to‘g‘risida so‘z boradi. Jumladan O.R.Roziqov va boshqalarning 1997-
yilda chop etilgan “Didaktika” darsligida Ukraina olimlari
V.F.Polamarchuk, V.I.Polamarchuk ta’lim metodlarini tasnif etishda
uch masalani ta’lim manbalari bolalarning faollik va mustaqillik
darajasi, o‘quv-bilishining borishidagi mantiqiy yo‘lni hisobga olish
zarurligini
uqtirishganligi
qayd
etildi.
Shuningdek,
S.G.Shapovalenkoning ta’lim metodlarini tasnif etishda ularning
mantiqiy, mazmuniy, manbai, jarayoniy, ta’limiy boshqaruvchanlik
xususiyatlarini hisobga olishni taklif etilganligi ko‘rsatiladi hamda
ta’lim metodlari tasnifida bir vaqtda ta’lim manbalari va mantiqiylikni
(N.M.Verzilin), ta’lim manbalari va o‘quvchilarning mustaqillik
davrida darajasini (A.N.Alepsyuk, I.O.Zverov) mezon qilib olganligi
tahlil etilgan.
2010-yilda o‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani sohasi
uchun
bakalavrlarga
mo‘ljallab
yozilgan,
professor
M.X.Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida chop etilgan
“Pedagogika” darsligida pedagog N.S.Saidahmedov tomonidan taklif
etilgan ta’lim metodlari tasnifi keltirilgan. Unda qayd etishicha
N.S.Saidahmedov ta’lim metodlarini tasnif etishda didaktik jarayon
nuqtai nazaridan yondashgan. “Ma’lumki-deb yoziladi darslikda,-
didaktik jarayon har qanday pedagogik texnologiyaning asosi sifatida
o‘zida quyidagi uchta komponentni mujassamlashtiradi.
1.Motivatsion
2.O‘quv faoliyati
3.Boshqaruv
Demak, didaktik jarayon tuzilmasiga mos holda ta’lim metodlarini
quyidagi uch guruhga ajratish mumkin.
1.O‘qish va mehnatga rag‘batlantiruvchi hamda motivlashtirish
metodlari
101
2.O‘quv-bilish faoliyatini boshqarish metodlari
3.O‘quv bilish faoliyatini boshqarish.
Bu guruhdagi metodlarning har biri kichik guruhlarga ajratilib
tasniflangan
1
.
O‘zbek olimlari A.Zunnunov va U.Mahkamovlar o‘zlarining
“Didaktika” o‘quv qo‘llanmalarida
2
bilimni hayotga tadbiq etish
metodlarining uch turini tavsiya qiladilar. Bular:
a) o‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash metodlari
b) o‘quvchilarning o‘quv ishlarini muntazam kuzatib borish
v) o‘quvchilarning uy ishlarini tekshirish
Qayd etilgan birinchi guruh metodlariga mashq metodi, og‘zaki
mashq, yozma mashq, grafik mashq, o‘quv mehnat mashqi,
laboratoriya mashg‘uloti kabi metodlar kiradi. Ular egallagan nazariy
mashg‘ulotlarni hayotga tadbiq etish, yoki bilimlarni ko‘nikma va
malakalarga aylantirish maqsadi qo‘llaniladi. Bunga amaliyot
ustuvorligi ta’minladi.
Ikkinchi guruh metodlari-og‘zaki, yakka frontal so‘rash, nazorat
metodlaridan iborat bo‘lib, ular ta’lim oluvchilarda bilim o‘zlashtirish
fikrlash, xotira, ko‘nikma, malaka hosil qilishga, bilim egallashga
xohish, qobiliyat darajasini aniqlash uchun qo‘llaniladi.
O.R.Roziqov, S.Yu.Og‘ayev, M.M.Maxmudova, B.R.Adizovlar
tomonidan yaratilgan va 1997-yilda “Fan” nashriyotidan chop etilgan
“Didaktika” darsligida ta’lim metodlari o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati
kontekstiga qarab chiqilib, o‘qitish usullari, o‘qish usullari deb
tasniflanadi.
3
Darslikda rus pedagoglari tomonidan tasniflangan ta’lim
metodlarining yangicha talablar asosida izohlanib, ta’lim metodlari
o‘zaro ta’sirini tashkil etish, boshqarish va o‘zaro ta’sir natijasini
nazorat etish nuqtai nazaridan tasniflanadi.
Ta’lim metodlarining o‘zaro ta’siri kesimida tasnif etilishi, ta’lim
metodlarining yaxlit tizimini yaratilishi; ta’lim metodlari integrativ
birligi ajratilishi; ta’lim metodlarining o‘qitish va o‘qish usullari
1
Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi): o’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani bakalavriat
yo’nalishi uchun darslik (M.X Taxtaxodjayeva, S. Nishonova, J. Xasanboyev, va boshqalar) –Toshkent,
2010, 138-139-betlar.
2
Zunnunov A, Maxkamboyev U, Didaktika: Oily o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma.-T.:
“sharq” 2006, 67-70-betlar
3
Roziqov O. R., Og’ayev S.Yu.“Didaktika” darslik. (oily o’quv yurtlari, asperantlar uchun).-Toshkent,
“Fan” 1997, 184-205-betlar
102
tutashuvida shakllanishi, komillikka yondashuv va ta’lim metodlariga
mazmuniy, jarayoniy tavsifi kontektida tahlil qilinadi.
Biz pedagogik fanlarni o‘qitishda keying davrlar (XX asrning 50-
90-yillari va XXI asrning boshlari)da didaktika fanida yaratilgan
metodlar tasnifining eng muhimlari to‘g‘risida fikr yuritdik. Ta’lim
metodlari pedagogika fani singari tarixiy xarakterga ega. Chunonchi,
o‘tmishda ham maktab, madrasa bo‘lib ularda o‘qitish o‘qish ishlari
mavjud bo‘lgan. O‘qtuvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida bilim olish
muloqoti tashkil etilib, bunda o‘qitish-o‘qish usullari qo‘llanilgan.
O‘qitish-o‘qish metodlari faqatgina XVII asrda o‘zining ilmiy asosiga
ega bo‘ldi. Bunga Sharq mutafakkirlaridan Muhammad Muso al-
Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino,
Mahmud Ibn Umar, Az-Zamaxshariy, Burhoniddin Zarnujiylarning
metodlar tasnifida o‘rgatish, mashq qildirish, ilmga havas uyg‘otish
kasb-hunarni egallash kabi mantiqiy bilish faoliyatini shakllantiruvchi,
ko‘nikma va malakalarni tarkib toptiruvchi ko‘rsatmali tajriba,
mustahkamlash, amalda qo‘llash, markaziy o‘rinda turadi.
Professor J. Hasanboyev va boshqalar tomonidan 2011-yilda
chop etilgan “Pedagogika” darsligida
1
yuqorida zikr etilgan
mutafakkirlarning ta’lim metodlari to‘g‘risidagi qarashlari bayon
etilgan. Mazkur bayonga binoan Muhammad Muso al-Xorazmiy
o‘tmishda qo‘llanilgan ta’lim metodlarini sintezlashtirishga harakat
qilish, ko‘rgazmali-tajriba, savol-javob, malaka va ko‘nikmalarni
shakllantirish bilimlarni sinash metodlaridan keng foydalangan va shu
metodlarni o‘qitish-o‘qish jarayoniga qo‘llashni tavsiya etgan.
Abu Rayhon Beruniy ilmiy bilimlarni egallashda ta’lim
o‘rgatuvchilarga:
- ta’lim oluvchilarni zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o‘rgatavermaslik
kerak-bu dars jarayoniga qo‘yilgan talablarning biri;
- tahlil qilish va taqqoslash;
- uzviylik va izchillik;
- takrorlash;
- materialni ko‘rgazmali bayon qilish.
1
. Hasanboyev J.va boshqalar . Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi) oily o’quv yurtlari uchun darslik.
Toshkent: “Nashr” 2011, 362-363-betlar
103
Abu Nasr Forobiy asosan ta’limda barcha fanlarning nazariy
asoslarini o‘rganishga, tarbiyada esa ma’naviy-axloqiy qoidalar,
meyorlar, kasb-hunar o‘rgatishda amaliy masalalarga qaratilishi lozim.
Bunda ta’lim tarbiyaning amaliy faoliyatini, nazariy faoliyat bilan
uyg‘unlikda qo‘llash maqsadida nazariy metodlar, amaliy metodlardan
foydalanish
ta’kidlanadi.
Shunga
asosan
ta’lim
metodlari:
ma’lumotlarni qabul qilish; ularni xotirada saqlash; tahlil qilish va
fikrlash; xulosa qilishga ajratiladi.
Abu Ali ibn Sino bolalarni o‘quv-biluvga jalb etish uchun,
yoshlikdan boshlab ularni kitob o‘qishga o‘rgatishni tavsiya qiladi.
Talimda asosan kitob bilan ishlash, suhbat, fikrlarni anglash va tahlil
qilish, tarbiya kabi usullardan foydalanish lozim deb biladi va bu usullar
ta’lim oluvchida mustaqil, mantiqiy fikrni o‘stiradi deb ta’kidlaydi.
Shunday qilib ta’lim metodlari o‘quv tarbiya jarayoning muhim
unsurlaridan biri sifatida birinchidan ta’lim beruvchilarning o‘qitish,
o‘rganish faoliyatlarini aniq maqsad sari yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Ikkinchidan ta’lim oluvchilarning o‘quv predmetlari ham fan asoslarini
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishlari xohish istaklarini kuchaytirib,
o‘quv-biluv
faoliyatlarini
faollashtiradi,
uchinchidan,
o‘quv
materiallari mustaqil tahlil qilish, ijodiy o‘rganishga yo‘naltiradi. Buni
talim metodlarini aniq tanlash, ulardan optimal foydalanmoqni
o‘zlashtirish lozim.
|