115
grafoproektorlar, fil’moskoplar, kinoproektorlar, videoproek-torlar
kiradi. Ularning ishlash texnologiyasi deyarli bir xil bo‘lib, ular shisha,
shaffof plyonkalarda yozilgan ma’lumotlar va axborotlarni ekranda
proektsiyalab beradi.
Fikrlar aniq, lo‘nda qilib bayon etilgan, ammo
tovushsiz. Tovushli eshittirish orqali ma’lumotlarni idrok etish
zamonaviy o‘quv radiosi, tovush yozuvchi va tovushni kuchaytirib
beruvchi apparaturalar orqali amalga oshiriladi.
2.
Ko‘rish va eshitishga moslashtirilgan audiovizual vositalar.
eshitish va ko‘rish yordamida ma’lumotlarni idrok etish. Audiovizual
vositalar
yordamida
amalga
oshadi.
Bularga
kinofil’mlar,
teleko‘rsatuvlar,
videoyozuvlar,
diafil’mlar,
videomagnitafonlar
taalluqli bo‘lib, ular videoproektorlar yordamida video axborotlarni
proektsiyalab beradi. Bugungi kunda videomagnitafonlar, kinofil’mlar,
televidenie o‘quv jarayonida keng qo‘llaniladigan
didaktik vositalar
sirasiga kirib qoldi.
Ilmiy-nazariy ma’lumotlar va maktab tajribasining ko‘rsatishicha
o‘quv-ko‘rgazmali vositalar o‘qitishning didaktik vositalari majmui
mazmunidagi eng oddiy, eng qulay va qo‘llash uchun har tomonlama
oson hamda ko‘p tarqalgan vositalar hisoblanadi.
O‘qitishning o‘quv-ko‘rgazmali vositalarini ba’zan vizual, ya’ni
o‘qitishning tovushsiz vositalari deb ham atashadi. Chunki, o‘quv-
ko‘rgazmali vositalarda axborotlar (obyekt) tasvirlangan bo‘lib, ularda
tovush bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ularni faqat namoyish etish
mumkin bo‘ladi.
O‘qitishning o‘quv-ko‘rgazmali vositalarini ko‘p qo‘llanishining
yana bir sababi, ular oddiy maktab sharoitida ham tayyorlanishi
mumkin. Ularda ma’lumotlar (obyekt) qisqa, lo‘nda, yo‘nalishli, bayon
etiladi. Shuning uchun ulardan foydalanish, ularni qo‘llash va yaratish
juda oson hisoblanadi. Shu o‘rinda e’tirof
etish joizki, o‘quv-
ko‘rgazmali vositalar muntazam faoliyatda bo‘lishi, o‘qituvchining
mavzuli-ishchi
rejasida
o‘z ifodasini topishi uchun ta’lim
muassasalarida o‘quv-ko‘rgazmalari vositalar kartotekasini ishlab
chiqish maqsadga muvofiq. Kartotekada o‘quv-ko‘rgazmali vositaning
nomi, mavzuli-o‘quv dasturdagi mavzu raqami, qisqacha mazmuni
ifodalanishi darkor. Chunki, bu vositadan aniq vaqtda,
aniq mavzuda
foydalanishni osonlashtiradi. O‘quv-ko‘rgazmali didaktik vositaning
juda ko‘p turlari mavjud bo‘lib, ular o‘quv predmetlarining juda ko‘p
jihatlarini, kunlik turmushimizdagi hodisotlarni, ishlab chiqarish
116
sohalaridagi ayrim lavhalarni aks ettiradi. Ulardan o‘rinli foydalanish
o‘quv predmetining mazmunini qiziqarli, o‘quv ma’lumotlarini
ta’sirchan, o‘quvchilar o‘zlashtirish jarayonini samarali qiladi. O‘quv-
ko‘rgazmali vositalarini tor ma’noda ko‘rgazmali
vositalar, kengroq
ma’noda o‘qitishning didaktik vositalari deb atash qabul qilingan.
Uning o‘ziga xos xususiyatlari, o‘quvchilarning ko‘rish organlariga
ta’siri, ko‘rinish qoidalari, ma’lumotlarni
bayon eta olish imkoniyati,
axborotlar etkazish turi bo‘yicha quyidagicha guruhlash mumkin.
Jadvalda aks ettirilgan o‘quv-ko‘rgazmali vositalar, didaktik
vositalar majmuidan o‘rin olgan muhim o‘quv vositalari hisoblanadi.
Axborotni uzatish, muayyan ko‘rinishda izohlash nuqtai nazaridan
natural o‘quv-ko‘rgazmali vositalar eng qulay va ko‘p qo‘llaniladigan
vosita hisoblanadi. Chunki, ularni tabiiy holda ko‘rsatish imkoniyatlari
katta. Ularni pechatli (chop etilgan) ko‘rsatmali vositalar to‘ldiradi.
Ular mavjud va ularni ta’lim muassasasi sharoitida ham yasash
mumkin. O‘qitishning hajmli ko‘rgazmali vositalari ko‘p
tarqalgani
hamda ularni yaratish imkoniyati mavjudligi uchun ham ular eng qulay
o‘quv-ko‘rgazmali vosita sanaladi. Bugungi bozor iqtisodi sharoitida
ulardan foydalanish faoliyat uchun samarali bo‘ladi. Proektsion
ko‘rgazmali vositalar garchi texnika bilan bog‘liqlik tomoni bo‘lsada,
ular ovozsiz namoyish etilganligi sababli ular ushbu guruhga kiritilgan.