|
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari
|
bet | 2/3 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 110,05 Kb. | | #147063 |
Bog'liq 1-mavzuKadrlar tayyorlash milliy dasturi. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishdir, ya`ni, Respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish yo’lidan izchil ilgarilab borish; mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustivorligini qaror toptirish, milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, boy milliy madaniy-tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat uyg’otish, respublikaning jahondigi mavqei va obro’-e`tiborini mustahkamlanib borishigi erishish.
Uning maqsadi ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdir.
Vazifalari “Ta`lim to’g’risida”gi O’zRning Qonuniga muvofiq ta`lim tizimini isloh qilish; ta`lim va kadrlar tayyorlash sohasida muhitini shakllantirish negizida ta`lim tizimini yagona o’quv ilmiy ishlab chiqarish majmua sifatida izchil rivojlantirishni ta`minlash; ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash; kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta`minlash, pedagogik faoliyatning nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarishdan iborat.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy komponentlari:
SHaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh ob`ekti va sub`ekti, ta`lim soxasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchisi.
Davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafili.
|
| |