119
ko‘rinishi qurilishini ifodalovchi didaktik hodisa tushuniladi. Prafessor
T.A.Ilina ta’kidlaganidek (u yoki bu) tashkiliy shakl o‘qitishning turli
jamoaviy va individual ko‘rinishini hamda o‘quvchilarning turli
darajadagi mustaqilligini va o‘qituvchilarning ta’lim oluvchilar
o‘qishiga rahbarlik qilishini o‘qitiishini ifodalaydi
1
. Demak, oliy
ta’limda pedagog va talaba o‘quv munosabatlari o‘qitish- o‘qish
faoliyatining tashqi ko‘rinishini ifodalashi –ta’limning tashkiliy
shakllari deb yuritiladi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti o‘z
taraqqiyotida turli tuman o‘qitish shakllarini kasb etdi,
ularning
ayrimlari o‘z qimmatini yo‘qotmay takomillashib borgan bo‘lsa,
boshqalari keng tarqalib asta sekinlik bilan o‘z qimmatini yo‘qotib
tarixga aylanib qoldi. Ta’limni tashkil qilishning tashkiliy shakllaridan
individual o‘qitish bo‘lib bir o‘qituvchi yakka o‘quvchi bilan o‘qitish
shularini olib borgan. Jamiyat talablarining o‘sib borishi natijasida
o‘qitishning individual- guruhiy shakli paydo bo‘lib, o‘qituvchi uncha
katta bo‘lmagan guruh uchun alohida o‘quvchi bilan o‘qitish ishini olib
borgan, bunda ko‘proq o‘quvchining topshiriqlarni mustaqil bajarishi
amalga oshgan. Induvidual-guruhiy o‘qitish ishlarining taraqqiyoti
sinf-dars tizimining yaratilishiga asos bo‘lgan. Bu ta’lim tizimi aniq
yoshdagi o‘quvchilar tarkibiga,
aniq vaqtda, o‘qituvchi rahbarligida
mashg‘ulot olib brogan. Uning nomi dars uslubi deyilgan, bu tizimning
asoschisi va targ‘ibotchisi chex pedagogi Yan Amos Komenskiy edi (
XVII asr).
XVIII oxiri XIX-asr boshlarida paydo bo‘lib,keng tarqalgan
o‘qitish shakllaridan biri o‘zaro o‘qitish (Bell-Lankaster tizimi )bo‘ldi.
Bunda o‘qitish ishlari katta tarkibga ega bo‘lgan, o‘quvchilar yaxshi
o‘zlashtirish mavqeini egallagan o‘quvchining o‘qituvchi rahbarligida
mashg‘ulotlarni olib borishi bilan xarakterlanadi. O‘quvchilarning
ko‘proq mustaqil bilim olishlarini ta’minlash yo‘lidagi izlanishlar XIX
asr oxiri XX asr boshlarida AQSH maktablarida qollanilgan Dalton –
reja o‘qitish shakli hisblanadi. Bunda o‘quv mashg‘uloti yakka
ko‘rinishda va individual holda kabinetlarda,
laboratoriyalarda,
kutubxonalarda maxsus tayyorlangan topshiriqlarni bajarishga
yo‘naltirildi.
1
Ильина Т.А. Педагогика: Курс лекций: Учебное пособие для студентов пед. ин-тов.
— М.: Просвещение, 1984. - 496 с.
120
Barcha qayd qilib o‘tilgan ta’lim shakllaridan hanuzgacha o‘zining
qimmatini yo‘qotmagan, dunyoning barcha ta’lim muasasalarida keng
qo‘llaniladigan sinf- dars tizimi hisiblanadi.
Professor N.X.Avliyoqulovning fikriga ko‘ra «sinf-dars tizimi
o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
-Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talabalar
sinflarini (guruhini) tashkil etadi.
- Sinfda (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlari
va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi.
-Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta
mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi.
- O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat
ehtiyojini fan-texnika yutuqlri oliy ta’lim muassasalarda o‘qitishning
tashkiliy shakillarini mazmunan va tarkibidan o‘zgarishiga olib keldi.
Ayniqsa, mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risidagi”
Qonun talablarni
amalda bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlangan “Nizom”ga binoan oliy
maktablarda o‘quv mashg‘ulotlarining ma’ruza, amalyot, seminar,
amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, malakaviy bitiruv
ishi, magistrlik desertatsiyasini tayyorlash kabi shakl-usullar joriy
etilgan
1
.
Shu o‘rinda e’tirof
etish joizkiy, bugungi kunda oliy ta’lim
muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda quyidagi
yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda: