Suyarov Zoir Shoymardonovich
Qashqadaryo viloyati PYaMO’MM o’qituvchisi
Annotatsiya
Maqolada ta’lim jarayonida multimedia vositalarining turlari va ularning samaradorligi haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan.
Kalit so’zlar
Zamonaviy axborot texnologiyalari, multimedia, multimedia vositalari, multimedia texnologiyasi, informatsion vositalar, kompyuter savodxonligi.
Ma’lumki, har bir shaxsning ma’naviy kamoloti unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni shakl va metodlariga bog’liqdir. Shu boisdan ta’lim-tarbiya jarayonini pedagogik talqin qilish, uning samarali kechishini ta’minlash zarurati yuzaga keldi. Buning uchun kichik maktab yoshidagi (1-4 sinflar) o’quvchilarini tarbiyalashda ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalaridan ham unumli foydalanish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, Internet bo’yicha ilk elementar tushunchalar berish lozim bo’ladi. Ana shunday texnologiyalaridan biri multimedia vositalaridir. Multimedia vositasini ta’lim sohasiga tatbiq etish uchun uning elektron manbalarini ishlab chiqish zarurati tug’iladi. Bunday ta’lim manbalariga elektron darsliklar, qshllanmalar, metodik ishlanmalar, taqdimotlar, slaydlar, Internet materiallari, axborot-resurs markazlari kiradi.
Multimedia vositasining bir qancha ta’riflari mavjud, ularning ayrimlarini keltiramiz. Jumladan, multimedia - (inglizcha-yunoncha multimedia - o’rta vositalar) bu –axborot informasiya uzatishning xilma-xil vositalarini qamrab oluvchi texnologiya bo’lib, unda muayyan dasturlar va vositalar mavjud bo’ladi. Multimediaga ega
kompyuterlar odatda kuchli videotizmga, vadeomagnitafon va videokameralarni ko’rish imkoniyatiga, tasvirni ushlash va axborotlarni rangli grafika, ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar kabi turli ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyatidir. Multimedia texnologiyasi – informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika va animasiya ( obyektlarning fazodagi harakati) samaralari asosida o’quv materiallarini tarbiyalanuvchilarga yetkazib berishning
mo’ljallangan ko’rinishidagi texnologiyasidir.
Multimedia – bu maxsus texnologiya bo’lib, dasturiy va texnik moddiy ta’minot asosida kompyuterda bir vaqtning o’zida matnli, tasviriy axborotni tovushli va harakatli holda ifodalash imkoniyatidir.
Multimedia – kompyuter tizimida matn, tovush, videotasvirni va turli animasiyalarni mujassamlashtirish imkonini beruvchi zamonaviy axborotlar texnologiyasidir.
Multimedia vositalariga multimedia vositalarini yaratishda foydalanadigan audiokolonka, mikrofon, videoproyektor, Veb kamera, TV tuner kabi uskunalar, dasturlar va amalda foydalanishga mo’ljallangan materiallar kiradi.
Multimedia vositalari pedagogik nuqtai nazaridan boshlang’ich sinf o’quvchilarining ta’lim-tarbiyasi jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida yangicha yondashuv hisoblanadi. Kompyuterli texnologiyalar o’quvchilarning faolligini oshirishda, o’rganiladigan o’quv materiallarining hajmini ko’paytirishda va ta’lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita sifatida amalga oshirilmoqda. Unda kompyuter monitoriga qarab ekranda ko’rsatiladigan materiallardan foydalanib bilim olish, kompyuter savodxonligini shakllantirish, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Multimediali kompyuterli texnologiyada ko’rgazmali vositadan tashqari ta’lim beradigan manba sifatida qaraladi. Chunki o’rganiladigan materiallar oldindan kompyuter xotirasiga joylashtirilgan bo’ladi. O’qituvchi qaysi mavzuni o’quvchilarga o’rgatmoqchi bo’lsa, kerakli ma’lumotlarni monitor ekraniga chaqirib oladi va
namoyish etiladigan materiallar bilan o’quvchilarni tanishtiradi. Shu asosda ular mavzu yuzasidan namoyish etilgan materiallarni o’rganib boradilar. Bunda o’quvchilar kompyuter bilan yetarli darajada qo’nikma hosil qiladi. Shu bilan birga kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning kompyuterdan foydalanish jarayonida tafakkuri rivojlanadi, bilim olishga qiziqishi ortadi va dunyoqarashi kengayib boradi.
Multimediadagi matn qisqa, tushunarli va aniq bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi uni nafaqat o’qish, balki yod olish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ovoz o’qish yoki turli vositalar tovushdan iborat bo’ladi. Bunda ovozning jalb qilish xususiyatiga, ya’ni intonatsiyali, musiqali yoki hayajonli bo’lishi katta ahamiyatga ega. Jonli harakat odam, narsalar yoki predmetlarning xatti-harakatidan tashkil topadi. Undagi yagona talab-jonli harakatlarning tarbiyaviy va estetik xususiyatiga ega bo’lishidir. Grafik tasvirlar muayyan mavzuni tasavvur qilish uchun hosil qilinadi. Bu hol xotirani mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Multimedia vositalaridan o’qitish jarayonida foydalanish o’qitish sifatini va samarasini oshirishning eng qulay usullaridan biri bo’lishiga qaramasdan, unga mos dasturlar bo’lmasa yoki ulardan foydalanilmasa kutilgan samarani bermaydi. Shuning tuchun har bir o’quv fanining xususiyatidan kelib chiqib, o’quv materialining asosiy va muhim elementlarining o’quvchilar o’zlashtirish jarayoniga mos kelishi, dastur vositalari ekrandagi tasvirlarning rangiga, ma’lumotlarning tuzilishiga, obyektlarning ko’rinishiga, tovushlarning qulayligini e’tiborga olishni nazarda tutadi.
Mulimedia vositalari o’quvchiga yakka tartibda yondashish imkonini beradi. O’qituvchining bevosita ishtirokisiz ham o’quvchi materialni o’zlashtirishi mumkin bo’ladi. Multimedia xozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyalardan bo’lib, u quyidagi xususiyatlarga ega:
An’anaviy axborot turlarini: matn, jadval, turli xil bezaklar hamda orginal axborot turlarini: nutq, musiqa, telekadrlar, videofilmlardan parchalar, lavhalar, animasiya ko’rinishidagi axborotlarni o’z ichiga oladi.
Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prottessorning harakatchanligini, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyatini, tezkor video va xotira hajmini, katta sig’imli tashqi xotirani, kompyuter kirish - chiqish kanallari bo’yicha almashinuv tezligini taxminan ikki barobar oshirish talab etiladi;
“inson-kompyuter-inson” interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanishda ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishga ega bo’lish.
Hozirgi amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida ta’lim sohasida o’quvchilarni o’qitish ikki baravar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, o’quvchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 % gacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar audio video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan holatda o’quvchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 70-95 % ga oshishi kuzatimoqda.
Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida o’quvchilarga bilim berish afzalliklari quyidagilardan iborat:
Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;
Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada oshishi;
Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi;
Olingan bilimlarning kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolishi va uni amaliyotda qo’llash mumkinligi.
Multimediani ta’lim jarayoniga qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud, jumladan:
Ta’lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni qo’llanma shaklida o’quv kom’pyuter dasturlari ko’rinishida ishlab chiqish;
Ishlab chiqilgan o’quv kom’pyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini qo’llash.
Taraqqiy etib borayotgan informatsion vositalar jamiyatimizda ijtimoiy rivojlanishining asosini belgilovchi an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati, tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intelektual faoliyati, mustaqil ravishda o’z bilim va ko’nikmalarini takomillashtirishi kabi omilllar tashkil etadi. Katta hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog’liq axborot yaratish jarayoni inson faoliyatini turli soxalarida kompyuter texnoloiyalarini rivojlantirishlarini ko’zda tutadi.
Inson tafakkuri shu qadar taraqqiy etib bormoqdaki, bunda texnikalashtirish va kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli soxalari, balki madaniyat va ta’lim soxalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko’tardi. Bu o’z o’rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko’rib chiqish uchun yangi bilim hamda ko’nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug’dirdi.
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter tehnologiyalarini egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi. Mazkur talabga javob berish uchun mutaxassislarni tayyorlash jarayonida, ya’ni ta’lim muassasalarida yetarli baza yaratilishi kerak.
Hozirgi vaqtda ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Yangi pedagogik tehnologiyalar deganda, an’anaviy va noananaviy metodlar bilan bir qatorda ta’limni kompyuterlashtirish ham tushuniladi. Shu manoda tobora shakllanib borayotgan kompyuter-axborot madaniyati
axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini xosil qiladi. Bunda inson inofrmation koinot bilan o’zaro muloqotga kirishadi. Telekommunikasiya (telefon, televideniye, radio) tarmoqlarining kompyuter tarmoqlari bilan birikishi yagona jahon axborot makonini-multimediani tashkil etadi. Ushbu makonning eng muhim qismi Internet tarmog’i ayniqsa uning giper-media xizmatlari (Vorld-Vide Veb), gipermediapochta, videokonferensiyalardir.
Multimedia (“ko’p muhitlik” degan ma’noni bildiradi)-zamonaviy axborotlar tehnologiyasi bo’lib, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko’rinishlari-matn, jadval, grafika, nutq, animatsia, multiplikatsiya), video tasvir, musiqa yordamida axborotni yig’ish, saqlash, qayta ishash va uzatish vazifalarini bajaradi. Multimedia “inson-kompyuter” interaktiv (diologig) muloqotning yangi, takomillashgan pog’onasi bo’lib, unda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Multimedia vositalaridan hordiq chiqarish, ta’lim olish va reklama kabi sohalarda foydalaniladi. Multimedia vositalari asosida kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga ta’lim berish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik nuqtai nazardan juda katta ahmiyatga ega. Unda beriladigan material chuqurroq o’zlashtiriladi, vaqtni tejash imkoniyatiga erishiladi, olingan malumot kishi xotirasida uzoq vaqt saqlanadi, kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning passiv tinglovchi sifatida ishtirok etishi qisqarib, izlanuvchanlik va bilish faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan multimedia dasturlari tadbiq etiladi, ta’lim jarayoniga badiiylik kiritiladi.
|