117
Ularni ham tabiiy holatda uncha ko‘p mablag‘ sarflamasdan taxrlash va
qo‘llash mumkin bo‘ladi. Qayd etib o‘tilgan, guruhlardan o‘rin olgan
o‘quv-ko‘rgazmali
vositalardan foydalanganda,
birinchidan, o‘quv
yurtining shart-sharoitidan kelib chiqish, ikkinchidan, o‘quvchilarning
ushbu didaktik vositaga munosabatlarini
inobatga olish va nihoyat,
uchinchidan, ularning samaradorligiga va didaktik jarayonning muhim
tamoyillariga tayanish lozim bo‘ladi. endi har bir guruhdagi o‘quv-
ko‘rgazmali vositalar mazjmui bilan tanishib chiqamiz.
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar
hamda topshiriqlar:
1. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlarning mohiyati va ahamyatini
tushuntiring.
2. Pedagogik fanlarni o‘qitish metodlarning vazifalarini ayting.
3. Pedagogik
fanlarni
o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlarga
qo‘yiladigan asosiy didaktik talablarni izohlang.
4. Amaliyotda qo‘llanilayotgan o‘qitish metodlarining mazmuni
nimalardan iborat?
5. Pedagogik fanlarni o‘qitish vositalari haqida ma’lumot bering.
6. Real ko‘rgazmali vositalarni tavsiflang.
7. Laboratoriya metodi nima?