1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja




Download 78,76 Kb.
bet3/21
Sana19.06.2024
Hajmi78,76 Kb.
#264436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal

Tayanch tushunchalar: 
Konflikt tipologiyasi, funktsiyalari, rivojlanish bosqichlari, ta`sir qiladigan omillar, konfliktlarni 
keltirib chiqaruvchi omillar, konflikt tuzilishi.


2.1.Konflikt tipologiyasining asosiy yo`nalishlari 
Konfliktologiya sohasining taniqli tadqiqotchilaridan biri V. P. Sheynov o`zining
«Konflikti v nashey jizni i ix razreshenie» «Bizning hayotimiz konfliktlari va ularning esimini 
topish» degan asarida konfliktlarning uchta formulasini keltirib o`tadi (A, B va V).
Konfliktlarning formulalarining amaliy ahamiyati juda katta, chunki ular ko`plab konfliktlarni 
tez va oson tahlil qilish va ularni bartaraf qilish yo`llarini topishga yordam beradi. Shu bilan
birga bir narsani unutmasligimiz kerakki bu formulalar barcha konfliktlarning echimini 
topadigan universal metod deb hisoblasak yangilshamiz.
Shu o`rinda konfliktologiyaning ilmiy manbalaridan biri bo`lgan sotsiologiya fanining 
xizmatini ko`rsatmay bo`lmaydi. Sotsiologiyaning asoschilari hisoblangan Ogyust Kont, Gerbert
Spenser va boshqalar, masalan, jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarni o`rganish uchun albatta, o`ziga 
xos, ayrim psixologik holatlarni o`rganmoq lozim, degan fikrni qat`iy turib isbot qildilar.Ular har
bir ijtimoiy voqeada ruhiy hodisalar borligini isbot qilishga urindilar.Maslan, frantsuz sotsiologi 
G.Tard har bir individda “ijtimoiy fakt” borligini,bu narsa uning miya doirasidagina emas, balki
bir qancha miyalar aloqasi tufayli mavjuddir, deb hisoblaydi. Ijtimoiy xulq-atvor modeli, uning 
fikricha, doimo individlararo munosabatni o`z ichiga olib, bunda bir individ boshqa individga
doimo taqlid qiladi, shuning uchun ham shaxsni o`rganish boshqa shaxslarni inkor qilmasligini 
talab qiladi.Shunday qilib, sotsiologiyada psixologik yo`nalish paydo bo`ldi. Tarddan keyin
L.Uord, F.Giddings va boshqalar ruhiy holati bilan uzviy ravishda o`rgana boshladilar. Ularning 
fikricha, ijtimoiy fakt –bu ijtimoiy aql, tafakkur bo`lib, u “jamiyat psixologiyasi” eki
sotsiologiyaning bahs mavzusidir. 



Download 78,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 78,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifalari Reja

Download 78,76 Kb.