138
8-MAVZU. PEDAGOGIK FANLARNI O‘QITISHDA
PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
Tayanch
so‘zlar:
texnologiya,
pedagogik
texnologiya,
innovatsiya,
texnologik
jarayon,
texnologik operatsiya, texnologik xarita, texnologik
rejim,
tadqiqiy-ijodiy
ta’lim
texnalogiyasi,
ishbilarmonlik o‘yinlari texnalogiyasi, muammoli
o‘qitish texnalogiyasi, individuallashtirilgan ta’lim
texnalogiyasi.
8.1. Pedagogik fanlarni o‘qitishda pedagogik va axborot
texnologiyalardan foydalanishning o‘ziga xosliklari
Demokratik, huquqiy davlat barpo etish va fuqarolik jamiyati
asoslarini
rivojlantirishning
eng
muhim
masalalaridan
biri
mamlakatimiz ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalasidir. Darhaqiqat,
ilmiy salohiyatni taraqqiy ettirmay,
mamlakatni iqtisodiy-siyosiy,
ijtimoiy madaniy rivojlantirib bo‘lmaydi. Ilmiy salohiyat esa ta’lim-
tarbiya vositasida yuksaladi. Shu sabab mustaqillikning dastlabki
davridan boshlab mamlakatda barcha sohalar bo‘yicha tub islohotlar
amalga oshirildi.
Zamonaviy texnologiya deyilganda zamon talablarini qondira
oladigan, uni ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy
taraqqiyotini tezlashtira oladigan texnologiyani tushunmoq darkor.
Zero, zamonaviy texnologiya asosini
innovatsiya (inglizcha innovation
–
yangilik, yangilik yaratish) termini tashkil etadi. Shu ma’noda
innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda pedagog va talaba
faoliyatiga o‘zgartirishlar, yangilik kiritishni anglatadi va o‘quvchi
madaniyati hamda ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi.
Chunonchi:
a)
mashg‘ulot
davomida
(nazariy,
amaliy)
o‘quvchilarning ijodiy munosabatini, ijod qilish, izlanishga da’vat
etishi; bilim olishga nazariy mashg‘ulotlarni mustaqilegallashga
qiziqishlarini uyg‘otishni ta’minlashga; talabani ta’lim
obyektidan
ta’lim subyektiga aylanishiga; b)mashg‘ulotda pedagog va talabaning
doimiy hamkorlikda ishlashlarini yo‘lga qo‘yishini amalga oshiradi.
Oqibatda o‘qituvchi va o‘quvchi-talabalarning qo‘yilgan maqsadga
erishishi kafolatlandi.
139
Shunday qilib, zamonaviy o‘qitish texnologiyalari o‘zlashtirishni
faollashtirib,maqsadga erishishni ta’minlaydigan, natijani kafolatlovchi
texnologiya ekan, avvalo, uning nazariy va amaliy asoslarini yorituvchi
tushunchalar “Texnologiya”, “Zamonaviy texnologiya”, “Zamonaviy
o‘qitish texnologiyalar”ning mazmun-mohiyatini anglash,
tushunib
olish talab etiladi. Bu tushunchalarning mazmun-mohiyati, birinchidan
bu tushunchalarga berilgan lug‘aviy izohlarda, ikkinchidan bu
tushunchalarga berilgan ta’riflarda namoyon bo‘ladi.
“Texnologiya” so‘zi 1872 yilda fanga kiritildi va u yunoncha
“texne” – mahorat, san’at hamda “logos”-fan, ta’limot tarzida ishlatila
boshlandi va unga quyidagicha izoh berildi:
“-bu
fan taklif etgan algoritm, vosita va yo‘llar tizimi bo‘lib,
ishlatilganda oldindan belgilangan faoliyat natijalariga olib kelib, sifatli
va miqdoriy mahsulot chiqishini ta’minlovchi jarayondir”
1
.
Texnologiya tushuncha asosan ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Bundan texnololigik jarayon, texnologik operatsita, texnologik harita,
texnologik rejim tushunchalari “Texnologiya” so‘zining mohiyatini
yaratishda kalit rolini o‘ynaydi. Shundan
texnologik jarayon– ishlab
chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil
qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig‘indisidan iborat bo‘lsa,