|
1-mavzu. “Sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalari” faniga kirish
|
bet | 1/12 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 5,45 Mb. | | #104897 |
Bog'liq 1-mavzu. “Sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalari” faniga Семинарские темы по новейшей истории Узбекистана , tkvota-2, Topshiriq 1, Topshiriq 3, Topshiriq 6, Topshiriq 4, Topshiriq 1, OAKMaqola1, lutfiy va Alisher Navoiy, 2 topshirirq JOXON, Karimov Elnur, 1-amaliy ish, 1-kurs 1-Topshiriq, obyektivka-namuna 1-mavzu. “Sohada axborot kommunikatsiya texnologiyalari” faniga kirish
1.1.Axborot va axborot jarayonlari
1.2.Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari
1.3.Axborotlarni saqlash va uzatish vositalari
Qo‘shimcha materiallar
Asosiy adabiyotlar
1. G‘ulomov S.S., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. T.: “Fan” nashriyoti, 2010 yil.
2. Kenjaboev A.T., Ikramov M.M., Allanazarov A.Sh. Axborot -kommunikatsiya texnologiyalari. – Toshkent; O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti, 2017 yil.
3. Abdullaev Z.S., Mirzaev S.S., Shodmonova G., Shamsiddinov N.B. Informatika va axborot texnologiyalari. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashryoti. 2012 yil.
4. Zokirovа T.А., Xodievа R.M., Shoаxmedovа N.X. – Internet texnologiяlаri. O‘quv qo‘llаnmа. – T.: TDIU, 2010 yil.
Xorijiy adabiyotlar
1. Misty E. Vermaat, Susan L. Sebok, Steven M. Freund. Jennifer T. Campbel, Mark Frydenberg. Discovering Computers: Tools, Apps, Devices, and the Impact of Technology (textbook). Cengage Learning. 20 Channel Center Street. Boston, MA 02210. USA, 2016.
2. Elochkin M.V., Brаnovskiy Ю.S., Nikolаenko I.D. Informацionnыe texnologii. Uchebnik. M.: Oniks, 2012 god.
1.1.Axborot va axborot jarayonlari
Axborot - bu, yaratuvchisi doirasida qolib ketmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og’zaki, yozma yoki boshqa usullar orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof - muhit to’g’risidagi ma’umotlardir.
Keng ma’noda axborot - bu saqlash, o’zgartirish, uzatish obekti bo’la oladigan va insonlar oldiga qo’yiladigan masalalarni yechishga yordam bera oladigan ma’lumotlar, bilimlar va xabarlardir.
Bu jarayonda quyidagi tushunchalar muhim hisoblanadi: ma’lumot (berilgan)lar - signallarda, xabarlarda va boshqa shu kabilarda ifodalanadigan bilimlardir. xabar - axborotni tasvirlash shakli bo’lib, u nutq, matn, tasvir, grafik, jadval, videotasvir, tovush va shu kabi ko’rinishlarda ifodalaniladi; axborot belgilar ko’rinishidagi ma’lum bir tilda ifodalansa xabarga aylanadi.
Axborotni yozish va saqlashga mo’ljallangan material obyekt axborot tashuvchisi deyiladi, material buyumlar, qog’oz, kitob, disk, optik disklar va h.k.
Axborotlarni saqlash, uzatish, qayta ishlash, qidirish va foydalanish bilan bog’liq bo’lgan jarayonlar axborot jarayonlari deyiladi
|
| |