95
aloqani va bog‘lanishlarni yuzaga keltiradi
1
deb yozgan edi professor
G.I.Shukina. Bu ta’rifda ta’lim metodlarining mohiyati o‘qitish
jarayonida o‘qituvchi bilan ta’lim oluvchilar
faoliyatlarini yakka
maqsad bo‘yicha tashkil qiladi hamda faoliyatning turli aloqadorlik va
bog‘lanishlik holatini vujudga keltirishdaligi ochib berilgan.
Shuningdek, ta’lim metodlarining o‘qituvchini o‘rgatuvchanligi
faoliyati asosida o‘quvchilar o‘quv mehnatini tashkillashtiruvchi
hamda didaktik topshiriqlar yechimini topishga yo‘naltirilgan o‘quv-
biluv faoliyati usullari jamigina ta’kidlovchi ta’rif ham mavjud.
“Ta’lim metodlari deganda o‘qituvchining o‘rgatuvchanligi va
o‘quvchilarning o‘quv materialini egallashga yo‘naltirilgan turli
didaktik masalalar yechimini topishga oid o‘quv-bilish faoliyatlarini
tashkil etish usullari tushuniladi”
2
Shu nuqtai nazarda pedagogik turkum fanlarni o‘qitadigan
o‘qituvchilar unutmasligi kerakki, qayd qilingan ta’riflarda ta’lim
metodlari o‘quv jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
o‘qituvchi - o‘quvchilar faoliyatini yagona yo‘nalishi nazariy va amaliy
bilimlarni o‘zlashtirishiga yo‘naltirish yo‘llarini anglatishi nazarda
tutilgan.
Ta’lim metodlari ko‘p hollarda o‘qitish jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchining faoliyati qanday tartibda bo‘lishini, o‘qitish
jarayonini
qanday tashkil etish va olib borish talabga muvofiqligini hamda bu
jarayonda
o‘quvchilarning
o‘quv-bilish
harakatlari
qanday
tashkillashtirilishi lozimligini ham bilib beradi.
Ma’lumki, o‘qituvchi ta’lim berish jarayonida insoniyat taraqqiyoti
va tajribasida to‘plangan hamda bilimlar holatiga keltirilgan
ma’lumotlarni bu ma’lumotylarni hali egallamagan o‘quvchining ongi
o‘rtasida vositalik vazifasini bajaradi. Bunday holatda bola
o‘qituvchining ko‘magisiz ijtimoiy tarixiy tajribalarni ifodalovchi
barcha bilimlarni o‘zlashtirishga qodir emas. Bunday o‘qituvchining
katta xizmati o‘quv meyorini bayon qilishga eng maqbul yo‘l, metod va
usullarni tanlashda namoyon bo‘ladi. Ta’lim metodlari o‘quv
materialini bayon qilishda va bolalar yaxshi bilib olishlariga qaratilgan
o‘qituvchi
va
o‘quvchining
o‘zaro
hamkorlikdagi
tartibli
faoliyatlarining usullari ham hisoblanadi. “Ta’lim
metodlari dastlab
1
Qarang: Pedagogika: o’qituvchilartayyorlash va pedagogika fani ta’lim sohasi bakalavriat yo’nalishi uchun
darslik.- T.: “O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2010, 125-bet.
2
Харламов И.Ф. Педагогика: учеб. пос. 2- изд Высшая школа, 1990, 194-195-ст
96
pedagog ongida, muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashgan
tarzdagi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Mazkur ko‘rinish amaliy
faoliyatda o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligining o‘zaro bogliqligida
o‘qitish va o‘qish vazifalarini aniq bajarishga yo‘naltirilgan harakatlar,
amallar usullar birligida amalga oshiriladi. Metod boshqa
ko‘rinishlarda namoyon bo‘lmaydi, buning sababi ta’lim metodi o‘zida
umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi”
1
.
Shuni e’tirof etish joizki ta’lim metodlari tarkiban, o‘qitish va
o‘qish usullaridan tashkil topgan. Bunda o‘qitish va o‘qish
usullari
metodning bir qismi bo‘lib, o‘quv vazifasini hal etishda metodning
metodning ta’sirchanligi va natijaviyligini kengaytiradi. Masalan,
o‘qituvchi og‘zaki bayon metodidan foydalanganda, tushuntirish yoki
suhbat usulidan foydalanishi mumkin, o‘quvchi esa o‘qishda mustaqil
ish yoki kitob bilan ishlash usulidan foydalanadi. Bunda bilimlarni
og‘zaki bayon etish, tushuntirish, suhbat, mustaqil ish,
kitob bilan
ishlash kabilar usullar hisoblanib, ular yordamida didaktik vazifalar-
bilimlarni o‘rgatishi, mustahkamlash, tadbiq qilish hal etiladi.
Chunonchi, o‘qituvchi ijtimoiy tajribani o‘quvchilarga o‘rgatish
talablaridan kelib chiqib, o‘z faoliyatini o‘quvchi-yoshlar faoliyatiga
muvofiqlashtiradi.
Bunda
ta’lim
metodlarini
ta’lim
usullari
to‘ldiradigan bo‘lishi kerak, mabodo bunday bo‘lmasa, ta’lim
metodlarining natijasi foydasiz narsaga aylanadi.
Ta’lim metodlari yana bir tomondan oliy o‘quv yurti talabalarining
anatomik-fiziologik,
biologik
xususiyatlariga
ham
bog‘liqdir.
Talabalarning bilim faoliyatini tashkil qilishda
ularning yoshiga xos
biologik rivojlanishni hisobga olish lozim. Chunki, ta’limning ko‘p
jihatlari ishlash qobiliyati, jismoniy sog‘lik, aqliy o‘sish, kayfiyat,
intellekt, gigiyenik shart-sharoitlar aynan biologik rivojlanish bilan
bog‘liq. Oliy ta’lim talabalarining intellektini inobatga olib ta’lim
metodlarini tanlash muhim ahamyat kasb etadi. Binobarin intellekt-
bilish, tushunish,
idrok qilish hisoblanib, yoshlarni aqliy qobiliyati
fikrlashi, o‘qish-o‘rganishi ijtimoiy hayotni, muhitni, voqelikni aynan
ongda aks ettirishni voqea hodisalarni oldindan ko‘ra bilish layoqatini
ifodalaydi va turli muammolarni oqilona hal qilish, aniq qarorlar
chiqarish, to‘g‘ri ish yuritishi uchun muhim ahamyat kasb etadi.
1
Лернер И.Я. Дидактическая система методов обучения. –М.; «Знание» , 14-15-ст.
97
Demak, pedagogik fanlarni o‘qitish metodlari deyilganda,
pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan pedagogik
turkum fanlaridagi ma’lumotlarni o‘qitish jarayonida o‘qituvchi
tomonidan bayon qilish, uzatish va ta’lim oluvchi(o‘quvchi)lar
tomonidan bu ma’lumotlarni,
nazariyalarni idroklash, o‘zlashtirish
yo‘li deb tushunmoq kerak.
Pedagogika fanlarini pedagogika va psixologiya ta’lim kurslarida
o‘qitish jarayonida ta’lim metodlarini optimal tanlashga erishish uchun,
avvalo, o‘qituvchi ta’lim metodlarining nazariy va amaliy asoslarini,
o‘quvchi yoshlarning yosh va individual ruhiy xususiyatlarini, ilmiy
bilimlarni o‘zlashtirishdagi layoqatlarini, qiziqishlarini inobatga olgani
bo‘lishi, tajribadan sinalgan metodlar bilan to‘la qurollangan, ulardan
optimal foydalanish yo‘llarini mukammal egallagan bo‘lishlari lozim.
Shuningdek, ta’lim metodlarini pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida
optimal tanlash uchun ta’lim metodlari tasnifini chuqur egallagan
bo‘lishlari talab etiladi.