|
Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati. Yunesko tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati
|
bet | 2/3 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 114,12 Kb. | | #265308 |
Bog'liq 3-Taqdimot 1992 yil 2 martda O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a‘zo qilib qabul qilingach, BMTning barcha tashkilotlariga a‘zo bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. Shu bois Respublikamiz 1993 yil 26 oktabridan boshlab YUNESKOga a‘zo bo‘ldi. Yuqoridagi sanalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston YUNESKOga a‘zo bo‘lganiga ikki yildan ko‘proq vaqt o‘tdi. Lekin shu qisqa vaqt ichida ko‘p ishlar amalga oshirildi. YUNECKO tashabbusi bilan Fransiyaning Parij shahrida, Samarqandlik olim, davlat arbobi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarining butun jahon tarixiy obidalar ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha ko‘pgina ishlar qilindi. YUNESKO ana shu muammolarni, boshqa xalqaro va hududiy hamjamiyat tashkilotlari bilan hamkorlikda bartaraf etish yo‘lida ishlashga o‘zining tayyor ekanligini izhor etdi. YUNESKO Markaziy Osiyoda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish istiqbollarini o‘rganish ishida ham katta amaliy yordam ko‘rsatmoqda. Bu ish shunisi bilan katta ahamiyatga molikki, butun Markaziy Osiyo Respublikalari Orol dengizining qurib borayotganligi munosabati bilan jiddiy ekologik tanglikka, sanoat chiqindilaridan atrof-muhitni ifloslanishi kabi muammolarga duch kelmoqdalar. Endilikda bu ulkan tadqiqotlar to‘rt asosiy yo‘nalishda olib borilmoqda: 1. Ipak yo‘li mamlakatlariga kiruvchi xalqlarning tili va yozuvini o‘rganish; 2. Karvonsaroylar o‘rnini aniqlash va ularni qayta tiklash, pochta aloqalarini yo‘lga qo‘yish; 3. Kosmik arxeologiya‘ni qayta jonlantirish; 4. Jahon turistik tashkiloti bilan hamkorlikda ipak yo‘li bo‘ylab turistik yo‘nalishlarni ochish va uni harakatga keltirishdan iborat. YUNISEF 1946 yilning 11 dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining birinchi sessiyasidayoq bir ovozdan YUNISEF — BMTning Favqulodda Bolalar Fondi nomi bilan tarkib topdi. YUNISEF tashkil topgan dastlabki yillarda uning mablag‘i urushdan qattiq jabrlangan Yevropa va Xitoy bolalariga oziq-ovqat, dori-darmonlar uchun sarf qila boshladi. 1950 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi YUNISEF vakolatini yanada kengaytirdi. Uning mablag‘lari rivojlanayotgan davlatlardagi son-sanoqsiz bolalar uchun sarflana boshladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati. Yunesko tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati
|