|
Dunyo tan olingan soha it
|
bet | 1/2 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 16,68 Kb. | | #233185 |
Bog'liq IT haqida tezis
TATU Farg‘ona filiali O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi assistenti Husaynova Mahliyo Ma’rufjon qizi
+998(97)8775566, dalerhusaynov700@gmail.com
TATU Farg‘ona filiali 711-23-guruh talabasi
Luqmonov Tohirjon Baxodir o‘g‘li
Telefon:+998(94)1307898, tohirjon48091994@gmail.com
DUNYO TAN OLINGAN SOHA - IT
Annotatsiya. Mamlakatimizda IT sohasining ahamiyati va uning rivojlanish bosqichlari. IT sohasining takomillashib borishi bizning Mamlakatimizga ham kirib kelishiga sabab bo’ldi. IT sohasi boshqa sohalarga uzviy bo'g'liq bo'lganligi uchun yurtimizda Yurtboshimiz SH.M.Mirziyoyev tomonida IT sohasini rivojlantirishi bu sohada tarmoq ostida faoliyat yuritish muhim va dolzarbligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so’zlar: axborot texnologiya, internet, dastur, dasturlash tillari, “C” dasturlash tili, “Sambhram” Universiteti, Facebook, Mark Zuckerberg, algoritm, “Bir Million O’zbek dasturchi”, IELTS serifikati.
KIRISH
IT - o’zi nima ? IT- (“Information Technology “ ) - so’zi ingliz tilidan olingan bo’lib, “Axborot Texnalogiyalari” degan ma’noni anglatadi. Barcha insonlar dasturlashni o'rganishlari kerak , chunki dasturlash insonni fikrlashga o'rgata oladi . Stiv Jobs TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI Axborot Texnalogiyalari bu – axborotni hosil qilish, uni yigi’sh, tarqatish, saqlash, qayta ishlash, himoyalash kabi vazifalarni bajaruvchi hisoblash texnikasi. Axborot Texnalogiyalar sohasi o’zining Xalqaro mavqei bilan jozibador: ko’plab kompaniyalar turli mamlakatlarda vakolatxonalariga ega va butun dunyo bo’ylab eng malakali ishchilarni jalb qilishadi. Shuning uchun IT mutaxasislari internet mavjud bo’lgan Dunyoning istalgan joylarida ishlashlari mumkin. Haqiqiy IT mutaxassisi doimo barmog’ini yurak urishi va sohadagi o’zgarishlaridan xabardor bo’lishi kerak. Shuningdek, IT sohasi mutaxassislari uchun O‘zbekistonda va AQShda to‘lanadigan yillik o‘rtacha maoshlar haqida ham ma'lumot berilgan. Barchamiz bilamizki, hozirgi kunda eng jadal rivojlangan va rivojlanayotgan sohalardan biri bu IT. Yon – atrofimiz elektron qurilmalar bilan o’ralgan bir zamonda, hayotimiz ham ITga chambarchas bo’g’liq bo’lib qoldi, bugungi kunimiz emas , hatto kelajagimiz ham IT sohasi bilan quriladi. Ko’plab Mamlakatlar IT sohasining rivojlanishiga katta e’tibor qaratmoqda. Kundalik hayotda foydalanayotgan turli xil televizorlar, mashinalar, smartfonlar, smartwatchlar va boshqa turdagi har xil maishiy texnikalarimiz maxsus dasturlar orqali ishlaydi, dasturlar esa to’g’ridan to’g’ri dasturlash tillariga va maxsus programmalarga tayanadi. Birinchi dasturlash tili bu “C”+ dasturlash tili hisoblanadi. “C” -kompilyatsiyalanuvchi statik dasturlash tili bo’lib, uni 1969-1973-yillarda Bell Labaratoriyasi xodimi Dennis Ritchie yaratgan. Bu dasturlash tili rivojlangandan so’ng, C++, C#, Java, Objective-C va boshqa ko’plab dasturlash tillari uchun asos bo’lgan. Bu dasturlash tillari hozirgi kunda ko’plab sohalarda bizga ko’makdosh. Ayniqsa, ko’p ko’rganimizdek, Bank sohasida ham ko’plab ishlarimizni yengillashtirmoqda. Pul o’tkazmalari, Bank omonatlari, valyuta almashishlar va hokazolar bunga misol bo’la oladi. Axborotni muhofaza qilish har bir bank, har bir kompaniya , har bir davlat korxonasiga kerak. IT sohasining takomillashib borishi bizning yurtimizga ham kirib kelishiga sabab bo’ldi. IT sohasi boshqa sohalarga uzviy bo'g'liq bo'lganligi uchun, yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonida IT sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Hattoki, Axborot Texnalogiyalarini o’qitish uchun chet el bilan hamkorlikda maxsus universitetlar ham tashkil etilishiga sharoitlar yaratib berilmoqda. Bunga misol qilib Jizzax viloyatida Hindiston bilan hamkorlikda 2021-yili tashkil etilgan “Sambhram” Universiteti misol bo’la oladi, bundan tashqari boshqa hududlarida ham shunday universitetlar, IT Markazlari va IT akademiyasi tashkil qilinishi yaqqol misol bo‘la oladi. IT sohasi bilamizki, ingliz tili bilan bog’liq. Universitetlarda, maktab, MTM, qolaversa Davlat organlarida ham hozirda bu tilga extiyoj bor. Undan tashqari hozirda Davlat organlarida ish olib borayotgan hodimlardan ham bu til savodxonligi talab qilinmoqda. IT sohasining ustasi bo’lish uchun qimmat kompyuter bo’lishi shart emas, ya’ni eng yaxshi rusumli kompyuterni sotib olgunga qadar o’rganishni to’xtatmaslik lozim. Hamma narsa oddiylikdan boshlanadi. “Facebook” ixtirochisi Mark Zuckerbergni bir misol qilib olishimiz mumkin. U yaratgan bu ijtimoiy tarmoq Dunyoda ommalashib ketganligi sabab, Mark 23 yoshida Dunyoning eng yosh milliarderi deb tan olingan. Hozirda aylanma mablag’i 7,872 mlrd $ , foydasi esa 2,804 mlrd $ tashkil etadi. Bu raqamlar oz muncha mablag’ emas. Agar o’ylab ko’rganda, bu foyda bizda bo’lsachi, oila extiyoji, Mamlakat rivojlanishiga katta raqamli foyda investetsiya kiritilar edi. Sayt yaratilishi orqasida bir muncha mehnat va moddiyatni yechimini toppish mumkinligini u isbotladi va ko‘rsata oldi. “Algoritim” buyuk bobokalonimiz Al-Xorazmiy tomonidan yaratilgan, ya’ni hozirda foydalanayotgan dasturlar, kompyuterlar va boshqalarining yaratilishida o‘rni kattadir. Yangi O‘zbekiston raqamli hayot strategiyaning bosh mavzusi ekanligi. Hozirgi kunda biz dasturlash tillari, hatto algoritmni ham chet el mamlakati IT sohasining rivoji bizning ta’limdan anchagina ilgarilab borayotgani, bu ancha achinarli hol. Lekin ayni paytda har sohada, hatto IT sohasida ham yanada rivojlanishimiz uchun turli xil tadbir ishlari olib borilmoqda. Chet eldan eng yaxshi dasturchilar keltirilib , mamlakatimiz kelajagining rivoji uchun sifatli axborotlar va ma’lumotlar almashinmoqda. Yuqorida aytib o’tilganidek bu soha vakillari dunyoning istalgan joyida faoliyat yurita oladi. TADQIQOT NATIJALARI Yurtimizda “Bir Million O’zbek dasturchi ” platformasi 12 yoshdan oshgan O’zbekiston aholisini bepul masofadan turib o’qitish uchun mo’ljallangan loyiha tashkil etilgan. Bu platforma orqali biz raqamli texnalogiyalar sohasidagi dasturlash ko’nikmalariga ega bo’lishimiz, turli dasturlash tillarini, yo’nalishlarini o’rganishimiz, qolaversa, ma'lum belgilangan dars mashg’ulotlarini a’lo darajada tugatganligi uchun maxsus sertifikatlar ham beriladi. Bu sertifikatlarning yana bir qulay tomoni shundaki, sertifikati bor dasturchi Davlat Banklaridan foizsiz kridit olishlari, IELTS sertifikati ham bo’lgan dasturchilar chet el kompaniyalarida ishlari ham mumkin. Bulardan tashqari eng bilimli dasturchilar uchun har xil pul mukofatlari ham qo’yilgan.Bu bilan yosh ixtirochilarni va innovatsiyon, kreativ yondashuvchilarni moddiy va ma’naviy rag‘batorqali izlanishga davit etmoqda. IT sohasini o’rganish bo’yicha dunyo tan olgan davlat Hindiston Davlati hisoblanadi. U yerda dasturlash turlarini, dasturlashga bo’g’liq bo’lgan ingliz tilini o’rganish birinchi masala hisoblanib kelinadi. Shu bois, hozirda yirik kompaniyalarni boshqarmoqda. Davlatga ko’p tomonlama investitsiya kirib kelishing sabablaridan biri ham bu IT. Bu soha Hindiston Davlatini iqtisodiy tamonlama yuksalishida o‘ni bor.
|
| |