Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlari va ularning tasniflanishi




Download 435,18 Kb.
bet42/46
Sana15.11.2023
Hajmi435,18 Kb.
#99335
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
1-mavzu risk nazariyasi va uning sug’urtadagi roli ma’ruza reja-fayllar.org

Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlari va ularning tasniflanishi

t/r

Xarajat
turlari

Xarajatlarning tasnifi


Asosiy faoliyat


bo‘yicha

Maqsadli faoliyat


bo‘yicha

Amalga oshirilish vaqtiga ko‘ra


1

Ma’muriy-
xo‘jalik yuritish xarajatlari

Sug‘urtalash bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar


SHartnomani


amalga oshirish xarajatlari

SHartnomani


amalga oshirish jarayonida

2

Vositachilik taqdirlashlarini undirish xarajatlari

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


SHartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari


SHartnomani


amalga oshirish jarayonida

3

Reklama va marketing xizmati xarajatlari

Sug‘urtalash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar


SHartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari


SHartnomani


tuzishga qadar

4

Maxsus ish qog‘ozlarini tayyorlash xarajatlari

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


SHartnomani tayyorlash va tuzish xarajatlari


SHartnomani


tuzishga qadar

5

Sug‘urta zaxiralariga ajratmalar

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


SHartnomani bajarish xarajatlari


SHartnomani


amalga oshirish jarayonida

6

Qayta sug‘urtalash xarajatlari

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


SHartnomani bajarish xarajatlari


SHartnomani


amalga oshirish jarayonida

7

Investitsiya joylashtiriluvi xarajatlari

Sug‘urtalash bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar


SHartnomani bajarish xarajatlari


SHartnomani


amalga oshirish jarayonida

8

Sug‘urta qoplamasi xarajatlari

Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish xarajatlari


SHartnomani bajarish xarajatlari


Sug‘urta hodisasi


yuz berganda

- sug‘urta shartnomasini tuzish uchun oldindan qilingan (ish qog‘ozlarini tayyorlash, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tarif hisob-kitoblari va shu kabi) xarajatlar;



- sug‘urta shartnomasi tuzish davrida qilingan (xalqaro terminda «acquisition») xarajatlar;
- sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan, riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish bo‘yicha) xarajatlar;
- sug‘urta hodisasi yuz berganda (sabablarini o‘rganish va uning oqibatlarini tugatish uchun) qilinadigan xarajatlar.
Sug‘urta ishini yuritish xarajatlarini, shuningdek, ayrim sug‘urta turi yoki shartnomasiga daxldor bo‘lgan o‘zgaruvchan va barcha tuzilgan sug‘urta shartnomalari portfeliga aloqador bo‘lgan doimiy kabi guruhlarga ham bo‘lish mumkin.
Xalqaro amaliyotda sug‘urta tashkilotining xarajatlari akvizitsiya (ommaviy-tashkiliy kompleks tadbirlar), inkassatsiya (sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha mukofotlarning naqd pullarda qabul qilinishi), likvidatsiya (sug‘urta hodisasi yuz berganligi yuzasidan sug‘urtalanuvchi arizasida bayon qilingan talablarning qondirilishi) va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir.
Sug‘urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug‘urta faoliyatini amalga oshirish jarayonidagi o‘rni va roliga qarab tasniflash ko‘proq maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagichadir:
- sug‘urta himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan (sug‘urta operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo‘yicha) daromad va xarajatlar;
- sug‘urta himoyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lmagan boshqa daromad va xarajatlar.
Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda ularni hisoblash ko‘p jihatdan milliy sug‘urta qonunchiligi me’yorlariga ham bog‘liqdir. SHuningdek, sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlariga amaldagi soliq qonunchiligiga binoan to‘lanadigan daromad(foyda) solig‘ining soliq bazasini aniqlash uslubiyati hamda stavkalari darajasi ham ta’sir etadi.
3. Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi bo‘yicha yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib, uni aniqlash bo‘yicha quyidagi uslubiyatni taklif etamiz:
SM = SMs + SMqs + O‘MZo‘ (1),
Bu erda: SM- ishlab topilgan sug‘urta mukofotlari summasi;
SMs – bevosita sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari summasi;
SMqs – qayta sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari summasi;
O‘MZo‘ – o‘zlashtirilmagan mukofotlar zaxirasining o‘zgarishi.
UNz = Nz + Nvt (2),
Bu erda: UNz – ko‘rilgan zararning umumiy netto qismi;
Nz – ko‘rilgan zararning netto qismi;
Nvt – qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlarining netto qismi.
Nz = SM – SQs – (SQqs –SQqsq ) (2.1),
Bu erda: SQs – to‘langan sug‘urta qoplamalari;
SQqs – qayta sug‘urtalash bo‘yicha to‘langan sug‘urta qoplamalari;
TSQqsq – qayta sug‘urtalash shartnomalariga ko‘ra, qayta sug‘urtalovchilar tomonidan to‘langan sug‘urta qoplamalari.
Nvt = VTqs + VSqs (2.2),
Bu erda: VTqs – qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlari;
VSqs – qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik siylovlari.
Tsx = UNz –(YUk+SMqsrr+SQs+VTqs+Zm+SQqs) (3)
Bu erda: Tsx – sug‘urta xizmatlarining tannarxi.
YUk – sug‘urta ishini yuritish xarajatlari;
SMqsrr – qayta sug‘urtalash va retrotsessiyaga o‘tkazilgan risklar bo‘yicha hisoblangan sug‘urta mukofotlari;
VTqs- vositachilik to‘lovlari va brokerlik siylovlari, qayta sug‘urtalash tantemlari va yig‘imlari;
Zm – zaxira fondiga o‘tkazilgan mablag‘lar.
YAD(Z) = D(Z)af + D(Z)bf (4),
Bu erda: YAD(Z) – yalpi daromad yoki zarar (soliq to‘langunga qadar
bo‘lgan daromad yoki zarar);
D(Z)af- asosiy faoliyatdan olingan daromad yoki zarar;
D(Z)bf – boshqa faoliyatdan daromad yoki zarar.
D(Z)af = Ns + Nz + Nvt + YUk – DX (4.1),
Bu erda: Ns – sug‘urta mukofotlarining netto qismi;
DX – davr xarajatlari.
D(Z)bf =Dbf-Xbf (4.2),
Bu erda: Dbf – boshqa faoliyatdan daromadlar;
Xbf – boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun qilingan xarajatlar.
Sug‘urta tashkiloti daromadi(foydasi)ni aniqlashning keltirilgan uslubiyatini joriy etish masalasiga (7-jadval) to‘xtaladigan bo‘lsak, bu borada sug‘urta ishini amalga oshirish xarajatlariga kiritilgan sug‘urta xizmatlarni tashkil etish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yangi Nizomni ishlab chiqish zaruriyati yuzaga keladi.
Taklif etilayotgan uslubiyatga ko‘ra, keltirilgan ma’lumotlarda ishlab topilgan sug‘urta mukofotlari summasi 1232223,0 bo‘lgan bo‘lsa, shundan 910786,8 bevosita sug‘urtalash mukofotlari, 6741,1 qayta sug‘urtalash bo‘yicha mukofotlari va nihoyat, 314695,1 so‘mini o‘zlashtirilmagan mukofotlar summasi tashkil etgan.
To‘langan sug‘urta qoplamalari 1188750,1 qayta sug‘urtalash shartnomalariga binoan qoplama to‘lovlari bo‘yicha zararlar 506,3; ko‘rilgan zararlarning netto qismi 1189256,4; qayta sug‘urtalashga qabul qilingan shartnomalar bo‘yicha hisoblangan vositachilik to‘lovlari 840,8; qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlarning netto qismi 840,8; sug‘urta ishini yuritish xarajatlari 5136,5; hisoblangan vositachilik hamda brokerlar siylovlari, qayta sug‘urtalash tantemlari va yig‘imlari 321,4; zararlarni qoplash zaxirasiga o‘tkazilgan mablag‘lar 1153961,8 ming so‘mni tashkil qilgan.
Keltirilgan ma’lumotlarga asoslangan holda sug‘urta xizmatini ko‘rsatishdan tushgan yalpi foydani aniqlash uchun ishlab topilgan mukofotlarning netto qismi (1232223), ko‘rilgan zararlarning netto qismi (1189256,4), qayta sug‘urtalash bo‘yicha vositachilik to‘lovlarning
1-jadval

Download 435,18 Kb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Download 435,18 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlari va ularning tasniflanishi

Download 435,18 Kb.