|
1-mavzu. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifalari
|
bet | 2/5 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 12,65 Kb. | | #128692 |
Bog'liq 1-mavzu. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining maqsad va vazifala-fayllar.orgInternet saytlari:
www.ziyonet.uz.
www.edu.uz.
www.google.uz.
www.gov.uz.
1. Texnologiya ta’limining mazmuni -Texnologiya ta’limi dasturi asosida o’quvchilarning mehnat darslarida egallashi lozim bo’lgan ilmiy-texnik bilimlarni, mehnat ko’nkmalarini va malakalarining hajmi hamda mazmunini belgilab beradi
Yoshlarga mehnat ta’limi berish, ularni tarbiyalash sohasida qo’yilgan maqsad va vazifalar o’z ifodasini topadi. Texnologiya ta’limi dasturi o’quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. Dasturning mazmuni didaktik printsiplarga to’la – to’kis javob berishi, ilmiy va mafkuraviy jihatdan puxta bo’lishi, murakkabligi ortib borishi hisobga olingan holda va mehnat ta’limining tanlangan didaktik tizimiga muvofiq ravishda,tuzilgan, muayyan izchillikda bayon qilinishi turmush tajribasi bilan bog’langan xolda yoritilish ko’zda tutiladi. Unda mehnat ish turlari politexnik xususiyatlariga ega bo’lishi, tavsiya qilinadigan mavzular ro’yxati esa ijtimoiy ishlab chiqarish soxasida ahamiyatiga ega bo’lishi lozim.
2. Mehnat malaka va ko’nikmalari bilan qurollantirish. O’quvchilarni tarbiyalash va ularni bo’lajak amaliy faoliyatga tayyorlashda mehnat malakalari va ko’nikmalari katta rol o’ynaydi. Quyi sinf o’quvchilariga mehnat ta’limini berish vazifalaridan biri ularda bir qator mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantirishdir. Mehnat malakalari va ko’nikmalari natijasi bo’lib qolmay balki, o’quvchilarni mehnat faoliyatiga, ijtimoiy foydali ishlab chiqarish mehnatini bajarishga jalb qilish sharti hamdir.
Ko’nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, ma’lum harakatni ongli bajarishga bo’lgan qobiliyatdir.
Ko’nikma – bu kishining bilim va tajriba asosida egallangan, ma’lum harakatni ongli bajarishga bo’lgan qobiliyatdir.
Malaka - bu faoliyatning mashq qilishlar jarayonida yetilgan, mujassamlashgan tajribadir.
|
| |