42
o‘quvchilarning intellektual va jismoniy rivojlanishlarini ta’minlashdan
iborat. Ta’lim jarayoniga rahbarlik qilish o‘quv rejasi asosida
o‘qituvchi tomonidan qat’iy tarzda amalga oshirilishi kerak.
O‘quvchilar esa tartib-intizomga rioya qilgan holda o‘qituvchini so‘zsiz
tinglashlari kerak, degan g‘oya ilgari suriladi. O‘qituvchi tomonidan
amalga oshiriladigan harakatlar, birinchi navbatda, kuchli iroda egasini
shakllantirishga yo‘naltirilishi lozim. O‘quvchilar esa o‘quv
materiallari bayonini so‘zsiz tinglashlari va uni o‘zlashtirishlari kerak.
Bu jarayonda o‘quvchilarga o‘z ijodiy layoqatlarini namoyon qilishlari
uchun ruxsat berilmaydi. Mazkur tizim doirasida ayni bir guruhdagi
o‘quvchilar teng hisoblangan, ya’ni har bir o‘quvchining o‘ziga xos
xususiyatlari hisobga olinmagan. O‘qituvchi esa o‘quv jarayonini
qo‘shimcha materiallar bilan boyitish huquqiga ega emas. Bu jarayonda
intizomni qo‘llab-quvvatlash maqsadida cheklovlardan foydalanishga
ruxsat berilgan, chegaralangan tarzda o‘quvchilar jazolangan. I.Gerbart
tomonidan ilgari surilgan didaktik tizimda o‘quvchilarning amaliy
ko‘nikma va malakalariga o‘rin ajratilmagan. Shuning uchun ham
mazkur didaktik tizim o‘quvchilarni kundalik hayotiy faoliyatga
tayyorlash imkoniyatiga ega emas edi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, I.Gerbart tizimi o‘quv jarayonida
samaradorlikni ta’minlash imkonini bermadi. Mazkur tizimdagi
kamchiliklardan xulosa chiqargan holda mutaxassislar boshqa didaktik
tizimni asoslashga muvaffaq bo‘lishdi.