|
Mavzu Elektr jihozlarining izolyatsiya rele himoyasi
|
bet | 59/85 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 6,42 Mb. | | #153069 |
Bog'liq 1 Mavzu Relel h moya xaq da umum y tushuncha Reja59 Mavzu Elektr jihozlarining izolyatsiya rele himoyasi
Reja;
1 Elektr qurilmalar
2 Elektr mashinalari, uskunalar, asboblar, elektr uzatish tarmoqlari
Elektr qurilmalar deb elektr energiyasi ishlab chiqarish, uni o‘zgartirish, taqsimlash va iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan qurilmalarga aytiladi. GOST 12. 1. 019-79 ga muvofiq elektr xavfsizligi elektr qurilmalarning konstruksiyalari, elektr tokidan himoyalanishning maxsus usullari bilan, ishni bajarish vaqtida esa tashkiliy va texnik tadbirlar bilan ta’minlanadi.
Elektr tokidan himoyalanish usullari va vositalari kuchlanishga, tok turi va chastotasiga, ta’minlash manbai neytral rejimiga, tashqi muhit sharoitlariga, elektr qurilmaning vazifasiga, insonni tok urish holatiga va boshqalarga qarab amalga oshiriladi.
Elektr tokidan himoyalanishning quyidagi texnik usul va vositalari alohida yoki bir nechtasi birgalikda qo‘llaniladi: Tok o‘tkazuvchi qismlarni dielektrik materiallar bilan qoplash, ya’ni izolyatsiyalash; Kuchlanish ostidagi o‘tkazgichlarni yaqiniga borib bo‘lmaydigan qilib joylashtirish; Turli to‘siqlar bilan elektr uskunalarini to‘sish; Blokirovka qurilmalarini qo‘llash; Kichik kuchlanishlarni qo‘llash; Ish o‘rnini izolyatsiyalash; Elektr qurilmalarini yerga ulash; Elektr qurilmalarini nollash; Elektr tarmoqini qismlarga ajratish; Elektr potensiallarini tenglashtirish; Avtomatik uzgichlarni qo‘llash; Yerga o‘tuvchi toklarni kompensatsiyalash; Elektromagnit maydon ta’siridan himoyalovchi ekranlar o‘rnatish; Ogohlantiruvchi vositalarni qo‘llash; Shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash.
Elektr mashinalari, uskunalar, asboblar, elektr uzatish tarmoqlarida tokning bir fazali tutashishi xavfli bo‘lib, u qobiqlarda va tayanchlarda odamning shikastlashini vujudga keltiradi. Tutashish toki faqat jihozlardagina emas, balki asos va poydevordan o‘tib, uning atrofida ham xavfli kuchlanish vujudga keltiradi. Tutashish xavfli va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin. Elektr toki bilan shikastlanishdan va kuyishdan quyidagi usullardan biri bilan himoyalanish mumkin: elektr qurilmalarini avtomatik uzish (himoyalash uchun); jihoz qobiqlarida va uning yaqinida hosil bo‘luvchi kuchlanishni pasaytirish (himoya qiluvchi yerga ulash va potensiallarni tenglashtirish); qurilmalarni nollash. Neytral izolyatsiyalangan tarmoqlarda bir fazali tutashish toki avariyaga uchragan qismini to‘xtatish uchun yetarli emas. Shuning uchun kuchlanishni pasaytirish prinsipida ishlaydigan himoya qiluvchi yerga ulashdan foydalaniladi. U yerda ulagichni kuchlanish ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan jihoz qobiqining metall qismlari bilan tutashtirib amalga oshiriladi.
Elektr toki ishlab chiqarishdagi o‘ta xavfli omillardan bittasidir. Elektr tokining xavfli omil sifatida 5 ta o‘ziga xos xususiyati mavjud: elektr toki ta’siriga tushib qolish xavfi tashqi belgilarining yo‘qligi, ya’ni inson elektr toki xavfini oldindan ko‘zi bilan ko‘ra olmaydi, qulog‘i bilan eshitmaydi va na hid bilish organlari bilan seza oladi; elektr toki bilan jarohatlanish oqibatining og‘irligi: elektr tokidan jarohatlanish natijasida mehnat qobiliyatini yo‘qotishning uzoq muddatli bo‘lishi, jarohatlanishlarda o‘lim hodisasi chastotasining nisbatan yuqoriligi, jarohatlanish sodir bo‘lgan birinchi kunlardagi ishchining o‘zini yaxshi sezishiga qaramasdan, tok ta’sirida uning organizmida boshlangan qaytarib bo‘lmas patologik buzilishlar asta-sekin rivolanishi natijasida uning bir necha oydan keyin ham ish qobiliyatini yo‘qotishi yoki umuman halok bo‘lishi; insonning o‘tkazgichga tok ta’sirida “yopishib qolish” holatining yuzaga kelishi: sanoat chastotasidagi, kuchi 15. . . 25 ma bo‘lgan tok ta’sirida inson muskullarida jadal titrash va tortilib qolish holati sodir bo‘ladi, buning natijasida u o‘zini mustaqil ravishda tok ta’siridan qutqara olmaydi;tok ta’siri oqibatida inson tomonidan mexanik jarohat olish ehtimolining mavjudligi: tok ta’sirida inson tanasi muskullarining beixtiyor talvasali ravishda qisqarishi natijasida mexanik jarohatlanishlar yuz beradi.
Bunda terida yorilishlar, qon tomirlarida va nerv tolalarida uzilishlar, suyak chiqishlari va sinishlari sodir bo‘ladi. Undan tashqari ishchi balandlikda ishlayotganda tok ta’siriga tushsa, hushini yo‘qotadi va yiqilib tushishi natijasida mexanik jarohat ham olishi mumkin; elektroftalmiya: elektr yoyida hosil bo‘ladigan kuchli ultrabinafsha nurlarining ta’sirida inson ko‘zi to‘qimalarining shikastlanishi. Elektr tokining xavfli omil sifatida tirik to‘qimalarga (organizmga) ta’sir qilishining ham, boshqa xavfli omillarga o‘xshamagan, o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
Mavzu bo‘yicha savollar:
1. Kim elektromontyor bo‘lib ishlay oladi?
2. Elektromontyorni ish o‘rni qanday tashkil etiladi?
3. Elektr o‘tkazgich nima?
Mustaqil ishlar:
1. O‘quvchilar mustaqil ravishda elektr asboblar bilan ishlashni o‘rganishadi.
2. Elektromontyor ish o‘rni bilan tanishadilar.
|
| |