302-guruh talabasi
Turdimuradov Javlonbekningning
Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti fanidan
tayyorlagan mustaqil ishi
Mavzu: Windows operatsion tizim va uning
imkoniyatlari.
Windows operatsion sistemasining kelib chiqish tarixi
Zamonaviy kompyuter yordamida ishlash uchun mo’ljallangan
ushbu bo’lim, Windows operasion tizimida ishlash uchun
mo’ljallan-gan bo’lib, unda Windows operasion tizimi xaqida
ma’lumot va ana shu operasion tizimdagi ba’zi bir eng ko’p
ishlatiladigan dasturlar bilan ishlash yoritilgan.
Windows nima? Bu operasion sistema (OS). Ya’ni inson bilan
kompyuterni o’zaro bog’lash uchun qo’llaniladigan vositalardan
biri. OSning turlari juda ko’p bo’lib, ulardan MS DOS,
OS/2,UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko’p tarqalgani
MICROSOFT kompaniyasi-ning Windows operasion
tizimlaridir.
Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi
va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko’rinib
turishidir.
Windows
- oynalar degan ma’noni anglatadi. Microsoft (MS) firmasining
dastur mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion
tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni
iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga,
foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish
holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS
Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila
boshlangan.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy
vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va
foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar
ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har
xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini
ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining
MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh
dasturi, Unix va Linux dasturlari.
Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi
tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan.
Bo’lardan 1981 yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991 yilda
yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995 yilda yaratilgan -
Windows 95 dasturi, 1998 yilda yaratilgan – Windows 98
dasturi, 2000 yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001
yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP
dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy
sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil
ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion
tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga
kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan
kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib
taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa,
bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini
o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar)
bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini
o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50
Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va
protssesor eng kamida ( ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486
bo’lishi lozim. WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish
uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb
gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar Windowsning
imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium
kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.
WINDOWS foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan ko’pgina
imkoniyatlarga ega bo’lgan dasturiy muhitdir. Uning
imkoniyatlari MS DOS dan sezilarli darajada yuqori. Windows
muhitida ishlashda foydalanuvchi ko’p qulayliklarga ega
bo’ladi. Bunda fayl va kataloglarning nusxasini olish,
ko’chirish, qayta nomlash, o’chirish va hokazo amallar tez va
yaqqol bajariladi. Shu bilan birga bir paytning o’zida bir necha
katalog bilan ishlash imkoniyatiga ega.
Windows bir paytning o’zida bir necha masalalarni echish
qobiliyatiga ega. Yagona interfeysga, ya’ni Windows turli
lahjalari va dastur ilovalari bilan ishlashning standart qoidalariga
egaligi muhimdir.
Hozirgi kunda Windows millionlab foydalanuvchilarning
e’tiborini o’ziga tortdi. Microsoft firmasi Windowsni
takomillashtirish borasida tinimsiz ish olib bormoqda. Windows
operatsion sistemasi amaliy dasturlarni ishlatish imkoniyatini
beradi. 32 razryadga mo’ljallangan amaliy dasturlar interfeysi
Application Programming Interface (API) ùozirda ko’p
ishlatiladigan tarmoq operasion tizimlar- Windows NT
yordamida ishlaydigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlashi
mumkin. Bu esa amaliy va operasion tizimlarni qo’llaydigan
yangi dasturlar yaratish imkoniyatini beradi. Hatto kompyuter
tarmoqlarini ishlatish va tizim adminstratorlari
(boshqaruvchilari)dan foydalanish jarayoni qator qulayliklarga
ega bo’ldi. Windows operatsion sistemasining (windowsOPning
aynan yangi versiyalarida) ishchi holatida saqlab turish va uni
o’rganish ilgarigiga nisbatan kam vaqt va urinishlarni talab
qiladi. Tizim shunday «aqllilashganki», u qator murakkab
amallarni o’zi mustaqil bajaradi. Bunday amallar sifatida
periferiya qurilmalarining ishlashini ta’minlash, foydalanuvchi
muhitini qayta o’zgartirishni (yangi imkoniyatlarni qo’shish) va
boshqalarni keltirishimiz mumkin.
Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish
jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi
va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab
Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish
vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.
Windows so’zi inglizcha “window”-oyna degan ma’noni
anglatadi. Windows-oynalar, ya’ni Windows operatsion tizimida
oynalar bilan ishlaydi. Microsoft (MS) firmasining dastur
mahsuli bo’lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan
kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan operasion
tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanish-ni
iloji boricha sodda va o’rganish uchun oson, shu bilan birga,
foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish
holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS
Windows 2000 operasion tizimi 2000 yildan ishlatila
boshlangan. MS Windows 2000 murakkab dasturlar majmui
bo’lib, shu bilan birga foydalanish uchun qulay operasion
tizimdir. Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0,
3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOSni qabul qilgan bo’lsa,
Windows 2000, Windows 2000 o’zi mustaqil bo’lib,
kompyuterda boshqa bir operasion tizimning bo’lishini talab
qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va
Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan.
Operasion tizim sifatida MS Windows 98/2000 quyidagi
afzalliklarga ega:
O’zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan
foydalanish ko’lami qulay u yuqori samaradorlikka ega va
mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi
lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi
32 razryadli yadroni tadbiq etish bilan samaradorlik va
ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
Iste’molchi atiga bitta dasturiy ta’minot mahsulotini xarid qilib,
qator muhim imkoniyatlarni qo’lga kiritadi: universal tarmoq
mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi,
multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo; sodda dasturlar
majmui yuqori unumlilikka ega.
Bundan tashqarii Windows bilan ishlaganda uzun, ko’p belgili
fayl nomlarini ishlatish mumkin, ularda hatto bo’sh joyni
ishlatish mumkin, ixtiyoriy ob’ektni ekranning istalgan joyiga
kontekstni (MATN parchasini) chaqirish va kontekstli menyu
yordamini olish mumkin. Windowsning samarali ishlashi uchun
kerak bo’lgan kompyuter konfigurasiyasi:
Pentium-I va undan yuqori mikroprosessori;
16 Mbaytdan yuqori sig’imli tezkor xotira;
vinchesterda 500 M baytdan ortiq xotira sig’im;
xotira 1 Mbaytdan kam bo’lmagan vidioadapter.
Windows operatsion sistemasining taqdim etilishi bu ko`pgina
imkoniyatlarning ya’ni ayniqsa kompyuterni ishlata olish
imkoniyatini bir necha ko`p martaga oshirdi va ko`pgina
qulayliklari mavjuddir.
|