|
Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati. Yunesko tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati
|
bet | 3/3 | Sana | 23.06.2024 | Hajmi | 114,12 Kb. | | #265308 |
Bog'liq 3-Taqdimot 1953 yilning oktabridan BMT Bosh Assambleyasi YUNISEFni o‘zining doimiy organiga aylantirdi. Endi u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar fondiga aylandi. Lekin uning kafolatlari va vazifalari to‘laligicha saqlab qolindi. 1960 yillardan boshlab YUNISEF bolalar manfaatlarini global himoya qiluvchi zabardast organga aylandi. 1965 yilda YUNISEFning Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishi, xalqaro bolalar hayotida naqadar xayriya va saxovat manbai bo‘lib shakllanganligini to‘la e‘tirof etilishi bo‘ldi. Hozirgi kunda ham YUNISEF bolalar manfaatlarini himoya qilishga, ularni sog‘lom, o‘qimishli bo‘lib o‘sishlariga ko‘maklashish, bolalar o‘limini oldini olish, ommaviy qirg‘in keltiruvchi va boshqa xavfli kasalliklardan muhofaza qilish, onalik va bolalikni himoya qilish, loaqal qizlar hamda o‘g‘il bolalarga bepul boshlang‘ich ma‘lumot berish, ular farovonligini ta‘minlash ishlariga asosiy e‘tiborni qaratmoqda. MOT (XMT) Inson huquqlarini hurmat qilish, ularning mehnat turmush sharoitini yaxshilash, ish bilan ta‘minlashni yo‘lga qo‘yish, mehnatkashlarning jamiyat talablariga mos kasb bilan ta‘minlash ularning kasb mahoratlarini oshirish, iqtisodiy ahvolini yaxshilash kabi ijtimoiy adolat tamoyillarini amalga oshiruvchi xalqaro tashkilot — MOT (xalqaro mehnat tashkiloti) birinchi jahon urushidan keyin tashkil qilingan edi. Respublikamizda YUNISEF faoliyatining asosiy yo‘nalishlari onalik va bolalikni himoya qilish, ularga kerak tibbiy yordam ko‘rsatish, to‘laqonli ta‘lim berish, turmush sharoitini yaxshilashning ijtimoiy kafolatini himoya qilishdan iborat. Shuningdek, YUNISEF respublikamizda onalar va bolalar kasalliklarini oldini olish, ularni 100 foiz immunizatsiya qilish, bolalarni chechak, ich terlama, difteriya, poliomilit, ko‘k yo‘tal, quturish kabi kasalliklardan himoya qilish kabi amaliy ishlarni bajarmoqda. XMT hozir quyidagi vazifalarni bajarmoqda: 1. Mehnatkashlarning ish sharoitini va turmush tarzini yaxshilash, ishga joylasha olish qobiliyatini oshirish; 2. Xalqaro mehnat normativlarini joriy etish, uni qo‘llanishini nazorat qilish; 3. Keng ko‘lamda xalqaro texnik-texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu sohada davlatlar o‘rtasida faol hamkorlikni va bu siyosatni samarali amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish; 4. Professional tayyorgarlik, hunar-texnika ta‘limi umumiy tadqiqotlar, nashriyotlar sohasida faoliyat ko‘rsatish va hokazolar. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qiyosiy pedagogika fani rivojlanishida xalqaro tashkilotlar va ularning faoliyati. Yunesko tashkilotining ta’lim sohasidagi faoliyati
|