• Texnologik xarita
  • №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/173
    Sana25.01.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #145553
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   173
    Bog'liq
    12519 2 D4BA6794BFC6D138D8FFD6CA4AF53641FC0A99BB

    texnologik operatsiya– ishchi yomonidan o‘zining ish joyida 
    bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko‘rinishidagi jarayonning 
    bir qismi deb ta’kidlaniladi. 
    Texnologik rejim esa texnologik operatsiyalarni amalga 
    oshirishni belgilovchi tartib bo‘lib, ma’lum bir mahsulotni ishlab 
    chiqarishda 
    bajariladigan 
    opertatsiyalarning 
    vaqti, 
    shartlarini 
    belgilaydi
    2
    deb qayd etiladi. Bu moddiy ishlab chiqarishni yaxshilash, 
    takomillashtirish uchun texnologik jarayonni mukammallashtirish 
    lozimligini uqtiradi. Bu jarayonni mukammallashtirish ilm-fan, texnika 
    yutuqlariga tayanish, yuksak malakali mutaxasislarga ega bo‘lish, yirik 
    1
    Ibragimov X.I. Pedagogika-psixologiya – Toshkent, O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007, 27-bet 
    2
    Qarang: Ta’lim samaradorligni oshirish yo’llari seminar-trening materiallari – Toshkent, 2002, 34-bet 
    Texnologik xarita- ma’lum bir mahsulotni ishlab chiqarish 
    texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik 
    hujjatdir.


    140 
    moddiy mablag‘ mavjudligi bilan amalga oshishini tajriba 
    ko‘rsatmoqda. 
    Xuddi shuningdek, bugungi taraqqiyot, fan-texnika rivoji kasbga 
    tayyorlanayotgan bo‘lajak mutaxassislarning ham yuksak mahorat va 
    malakaga ega bo‘lishi taqozo etadi.Buning uchun esa mutaxassislar 
    tayyorlaydigan o‘quv yurtlari, umuman, uzluksiz ta’lim tizimidagi 
    o‘quv-tarbiya jarayoning pedagogik texnologiyalarga tayanib tashkil 
    etish zarurati tug‘ilmoqda. Chunki, bugungi kunda murakkab va 
    serqirra texnika bilan ishlay oladigan, fanni va ishlab chiqarish 
    jarayonini mufassal rivojlantira oladigan malakali kadrlar lozim 
    bo‘lmoqda. 
    Buning 
    yagona 
    sharti 
    ta’lim 
    tizimini 
    texnologiyalashtirishdir. Bu deganimiz o‘qituvchi-pedgogning o‘qitish 
    jarayonining unsurlari(shakl, metod, usul, vositalari)ni yaxlitligi, 
    izchilligi, natijaviyligini ta’minlash yordamida o‘quvchi-talabalarga 
    jamiyat uchun zarur bo‘lgan va oldindan loyihalashgan, ularda 
    zamonaviy bilim, ko‘nikma, malakalarni singdirish demakdir. 
    Ma’lumki, ilmiy pedagogik nashrlarda qayd qilinishicha ta’lim 
    jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi XX asrning 30-50 yillarida 
    G‘arbiy Yevropa va AQSH da o‘qitish uchun zaruriy vositalar va 
    sharoitlardan foydalangan holda didaktik amallarni muayyan izchillik 
    hamda tizimlik asosida qo‘llash lozimligi tarzida talqin etilib, ular shaxs 
    uchun zaruriy ijtimoiy sifatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi deb 
    izohlandi. Shu tariqa dastlab, ta’limning texnik vositalarini qo‘llash 
    “ta’lim texnologiyasi” sifatida e’tirof etilgan bo‘lsa, so‘ngra XX 
    asrning 60 yillarida ta’limni dasturlash “ta’lim texnologiyasi” 
    mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida qarala boshlandi. 
    Shunday qilib, “Ta’lim texnologiyasi” nazariyasi XX asrning 30 
    yillarida, o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etuvchi usul 
    va vositalar vositasi XX asrning 50 yillarida ta’lim jarayoniga texnik 
    vositalarni qo‘llash tarzida, XX asrning 60 yillarida dasturiy ta’lim 
    ko‘rinishida tashkil etildi. Shu yillarda ta’lim texnologiyasi 
    masalalarini taqiq etuvchi tashkilotlar hamda ilmiy jurnallar chop etila 
    boshlandi
    1

    Keyinchalik bu muammo MDH da, mamlakatimizda pedagog-
    olimlar tomonidan rivojlantirilib “Pedagogik texnologiya” atamasi 
    1
    Qarang: Tolipov O’.Q, Usmonova M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari –
    Toshkent, “Fan” 2006, 9-10 betlar. 


    141 
    bilan ta’lim va tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish masalasiga 
    bag‘ishlandi va bu olimlar tomonidan “Pedagogik texnologiya” 
    atamasiga berilgan ta’riflar yordamida zamonaviy pedagogik 
    texnologiyalarning mazmun mohiyatini yoritishga harakat qilindi. 
    Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, har qanday natijaga, yutuqqa inson 
    faoliyati orqali erishiladi. Zero, V.P.Bespalko ta’kidlaganidek “Har 
    qanday aoliyat yoki texnika san’atdir. San’at intuitsiyaga, texnologiya-
    fanga asoslanadi. Hamma narsa san’at bilan boshlanib, texnologiya 
    bilan tugaydi va ana shunday boshlanadi”
    1
    . Demak, faoliyat samarali 
    bo‘lishi, o‘qitish-o‘qish ko‘zlangan natijaga erishishi uchun ta’lim 
    beruvchi va ta’lim o‘rganuvchi texnologiya bilan qurollanishi va uni 
    san’at darajasida egallashi lozim. Shundagina ko‘zlangan marraga 
    yetish, maqsadga erishish mumkin bo‘ladi. 
    Qayd etib o‘tilganidek ta’lim jarayoniga texnologik yondashish 
    AQSH va G‘arbiy Yevropa pedagog olimlari hamda psixologlari 
    B.Blum, J.Blok, N.G.Gronlund, D.Kratvol, J.Kerrol, L.Anderson, 
    V.Gerlax, R.Gens va boshalar tomonidan kashf etildi. Bu muammo 
    MDH mamlakatlari pedagog-olimlari tomonidan ta’lim jarayonining 
    samaradorligini oshirish, ta’lim oluvchilarning muayyan sharoit va 
    ajratilgan vaqtda aniq bilim olishlariga imkoniyat yaratish, 
    mashg‘ulotni loyihalash hamda natijani oldindan kafolatlashga 
    yo‘naltirilgan, qayta tiklanadigan pedagogik siklni o‘z mazmunicha 
    qamrab olgan pedagogik texnologiyalarga asos solindi. 
    O‘.Q.Tolipov va M.Usmonboyevalarning ta’kidlashlaricha AQSH 
    va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining oliy ta’lim maktablarida 
    “Pedagogika” fani o‘qitilmaydi. Shu bois “Pedagogik faoliyat”, 
    “pedagogik tizim”, shuningdek, ularga bog‘liq ravishda yuzaga 
    keluvchi “Pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo‘q. 
    Ammo MDH (shu jumladan O‘zbekiston mamlakati)da o‘qituvchi-
    tarbiyachilar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarida shaxsni 
    shakllantirish, uning kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’limiy 
    hamda tarbiyaviy jarayonni qamrab oluvchi “Pedagogika” fani 
    o‘qitiladi. Shu nuqtai nazardan shaxsning yetuk kamoloti ikki faoliyat
    - ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi sifatida namoyon 
    bo‘lganligi inobatga olinib muammoga “Pedagogik texnologiya” 
    tushunchasi qo‘llanilmoqda. 
    1
    Беспалко В.П. Слагаемые педагогической технологии. М, педагогика 1999, 5 бет


    142 
    MDH mamlakatlari pedagog-olimlari V.P.Bespolko, V.M.Klarin, 
    Yu.K.Babanskiy, 
    V.A.Slastyonin, 
    N.H.Avliyoqulov, 
    N.S.Saidahmedov, I.F.Xarlamov, B.T.Pikachyov, S.K.Islamchulova, 
    K.Z.Zaripov, 
    T.K.Selevko, 
    U.N.Nishonaliyev, 
    B.L.Farberman, 
    B.M.Monaxov, M.A.Choshanov, P.A.Yusyabichens, N.E.Shurnova, 
    I.Ya.Lerner, B.G‘.Ziyomuhammadov, B.Q.Xo‘jayev, T.S.Nazarova, 
    Sh.Sh.Olimov, T.Sokomoto, J.G‘.Yo‘ldoshev, M.Usmonboyeva va 
    boshqalar tomonidan “Pedagogik texnologiya” nazariyasi hamda 
    amaliyotiga asos solindi va rivojlantirildi. Bu pedagog-olimlar 
    tomonidan pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’riflar zamonaviy 
    o‘qitish texnologiyalarining mazmun-mohiyatini ochib bera oladi. 
    MDH mamlakatlaridan o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiya 
    qo‘llash bo‘yicha birinchi harahat Rossiyada amalga oshirildi. Uning 
    hayotda qo‘llanihi zarurligini V.P.Bespalko ilmiy asoslab berdi va 
    pedagogik texnologiyani shunday ta’rifladi: “Pedagogik texnologiya – 
    o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan holda pedagogik faoliyat 
    muvaffaqqiyatini kafolatlay oladigan hamda o‘quvchi shaxsini 
    shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayonning loyihasidir”. Bu ta’rifda 
    pedagog o‘qitish jarayoni unsurlari(maqsad, vazifa, mazmun, shakllar, 
    metodlar va h.k.)ni shunday loyihalaydiki, bunda bilim oluvchilar 
    ta’lim vazifalarini mustaqil yechish imkoniyatiga ega bo‘lishlari qayd 
    etiladi. 
    Akademik Yu.K.Babanskiyning ta’rifiga ko‘ra pedagogik 
    texnologiya “O‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro bog‘langan va 
    ta’lim maqsadini hal etishga yo‘naltirilgan faoliyatini tartibga soluvchi 
    usul” 
    deb 
    qayd 
    etilsa, 
    akademik 
    B.T.Lixachyov 
    “O‘qitish(ta’lim)jarayonining shakl, metod, usul, yo‘l hamda tarbiyaviy 
    vositalarining maxsus yig‘indisi va joylarini belgilab beruvchi 
    psixologik 
    tartiblar 
    majmui, 
    tashkiliy-uslubiy 
    vositalari”-deb 
    ta’riflanadi. 
    I.Ya. Lerner “Pedagogik texnologiya – o‘quvchilar harakatlarida 
    aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan 
    aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi” deb pedagogik texnologiya 
    mohiyatini ochib beradi. 
    M.B.Klarinning fikriga ko‘ra pedagogik texnologiya “Pedagogik 
    maqsadlarga erishish yo‘lida foydalaniladigan barcha shaxsiy, uskunali 


    143 
    va metodologik vositalarning tizimli yig‘indisi va ularning amal qilish 
    tartibi” deb ko‘rsatiladi. 
    Pedagogik adabiyotlarda pedagogik texnologiya berilgan boshqa 
    ta’riflarda (I.L. Volkov, I.P.Pidkasenkiy, V.V.Yudin,M. CHashanov) 
    ham mavjud bo‘lib, fikrimizga ularning birortasi BMT huzuridagi 
    nufuzli tashkilot YUNESKOning ta’rificha “Pedagogik texnologiya 
    mazmun mohiyatini yoritish darajasida emas, mazkur xalqaro tashkilot 
    YUNESKOning ta’rifiga ko‘ra, “Ta’lim texnologiyasi – ta’lim 
    modelarini optimallashtirish maqsadida, inson va texnika resurslari va 
    ularning o‘zaro tasirini hisobga olgan holda, butun o‘qitish va 
    bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash va aniqlash 
    tizimidir“
    1
    . Bu ta’rifda pedagogik texnologiya ta’limga tizimli 
    yondashuvi ta’moyili asosida izohlanadi. Qolgan barcha keltirilgan 
    ta’riflar 
    pedagogik 
    texnologiyaning 
    mazmun-mohiyati 
    o‘quv 
    jarayonini loyihalash, tashkiliy –uslubiy vosita yig‘indisi sifatida qayd 
    etiladi. 
    Respublika pedagog-olimlari oldida o‘qitish–o‘qish ishlarini 
    jadallashtiradigan samarali va tejamli o‘quv –tarbiya jarayonini tashkil 
    etishga ko‘maklashuvchi, qayta takrorlanadi, bilim oluvchilarning 
    o‘quv – biluv faoliyatlarini ijodiy – texnikaviy tafakkur asosida 
    tashkillashtiriladigan pedagogik jarayoni yaratish vazifasi qo‘yildi. Bu 
    vazifani hal etishning yagona yo‘li pedagogik texnologiya deb e’tirof 
    etildi va u respublikamiz ta’lim muassasalarida qo‘llanila boshlandi. 
    Xorijiy hamda MDH mamlakatlari pedagog- olimlari tomonidan 
    ilmiy -nazariy va ilmiy-metodik jihatdan asoslangan pedagogik 
    texnologiyalar o‘rganilib, unga e’tirof bildirish boshlandi . 
    Natijada mamlakatimizning pedagogik matbuotida “Yangi 
    pedagogik texnologiya (Ochilov M.O., Sayidahmedov M.S.), “Ilg‘or 
    pedagogik texnologiya” (Farberman B.R., Ziyomuhammedov B.) 
    “Zamonaviy 
    o‘qitish 
    texnologiyalari” 
    (Avliyoqulov 
    N.H., 
    Abdukarimov H.) “Pedagogik texnologiya”(Azizxo‘jayeva N.N., 
    Tolipov O‘.Q.,Usmonboyeva M.) va boshqa shu kabi nomlar bilan 
    risolalar, o‘quv qo‘llanmalar chop etila boshlandi . 
    Bu risolalar va o‘quv qo‘llanmalardagi “Pedagogik texnologiya” 
    tushunchasiga ta’riflar berilganki ular muayyan tarzda pedagogik 
    texnologiya mazmun – mohiyatini ocha oladi. Jumladan, N.S. 
    Sayidahmedov ta’rifiga ko‘ra “Pedagogik texnologiya- bu o‘qituvchi 


    144 
    (tarbiyachining o‘qitishi (tarbiya ) vositalari yordamida o‘quvchi 
    (talaba) larga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va aks ta’sir mahsuli 
    sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini jadal 
    shakllantirishni kafolatlaydigan jarayondir”. Bu ta’rifda texnologik 
    jarayon asos qilib olinib, bunda ishlab chiqarish jarayoni uchun kerakli 
    bo‘lgan usul va vositalar muhim bo‘lgani kabi o‘qitish va tarbiyalashda 
    ham bu vositalarning roli beqiyos bo‘lib, ularni o‘qituvchi (tarbiyachi) 
    oldindan tanlay olishi va qo‘llashi, ta’lim – tarbiya unsurlaridan 
    mukammal foydalana olishi talab etiladi . 
    B.L.Farberman fikriga ko‘ra, “Pedagogik texnologiya – ata’lim 
    jarayoniga yangicha jarayon bo‘lib pedagogikada ijtimoiy muhandislik 
    ong ifodasidir. Upedagogik jarayoni texnika vositalari va insonning 
    texnikaviy tafakkuri asosida standart holga solib, unig optimal 
    loyhasini tuzib chiqish bilan bog‘liq ijtimoiy hodisadir”. Ushbu ta’rifda
    pedagogik texnologiya o‘qituvchi – pedagogning mahorati va texnik 
    tafakkur uyg‘unligida ta’lim- tarbiya vazifalarini hal etadigan ijtimoiy 
    hodisa sifatida e’tirof etiladi. 
    M.Ochilov “Pedagogik texnologiyani tizimli texnologik 
    yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini 
    kafolatlash va obyektiv baholash hamda texnik vositalarining o‘zaro 
    ta’sirini inobatga olib, ta’lim maqsadlarini oydinlashtirib, o‘qitish va 
    bilim o‘zlashtirish jarayonlarida qo‘llanadigan usul va metodlar 
    majmuasidir”, - deb ta’riflaydi. Bu ta’rifda pedagogik texnologiya 
    ta’lim maqsadlarida erishishda o‘qitishning tashkiliy shaklarining eng 
    muhimini faoliyatga qo‘llab, ta’limning metod va usullarini tanlab, 
    o‘quvchi-talabalarni bilim bilan qurollantirish o‘zlashtirish sifatini 
    yaxshilashga qaratilgan malum yondashuv deb qaraladi. Bunda ta’lim 
    shakllari, metodlari va usullari yaxlit bir yig‘indisi keltirilib, faoliyatda 
    qo‘llaniladigan ta’lim unsurlariga tizimli, mazmunli yondashuv 
    tushuniladi. 
    Bunday qarash yapon olimi T.Sakomatoda ham ko‘zga tashlanadi. 
    “Pedagogik texnologiya –bu tizimli fikr yuritish usulini pedagogikaga 
    singdirish, boshqacha qilib aytganda, pedagogik jarayoni muayyan bir 
    tizimga keltirishdir”.
    B.Ziyomuxammedov, Sh.Abdullayevalar ham o‘quv jarayoniga 
    tizimli yondashish nuqtayi nazridan qarab pedagogik texnologiya 
    shunday ta’rif bergan “Pedagogik texnologiya – bu millat extiyojidan 


    145 
    kelib chiqan kishi ijtimoiy shartlarni samarali shakllantiruvchi va aniq 
    maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini mazmuni sifatida ko‘rib, 
    o‘qitishni tashkil qiluvchi qismlari bo‘lgach o‘qituvchi ( pedagog)ning 
    o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi (talaba )larga ma’lum bir 
    sharoitda muayyan ketma –ketlikda ko‘rsatgan ta’rifini nazoratda 
    tutuvchi va ta’lim natijasini baholab beruvchi texnologiyalashgan 
    ta’limiy tadbirdir”.
    Bulardan tashqari, o‘zbekistonlik yana bir guruh pedagok-olimlari 
    (N.N.Azizxo‘jayeva, K.Z.Zaripov, O‘.Q.Tolipov, M.Usmonboyeva, 
    B.Q.Xo‘jayev, Sh.Sh.Olimovlar)ning pedagogik texnologiya atamasiga 
    bergan ta’riflari mavjudki, ularda pedagogik texnologiyalarning 
    muayyan xususiyatlari, ta’lim-tarbiyaning o‘ziga xos jihatlari, 
    pedagogik jarayon belgilari o‘z ifodasini pedagogik texnologiya 
    nazariyasi va amaliyotidan topgan. 
    Pedagogik texnologiya – pedagogik faoliyatni bosqichma-bosqich 
    amalga oshirib, ta’lim va shaxsning barkamol bo‘lishi, taraqqiy etishiga 
    qaratilgan 
    maqsadga 
    erishishning 
    tizimli 
    loyihasidir 
    (N.N.Azizxo‘jayeva). 
    - Pedagogik texnologiya izchil va ketma- ket amaliy faoliyatga, 
    ta’lim – tarbiya jarayoniga avvalgi rejalashtirilgan maqsadni amalga 
    oshirishga hamda ma’lum loyihani pedagogik tizim amaliyotiga 
    qo‘llashdir (K.Zaripov ); 
    - Pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, 
    aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini 
    kafolotlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmunidir ( 
    O‘.Tolipov, M.Usmonboyeva)
    1

    - Pedagogik texnologiya – muayyan maqsad natijaviyligini 
    ta’minlashga qaratilgan ta’lim – tarbiya jarayonining qoidalari, 
    usullari, shakllari, vositalarining mukammaligini anglatuvchi bilimlar 
    yig‘indisi yoki san’atdir (B.Xo‘jayev, Sh.Olimov). 
    Xorijiy davlatlar, MDH mamlakatlari, o‘zbekistonlik pedagog -
    olimlar tomonidan keltirilgan ta’riflarni ilmiy – pedagogik jihatdan 
    tahlil qilish shu xulosaga olib keldiki, ularda pedagogik 
    1
    Pedagogika texnologiya mazmun mohiyatini ochish uchun keltirilgan ta’riflar quydagi manbalardan olindi : 1) 
    Tolipov O’.Q Usmonboyeva M. Pedagogik texnologik tadbiqiy asoslari T. Fan , 2006, 2) Ta’lim 
    samarodorligini oshirish yo’lari mavzusida seminar trening materiallari. Toshkent ,2002. 3) Saidaxmadov N. 
    Yangi pedagogik texnologiyalar: nazarya va amalyot T- ‘’ Moliya ‘’ ,2003 , 6- bet 


    146 
    texnalogiyaning mazmun mohiyatini anglata oladi va ular hozirgi 
    taraqqiyot bosqichida demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat 
    asoslarini rivojlantirish sharoitida ta’lim islohotlarini amalga 
    oshirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘la oladi . 
    Shunday qilib, zamonaviy o‘qitishning texnologiyalarning, 
    ijtimoiy-iqtisodiy taraqiyot ehtiyojlarni kelib chiqib, oliy ta’lim 
    muassasalarning maktabdagi ta’limda pedagogika fanlarni o‘qitish va 
    o‘rgatish jarayonini tartiblangan, o‘zaro uzviy bog‘langan yaxlitlikka 
    keltirib, yuksak pedagogik malaka, bilim, ko‘nikma, malakaga ega 
    bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qila oladigan e’tirofga 
    qilish imkonini beradi. 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   173




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    №1 Mavzu: Pedagogika fanlarini o’qitish metodikasining predmeti

    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish