|
1 Mavzu Relelı hımoya xaqıda umumıy tushuncha Reja
|
bet | 33/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha RejaNazorat uchun savollar
1. Milli elektr o‘lchov asboblarining asosiy turlarini aytib bering.
2. Nima uchun magnitoelektr asboblardan foydalanilganda ularning qutblarini to‘g‘ri ulash talab qilinadi?
3. Magnitoelektr tizim asboblaridan o‘zgaruvchan tok zanjirlarida o‘lchash uchun foydalanish mumkinmi?
4. Elektromagnitli asboblarning ishiga qanday fizik hodisa asos qilib olingan?
5. Elektrostatik o‘lchov asbobi qanday asosda ishlaydi?
6. Bir fazali elektr energiya hisoblagichining ishlashini tushuntirib bering.
7. Raqamli asboblar ko‘rsatishli asboblarga nisbatan qanday afzalliklarga ega?
8. Ishlab chiqarish qurilmalarining elektr jihozlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar asboblarni ta’mirlashi mumkinmi?
9. O‘lchov asboblarini metrologik tekshirish to‘g‘risida gapirib bering?
32 Mavzu Rele himoyasi va avtomatikasi laboratoriya ishini tashkil etish
Reja;
1 Rele himoyasi
2 Rele himoyasi va avtomatikasi
33 Mavzu Relelarning tuzilishi va ishlash prinspi
Reja;
1 Selektivlik (tanlovchanlik)
2 Tezkorlik
Selektivlik (tanlovchanlik). Rele himoyasining selektivligi yoki
tanlovchanligi deb uning tarmoqning faqat shikastlangan uchastkasini o‘chirish qobilyati tushuniladi. Agar K1 nuqtada qisqa tutashuv sodir bo‘lsa (1.5 - rasm), rele himoyasi shikastlangan elektr tarmoqning shikastlanish joyiga eng yaqin bo‘lgan Q2 uzgichini o‘chirishi kerak. Rele himoyasining bunday harakati natijasida shikastlangan tarmoqdan tashqarish barcha iste’molchilarning elektr ta’minoti saqlanadi. Agar qisqa tutashuv K2 nuqtada bo‘lsa, rele himoyasi tanlovchan ishlashi natijasida shikastlangan L1 tarmoqni o‘chirishi, L2 tarmoq esa ish holatida qolishi kerak. Bundan iste’molchilarning ta’minoti saqlanadi.
Shunday qilib tanlovchanlik rele himoyasining shartli talabi hisoblanadi, undan cheklanish faqat tezkorlikni ta’minlash uchun ruxsat etiladi, qachonki noselektiv o‘chirish o‘zidan xavfli oqibatlarni keltirib chiqarmasa.
- rasm. Qisqa tutashuvni tarmoqdan selektiv o‘chirish.
|
| |