Konfliktning rivojlanish bosqichlari, unga ta`sir qiladigan omillar va yuzaga kelish




Download 78,76 Kb.
bet5/21
Sana19.06.2024
Hajmi78,76 Kb.
#264436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
1-Mavzu Psixologik konfliktologiya fanining predmeti va vazifal

2.3.Konfliktning rivojlanish bosqichlari, unga ta`sir qiladigan omillar va yuzaga kelish 

shart-sharoitlari 
Konfliktologiyaning Russiya va sobiq ittifoqda rivojlanishi. Bu borada rus 
konfliktologiyasining asoschisi deb haqli ravishda V. M. Bexterevni ko`rsatish mumkin. U
o`zining refleksologiya nazariyasi doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlarini tushuntirishga 
uringanlardan biridir.Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashqi xulq-atvorda,
harakatlarda ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni 
o`rganish orqali shaxsning o`zini va bu harakatlarning sabablarini o`rganish mumkin. Bexterev
asosan sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib yubordi, 
shuning uchun shaxs va jamiyat taraqqiyotining universal qonunlarini aniqlashda chalkashlikka
yo`liqdi. 
20 – 30 yillarda bolalar va o`smirlar ijtimoiy psixologik taraqqiyotini o`rganishga
qaratilgan ikki yo`nalish paydo bo`ldiki, ular ham qator kamchiliklardan holi bo`la olmadilar. 
Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va
biologik nasliy omillar etakchi rol o`ynadi, deb hisoblashsa, sotsiologik yoki sotsiogenetik 
nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini nihoyatda ortiq ekanligini himoya qilib chiqdilar.
30-yillardagi olimlar shaxsning shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, 
ta`lim-tarbiyaning ahamiyatini isbotlashga urindilar. Lekin 40-60 –yillar ijtimoiy-psixologiya

taraqqiyotida nisbatan sokinlik davri bo`ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan


tadqiqotlar ichida ijtimoiy psixologik tadqiqotlar yo`q hisob edi. Bu fan Rusiyada va boshqa 
sobiq ittifoqdosh jumhuriyatlarda 70- yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda
moskvalik va leningradlik (hozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi katta rol o`ynadi. Agar 
Moskva shaxrida asosan konfliktologiya bo`yicha fundamental nazariy tadqiqotlar ko`plab
o`tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari 
ishlab chiqilgan bo`lsa, Sankt-Peterburgda ko`proq tadbiqiy ilmiy tadqiqot ishlari olib borildiki,
ular birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab etishtirdilar. Ular esa 
hayotimizga ilg`or fikrlar va dalil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun fanini dunyo
miqyosida misli ko`rilmagan darajaga ko`tardilar. 



Download 78,76 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 78,76 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konfliktning rivojlanish bosqichlari, unga ta`sir qiladigan omillar va yuzaga kelish

Download 78,76 Kb.