•
Yagona interfeys - Windowsda foylalanuvchining muloqoti
yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy.
Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu
qoidalardan foydalanishingiz mumkin.
•
Mavjud dastur ta’minoti bilan muvofiqligi - Windows MS
DOSning barcha amaliy paketlari, taxrirlagichlari, elektron
jadvallari ishini to’la ta’minlaydi.
•
Ko’p masalaligi - Windows bir paytning o’zida bir necha
masalani hisoblaydi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni
ta’minlaydi.
•
Mavjud operativ xotiradan to’liq foydalanish imkoniyati -
Windows mavjud operativ xotiradan to’la foydalana oladi.
Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalanadi. Bu
qurilmalar bilan muloqotni o’zi ta’minlaydi.
•
Ma’lumotlar almashuvi - Windows dasturlararo
ma’lumotlar almashish imkoniyatlariga ega. Bu maxsus
Clipboard (ma’lumotlar buferi), yoki DDE (ma’lumotlarning
dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur natijalaridan
foydalanish), yoki OLE (ma’lumotlardan ularni taxrirlagan
holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.