|
Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati. Yunesko tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati
|
bet | 1/3 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 114,12 Kb. | | #265308 |
Bog'liq 3-Taqdimot Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati. YUNESKO tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati. Reja: 1.YUNESKO tashkilotining ta'lim sohasidagi faoliyati. 2.YUNESIF MOT xalqaro tashkilotining vazifalari va ta'lim -tarbiya jarayonlari yuksalishidagi o'rni. 3.MOT xalqaro tashkilotning kasbiy ta'limni rivojlantirishga doir faoliyati. YUNESKO – bu tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta‘lim, fan, madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkiloti bo‘lib, u 1946 yilda tashkil etilgan. 1992 yilgi ma‘lumotlarga qaraganda, bu xalqaro tashkilotga jahonning 171 davlati, shu jumladan, O‘zbekiston ham a‘zodir. Bu tashkilotning qarorgohi Fransiyaning poytaxti Parij shahrida bo‘lib, uning oliy boshqaruv organi — Bosh direktordir. Bu xalqaro tashkilotga a‘zo bo‘lgan mamlakatlarning vakillari 2 yilda bir marta o‘zlarining Bosh konferensiyalariga to‘planadilar. Bu anjumanda ular YUNESKOning keyingi 2 yillik faoliyatining dasturini qabul qiladilar. Ushbu dasturni amalga oshirish uchun unga a‘zo bo‘lgan davlatlar mablag‘ — byudjet ajratadilar. YUNESKO faoliyati o‘ta xilma-xil va ko‘p qirralidir. Loaqal uning ta‘lim bo‘yicha faoliyatiga nazar tashlaylik. Bu boradagi ishlar juda ko‘p yo‘nalishlarda olib boriladi va bu yo‘nalishlar bir-biridan muhimdir. By rivojlanayotgan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish, jahon ta‘limi rivojlanishidagi tendensiyalarni tahlil qilish va uni ommalashtirish, u yoki bu mamlakatda ta‘lim bo‘yicha olib borilayotgan siyosatni ham moddiy ham ma‘naviy rag‘batlantirish va hokazolar. YUNESKO faoliyatida xalqaro hamkorlik, tinchlikni saqlash masalalari asosiy o‘rinni egallaydi. Shu tufayli ham uning Nizomida ―Urush haqidagi fikrlar odamlar aqlida paydo bo‘ladi, binobarin, urush vasvasasini ularning ongidan chiqarib, tinchilikni himoya qilish g‘oyasini tarbiyalamoq kerak‖- deb yozib qo‘yilgan. Fan va texnologiyani rivojlantirish borasida YUNESKO bir qator davlatlararo dasturni amalga oshirdi. Bu dastur asosan ekologik muhitni yaxshilash, atrof- muhitni muhofaza etish bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda muvofiqlashtirilgan, birgalikdagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, jahon ilmiy markazlari, universitetlar, olimlar hamkorligini rivojlantirish bilan bog‘liq muhim ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati. Yunesko tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati
|