Fan/modul kodi
BTBT4301
O’quv yili
2022-2023
Semestr
7-8
Kreditlar
6 (4+2)
Fan/ modul turi
Tanlov fan
Ta’lim tili
o’zbek
Haftadagi dars soatlari
4 s
1.
Fanning nomi
Auditoriya
mashg’ulotlari
Mustaqil
ta’lim
(soat)
Jami yuklama
Beton va temir-
beton
texnologiyasi
Jami: 108
7 semestr: 60
8 semestr: 48
Jami: 72
60
12
Jami: 180
120
60
2
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad - Ushbu fan beton va temir-beton texnologiyasi
rivojlanishini, beton tayyorlash uchun qo‘llaniladigan materiallar, beton va temir-
beton buyumlarini turlariga qarab bo‘linishi, beton va temir-beton
konstruksiyalarning fizik-mexanik xosslari, ishlab
chiqarish texnologiyasi
usullarini asoslash, armaturalash, beton qorishmasini tayyorlash, qoliplar turlari,
jarayoni va konstruksiyalarni tayyorlashga uslubiy yondashuv hamda ilmiy
dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
“Beton va temir-beton texnologiyasi” fani ixtisoslik fanlar blokiga
kiritilgan kurs hisoblanib 4 kursda o‘qitish maqsadga muvofiq.
Mazkur fan
boshqa fanlarning nazariy va uslubiy tomonlarini tashkil qilib, o‘z rivojida aniq
yo‘nalishdagi fanlar uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Fanning vazifasi – talabalarda beton va temir-beton buyumlari
texnologiyasining
asosiy xossalarini, tabiiy va sun’iy to‘ldiruvchilar xomashyo
tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasini, to‘ldiruvchilarning beton
xususiyatiga ta’sirini va to‘ldiruvchilarni qo‘llanilish sohalarini o‘rganish
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy
ko‘nikmalar va
jarayonlarga uslubiy yondashuv, hamda ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma
va malakalariga quyidagi
talablar qo‘yiladi.
Talaba:
- beton turlari, beton uchun ishlatiladigan materiallarning tarkibi, beton
xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risida
tasavvurga ega bo‘lishi;
- beton qorishmasi tarkibi, beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish
texnologiyasini
bilishi va ulardan foydalana olishi;
- talaba beton qorishmalarini tayyorlash, qolip turlari,
betonga issiqlik va
namlik bilan ishlov berish, beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish
usullari
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.