41
3-MAVZU. ZAMONAVIY DIDAKTIK KONSEPSIYALAR
Tayanch so‘zlar: didaktik tizim, konsepsiya,
an’anaviy didaktik tizim, progressiv didaktik tizim,
zamonaviy didaktik tizim, ochiq ta’lim tizimi,
hamkorlik
pedagogikasi,an’anaviy
yondashuv,
ratsionalistik yondashuv, fenomenologik yondashuv,
texnokratik yondashuv, ezoterik yondashuv.
3.1. Rivojlantiruvchi ta’limning asosiy konsepsiyalari tavsifi
Didaktik konsepsiya (didaktik tizim) ta’limda o‘qituvchi va
o‘quvchi faoliyatini tashkil etish maqsadi, mazmuni, vositalari, usullari,
tashkiliy shakllari to‘g‘risidagi qarashlar (g‘oyalar) majmuidir.
Didaktik tizim ta’limni amalga oshirishning yaxlit tarzda shakllangan
tarkibi bo‘lib, u muayyan mavqe va nuqtai nazarlarga ega bo‘lgan
o‘ziga xos mezonlar bilan farqlanuvchi pedagogik hodisa. Didaktik
tizimlarni shartli ravishda uch guruhga ajrataish mumkin: an’anaviy
didaktik tizim, progressiv didaktik tizim, zamonaviy didaktik tizim.